Ot derivatsiyasi
Otlar ikki xil – affiksatsiya va kompozitsiya usuli bilan yasaladi. SHunga muvofiq, ot yasashning affiksal va kompozitsion qolipi mavjud. Bu qolip ham o‘z o‘rnida unumli, unumsiz; mahsuldor va kammahsul turga bo‘linadi.
Ot yasovchi qolipning aksariyati ko‘p ma’noli. Quyida ularni ko‘rib o‘tamiz.
[-chi] affiksli [ot + -chi = 1) asosdan anglashilgan narsa bilan bog‘liq kasb, mutaxassislik bilan shug‘ullanuvchi shaxs oti; 2) asosdan anglashilgan ish/harakat/hodisa bilan shug‘ullanuvchi shaxs oti; 3) asosdan anglashilgan ish-harakat, faoliyatda qatnashuvchi shaxs oti; 4) ish-faoliyatda biror oqim, maslak va sh.k. tarafdori, shularga mansub bo‘lgan shaxsni bildiruvchi ot; 5) asosdan anglashilgan hodisani, ish-harakatni bajarish odati kuchli bo‘lgan shaxsni bildiruvchi ot] qolipi quyidagi hosilalarni bergan:
1) [sportchi, [dutorchi, [kashtachi, [shaxmatchi, [bufetchi, [matbaachi;
2) [xabarchi],[maslahatchi], [terimchi], [yordamchi], [himoyachi], [davomchi];
3) [jangchi], [isyonchi], [hasharchi], [muzokarachi], (sayrchi), [obunachi];
4) [respublikachi], [muxtoriyatchi], (“paxtakor”chi), [tursunoychi];
5) [to‘polonchi], [buzg‘unchi], [tavakkalchi], [ginachi], [uyquchi], [lofchi], [kekchi].
Ko‘rinadiki, bu qolip polisemantik va polifunktsional bo‘lib, har bir ma’nosi yana bir necha ma’no turlariga bo‘linib ketadi.
[-shunos] affiksli [ot + -shunos = asosdan anglashilgan sohani o‘rganuvchi mutaxassis] qolipi bir ma’noli bo‘lib, u quyidagi hosilani bergan: [adabiyotshunos] [tilshunos], [tarixshunos], [o‘lkashunos], [musiqashunos] kabi.
[-kor] affiksli ikkita qolip mavjud:
a) [aniq ot + -kor + asosdan anglashilgan narsa/predmetni yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi shaxs oti] ([paxtakor], [sholikor], [g‘allakor]);
b) [mavhum ot + -kor = asosdan anglashilgan ish-harakat bilan shug‘ullanuvchi shaxs] ([madadkor], [xiyonatkor], [gunohkor], [tajovuzkor], [tashabbuskor], [ijodkor], [xizmatkor]).
[-kash] affiksli qolip ham ikki ma’noli:
a) [ot + -kash = 1) asosdan anglashilgan ish, mashg‘ulot bilan shug‘ullanuvchi shaxs oti: [zambilkash], [kirakash], [loykash], (paxsakash);
b) asosdan anglashilgan ishni bajarish odati kuchli bo‘lgan shaxs oti]: [janjalkash], [hazilkash].
Quyida boshqa affiksli qoliplarni misollari bilan sanab o‘tamiz: [o‘quv otlari+-xon = asosdan anglashilgan narsa/predmetni doimiy mutolaa qiluvchi shaxs oti] ([gazetxon], [kitobxon], (jurnalxon), [duoxon]), [ot + -do‘z = asosdan anglashilgan narsa/predmetni tikuvchi shaxs oti] ([etikdo‘z], [mahsido‘z], [mo‘ynado‘z], [do‘ppido‘z]), [ot + -gar = asosdan anglashilgan narsa/predmet bilan bog‘liq kasbni qiluvchi shaxs oti] ([zargar], (sovungar), [savdogar]), [ot + -soz = asosdan anglashilgan narsa/predmetni yaratuvchi, tuzatuvchi shaxs oti] ([soatsoz], (stanoksoz), (asbobsoz)), [ot + -paz = asosdan anglashilgan taomni tayyorlov shaxs oti] ([oshpaz], (somsapaz), (mantipaz), [kabobpaz]), [ot + -boz = asosdan anglashilgan ish/harakat bilan ko‘p shug‘ullanuvchi, unga berilgan shaxs oti] ([majlisboz], [maishatboz], [safsataboz], [va’daboz], [guruhboz], [kaptarboz], [bedanaboz]), [ot + -xo‘r = asosdan anglashilgan yegulik, ichimlikni doimiy iste’mol qiluvchi shaxs oti] (norinxo‘r) [aroqxo‘r] [nafaqaxo‘r], [choyxo‘r]), [ot + -parast = asosdan anglashilgan narsaga e’tiqod qiluvchi shaxs oti] ([butparast], [mayparast], [shaxsiyatparast], [maishatparast]), [ot + -go‘y = asosdan anglashilgan ish/harakat, hodisani doim bajarib turadigan shaxs oti] ([maslahatgo‘y], [duogo‘y], [xushomadgo‘y], [nasihatgo‘y], (labbaygo‘y), [ot + -dor = asosdan anglashilgan narsa/predmetga ega bo‘lgan shaxs oti] ([bog‘dor], [quldor], [do‘kondor]), [ot + -bon = asosdan anglashilgan narsa/predmetga qarovchi shaxs oti] ([bog‘bon], [saroybon], [darvozabon]), [ot + -furush = asosdan anglashilgan narsa/predmetni sotish bilan shug‘ullanuvchi shaxs oti] ([chitfurush], [nosfurush], [mevafurush]), [ot + -dosh = asosdan anglashilgan narsa/predmetga bir xil aloqador bo‘lgan shaxs oti] (qayg‘udosh), [musobaqadosh], [suhbatdosh], [zamondosh]), [ot + -vachcha = asosdan anglashilgan shaxsga qarashli farzand ma’nosidagi shaxs oti] ([boyvachcha], [gadoyvachcha], [to‘ravachcha], [tog‘avachcha], [xolavachcha], [ammavachcha], [itvachcha]), [ham + ot = asosdan anglashilgan narsa/predmetga aloqador shaxs oti] ([hamshahar], [hamsuhbat], [hamkurs], [hamkasb]), a) [sifat/ravish + -lik = asosdan anglashilgan belgi oti] ([sariqlik], [tezlik], [bema’nilik], [yoshlik],), b) [ot + -lik = asosdan anglashilgan narsa/predmetni umumlashtirib, holat tarzida ifodalovchi mansublik oti] ([otalik], [o‘qituvchilik], [ginaxonlik], [va’dabozlik], [shaharlik], [urug‘lik], [kiyimlik], [muzlik], [botqoqlik]), [ot + -chilik = 1) asosdan anglashilgan narsa yetishtiriladigan soha oti; 2) asosdan anglashilgan narsa/hodisaning borlik holatini anglatuvchi ot; 3) asosdan anglashilgan narsa bilan bog‘lanuvchi holat oti; 4) biror ish-hodisaning sababi asosdan anglashilgan narsa ekanini bildiruvchi ot] ( 1) [paxtachilik], [urug‘chilik], [chorvachilik]; 2) [pishiqchilik], [to‘kinchilik], (qattiqchilik)), 3) [ulfatchilik], [tirikchilik], [maynabozchilik], (o‘rtoqchilik); 4) (yurtchilik), [o‘zbekchilik], [ro‘zg‘orchilik]), [ot + -garchilik = asosdan anglashilgan belgi, holat, harakat-hodisaga aloqador bo‘lgan ot] ([oliftagarchilik], [namgarchilik], [isrofgarchilik]), [ot + -zor = asosdan anglashilgan narsa ko‘p bo‘ladigan joy oti] ([olmazor], [qaroqchizor], [paxtazor], [ajriqzor]), [qum, tosh, o‘t + -loq = asosdan anglashilgan narsa/predmet ko‘p bo‘ladigan joy oti] ([o‘tloq], [qumloq], [toshloq]), [ot + -iston = asosdan anglashilgan narsa/predmetga boy joy oti] ([O‘zbekiston], [guliston]).
SHunday ot yasash qoliplari borki, ulardan bugungi kunda yangi so‘z yasalmaydi. Hosilalarning barchasi lisoniy xarakterga ega. [ot + -goh = asosdan anglashilgan ish-harakat bajarilgan joy oti] ([sayilgoh], [ayshgoh], [manzilgoh]), [ot + -don = asosdan anglashilgan narsa/predmet saqlanadigan predmetni ifodalovchi ot] ([qalamdon], [tuzdon], [kuldon]), [ot + -xona = asosdan anglashilgan ish-harakatga mo‘ljallangan joy oti] ([ishxona], [qabulxona], [choyxona], [oshxona]), [ot + -obod = asosdan anglashilgan narsa/predmet obod qilgan joy oti] ([Dehqonobod], [Mehnatobod]), [ot + -noma= asosdan anglashilgan narsa/predmetni ifodalovchi ot] ([arznoma], [taklifnoma], [sayohatnoma]).
[-k(-ik/-ak), -q(-iq, -uq, -oq)] ([kekirik], [ko‘rik], [og‘riq], [qaviq], [buyruq], [qiynoq], [o‘roq]), [-k/q] (-iq, -ik) ([to‘shak], [qayroq], [elak]), [-gi (ki/g‘i/qi/g‘u)] ([sevgi], [kulgi], [supurgi], [chopqi], [achitqi], [yonilg‘i], [tomizg‘i]), [-m( -im/-um)] ([chidam], [to‘plam], [unum], [tuzum], [chiqim], [qo‘nim], [kechirim]), [-ma] ([uyushma], [birlashma], [dimlama]), [-qin/g‘in] ([toshqin], [to‘lqin], [bosqin], [tutqun], [qochqin], [yong‘in]), [-in/-un] ([ekin], [yog‘in], [yig‘in], [bo‘g‘in], [tugun]), [-(i)ndi] ([cho‘kindi], [yuvindi], [chirindi], [supurindi], [sirqindi], [yig‘indi]), [-gich] (g‘ich/kich/qich) ([o‘lchagich], [purkagich], [o‘chirg‘ich], [qashlagich], [eritkich], [savag‘ich]), [-ch], [-inch] ([quvonch], [o‘kinch], [qo‘rqinch], [sevinch]), [-machoq] ([bekinmachoq], [tortishmachoq], [quvlashmachoq]), [-ak/oq] ([sharsharak], [bizbizak], [pirpirak], [g‘urrak], [tartarak]), [-ildoq] ([shaqildoq], [hiqildoq], [chirildoq], [pirildoq]), [-a] ([sharshara], [g‘arg‘ara]), [-os] ([chuvvos], [sharros], [gulduros]) qo‘shimchalari ishtirok etuvchi derivatsion qoliplari kam unum bo‘lib, ular bugungi kunda hosila bermaydi. SHu boisdan qolipning mazmuniy tomonini uning hosilalaridan umumlashtirib bo‘lmaydi.
[-ish], [-uv/ov], [-uvchi/ovchi] affiksli [qurilish, [kirish], [chiqish], [uchrashuv], [kechuv], [maqtov], [chanqov], [uchuvchi], [haydovchi], [tinglovchi], [sotuvchi] so‘zlarini ham yasama so‘zlar sifatida qarash hollari uchrab turadi. Bunda ular aslida so‘zshaklning leksemalashuvi hodisasi ekanligini esda tutish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |