O‘zbek tilshunosligi kafedrasi «hozirgi o‘zbek tili» fanidan o‘quv- uslubiy majmua


-ma’ruza. Onomastik leksika. «SB» shakllari. OT-leksemalar guruhining boyish manbalari. Unumli SYQ lari. Kompozitivlar



Download 1,5 Mb.
bet31/184
Sana24.08.2021
Hajmi1,5 Mb.
#154722
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   184
Bog'liq
O‘zbek tilshunosligi kafedrasi «hozirgi o‘zbek tili» fanidan o‘q

14-ma’ruza. Onomastik leksika. «SB» shakllari. OT-leksemalar guruhining boyish manbalari. Unumli SYQ lari. Kompozitivlar.

Reja:

  1. Otning UGM parchalanishiga ko‘ra turlari.

  2. Milliylikning ot ifodasidagi ko‘rinishlari.

  3. Otlarda denotatsiya va konnotatsiya

  4. Subyektiv baho”(SB) shakllari

  5. Ot-leksemalar guruhining boyish manbalari. Unumli SYQ lari.

  6. Kompozitivlar. Ularning modellari, tiplari.

Otning UGM parchalanishiga ko‘ra turlari. Otni ma’no jihatidan turlicha tasnif qilish mumkin. Bu o‘rinda ularning grammatik xususiyatini muayyanlashtiruvchi semantik belgi asosga olinadi. Ot quyidagi xususiyatiga ko‘ra tasnif qilinadi:

1. Bir turdagi predmetdan birining nomini yoki shu turdagi predmetlarning umumiy nomini bildirishiga ko‘ra.

2. Kim yoki nima so‘roqlariga javob bo‘lishiga ko‘ra.

3. Sanalish-sanalmasligiga ko‘ra.

Ot borliqdagi bir turdagi predmetdan birining yoki shu turdagi predmetlarning umumiy nomini bildirishiga ko‘ra atoqli va turdosh otga bo‘linadi.

Kim yoki nima so‘roqlariga javob bo‘lishiga ko‘ra otlar shaxs va shaxsdan tashqari otlarga, ya’ni o‘rin-joy, narsa va faoliyat-jarayon otlariga ajraladi.

Sanalish-sanalmasligiga ko‘ra otlar donalab sanaladigan va donalab sanalmaydigan narsa otlariga ajraladi.

Subyektiv baho”(SB) shakllari: kichraytirish, shaxsiy munosabat shakllari. SHaxsiy munosabat (erkalash) shakllari ([-jon], [-xon], [-oy], [-bonu]) shaxs bildiruvchi atoqli va turdosh otga qo‘shilib, erkalash, suyish ma’nocini ifodalaydi: (Ahmadjon), (xolajon), (Gulnoraxon), (SHirinabonu)

Kichraytirish va erkalash qo‘shimchalari bo‘lgan -cha, -choq, -gina, -loq, -jon, -xon, -toy kabilar subyektiv baho shakllari deb umumlashtiriladi. Bu qo‘shimchalar otlar va sifatlarga qo‘shilib, shu so‘zlar ifodalagan narsa yoki tushunchaga so‘zlovchi (yozuvchi)ning subyektiv munosabatini bildiradi, ya’ni bu so‘zlarda ijobiy yoki salbiy uslubiy bo‘yoqni yuzaga keltiradi. Bunday qo‘shimchali so‘zlar ko‘proq so‘zlashuv, badiiy va publitsistik uslublarda kuzatiladi, ilmiy va rasmiy uslublarda esa ular juda nofaol, kam qo‘llanadi.

Kichraytirish-erkalash paradigmasi [-cha], [-gina], [-(a)loq] shakllaridan iborat bo‘lib, ular quyidagi ma’noni ifodalaydi: [-cha]:

a) shaxs va predmetning kichik ekanligini: (kitobcha), (qalamcha);

b) erkalash ma’nosini: (o‘g‘ilcha), (qizcha);

d) kamsitish ma’nosini: (domlacha), (odamcha).

[-gina]:

a) kichraytirish: (qizgina), (bolagina);

b) achinish: (bechoragina);

d) erkalash: (bolaginam).

[-(a)loq] qo‘shimchasi ayrim otlarga qo‘shilib, erkalash ma’nosini bildiradi: (bo‘taloq), (qizaloq)


Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish