O‘zbek tilshunosligi kafedrasi «hozirgi o‘zbek tili» fanidan o‘quv- uslubiy majmua



Download 1,5 Mb.
bet33/184
Sana24.08.2021
Hajmi1,5 Mb.
#154722
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   184
Bog'liq
O‘zbek tilshunosligi kafedrasi «hozirgi o‘zbek tili» fanidan o‘q

Kompozitsiya usuli bilan qo‘shma va juft otlar otlar hosil qilinadi: [toshko‘mir], [tuyaqush], [karnaygul], [oybolta], [ko‘kkarg‘a], [qoraqurt], [mingoyoq], [qo‘ziqorin], [ota-ona], [qozon-tovoq], [qizilishton].

Qo‘shma otlar:

  1. [Ot+ot]: [ajdargul], [ayiqtovon], [atirgul], [kinolenta], [xontaxta], [xo‘rozqand], [toshbo‘ron], [sochpopuk], [shakarqamish], [qo‘ypechak], [qo‘larrra], [temir yo‘l], [piyozdog‘], [O‘rta CHirchiq].

  2. [Sifat+ot]: [kaltakesak], [Markaziy Osiyo], [SHo‘rko‘l], [ko‘ksulton], [ko‘rsichqon], [sassiqpopishak], [qoradori].

  3. [Ot+fe’l]: [echkiemar], [ko‘zboylog‘ich], [kallakesar], [husnbuzar], [beshiktervatar], [socho‘sar], [dunyoqarash].

  4. [Son+ot]: [beshbarmoq], [beshqarsak], [Yettisuv], [Oltiariq], [uchburchak], [mingoyoq], [qirqog‘ayni].

  5. [Son+fe’l]: [beshotar], [birqoqar].

  6. [Ot+sifat]: [ustabuzarmon], [gulbeor], [oshko‘k].

  7. [Fe’l+fe’l]: [iskabtopar], [ishlab chiqarish].

  8. [Fe’l+ot]: [savacho‘p].

Juft otlar. Juft otlar [ot+ot], [sifat+ot] kabi qoliplar, shuningdek, boshqa turkumga oid juft so‘zlarning otga ko‘chishidan vujudga keladi. Juft otlar tarkibiga ko‘ra quyidagi ko‘rinishlarga ega:

    1. Har ikki qismi mustaqil holda ham ishlatiladigan juft otlar:

  1. Qismlari o‘zaro sinonim: [azob-uqubat], [aysh-ishrat], [dori-darmon], [baxt-saodat], [zeb-ziynat], [izzat-ikrom], [izzat-hurmat], [kayf-safo], [makr-hiyla], [nasl-nasab], [pand-o‘git].

  2. Qismlari o‘zaro antonim: [avra-astar], [avlod-ajdod], [achchiq-chuchuk], [bordi-keldi], [bosh-oyoq], [er-xotin], [o‘g‘il-qiz], [savol-javob], [salom-alik], [qulf-kalit].

  3. Qismlarining ma’nosi yaqin: [ariq-zovur], [baxt-taxt], [baqir-chaqir], [boj-xiroj], [bosh-oyoq], [dev-pari], [sovg‘a-salom], [o‘q-dori], [qovoq-tumshuq], [hisob-kitob], [hol-jon], [qo‘y-qo‘zi].

    1. Qismlaridan biri mustaqil holda ishlatilmaydigan juft otlar: [bozor-o‘char], [bola-baqra], [qo‘ni-qo‘shni], [latta-putta], [yig‘i-sig‘i], [maza-matra], [irim-sirim].

    2. Har ikki qismi ham mustaqil ishlatilmaydigan juft otlar: [adi-badi], [ashqol-dashqol], [zer-zabar], [ikir-chikir], [lash-lush], [qalang‘i-qasang‘i], [mirqinboy-shirqinboy], [ya’juj-ma’juj].

Аdabiyotlar

1. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G. va b. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2009.

2. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G. va b. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Darslik. – Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2010.

15-ma’ruza. Otning tasniflovchi kategoriyasi. Son kategoriyasi va uning shakllari. Son kategoriyasi va shakllarining umumiy grammatik ma’nosi.

Reja:


  1. Otning morfologik belgilari va tasniflovchi kategoriyalari.

  2. Son otning tasniflovchi grammatik kategoriyasi sifatida

  3. Son kategoriyasi umumiy grammatik ma’nosining nutqiy voqelanishida lisoniy va nolisoniy omillar munosabati

Otning morfologik belgilari va tasniflovchi kategoriyalari. Ot morfologik o‘zgaruvchi so‘z sifatida o‘ziga xos morfologik paradigmalarga ega. Son va subyektiv baho shakllari otning asosiy tasniflovchi grammatik shakllari hisoblanadi.

Son kategoriyasi. Otlarda ziddiyat holida bo‘lgan birlik va ko‘plik ma’nosi va bu ma’noni ifodalovchi shakllar sistemasi grammatik son kategoriyasini tashkil etadi.

Mantiqiy va grammatik sonni aralashtirmaslik kerak. Masalan, jamlovchi ot ([xalq], [qo‘shin], [poda], [suruv]) mantiqan predmet jamini bildiradi, lekin grammatik jihatdan birlikda deb qaraladi.

Son kategoriyasining ikki: [-lar] affiksi bilan yasaluvchi shakli va shunga oppozitsiyada bo‘lgan nol ko‘rsatkichli shakli bor. Bulardan [–lar] affiksi otning ko‘plik shaklini yasaydi, birlik shakl esa nol ko‘rsatkichli shakli.

[-lar] shaklining ko‘plikni ifodalashi masalasida barcha tilshunoslar hamfikr. Ammo nol ko‘rsatkichli shakl masalasida har xil qarash bor.

Ko‘p holda nol shakl faqat birlik ma’nosining ifodalovchisi sifatida qaraladi. Ba’zilar esa u na ko‘plik, na birlik ifodalashini ta’kidlab, bu shaklning son kategoriyasi tarkibidagi o‘rniga shubha bilan qaraydi. Zero nol shakl miqdoriy grammatik ma’no anglatishdan mahrum ekan, unda [-lar] shakli bilan aynan bir xil qurshovda o‘rin almashishini qanday tushunish kerak? Unda Askar o‘rab oldi o‘ngdan-u so‘ldan (Mirt.) gapida mantiqan (askarlar) so‘zshakli ishlatilgan bo‘lur edi.

Demak, [-lar] va nol shakl – hozirgi o‘zbek tilida miqdor anglatuvchi grammatik ko‘rsatkich. Bu ular sof miqdor anglatadi, degani emas, albatta. Miqdor belgisi bu shakllarda kategorial ma’no bo‘lsa, unda sifatiy yondosh va boshqa hamroh ma’no ham mavjud.

Quyida [-lar] shaklining OGMlarini sanaymiz.

«Ko‘plik» [-lar] shakli eng ko‘p ifodalaydigan ma’no. Bunda [-lar] UGMsining kategorial ma’nosi «ko‘plik» bo‘lsa, unga dialektik yondosh bo‘lgan ma’no – «miqdoriy noaniqlik» va «sifatiy bo‘linuvchanlik». Ya’ni grammatik ma’no «bo‘linuvchan noaniq ko‘plik». Demak, «ko‘plik» ma’nosi ifodalanganda, albatta, o‘z-o‘zidan «noaniqlik» va «bo‘linuvchanlik» ma’nosi yuzaga chiqishi shart. Bunga misol: Bog‘da shirin-shirin olmalar bor. Olmaning ko‘pligi ayon. Ammo uning nechtaligi noaniq va bu ko‘plik bo‘linuvchan (olma+olma+olma...).

[-lar] shaklining «bog‘liqlik(qurshov assotsiatsiyasi) yoki o‘xshashlikka (qiyoslash assotsiatsiyasi) asoslangan ko‘plik»ni ifodalashi quyidagi misolda ko‘rinadi: 1. Avazlarga g‘isht quyib berdim (Avaz va u bilan bog‘liq oila a’zolariga). 2.Avvalgi sarvigullar o‘qishni tugatishdi (Sarvigulga o‘xshaganlar).

[-lar]ning miqdoriy va sifatiy belgisi ayrim holda unga makon va zamon o‘lchovida taxminiylikni ifodalash imkonini beradi. Masalan, 1.Adashmasam, uni urib burnini qonatganimda uch yoshlarda edik. 2.O‘n yillar ilgari kamina ham shu qizlar yoshida edim.

[-lar] ning kuchaytirilgan ma’no ifodalashi: Tillarimga ko‘cholmaydi bo‘g‘zimdagi ovozim. Bundagi kuchaytirish [-lar]ning «ko‘plik» ma’nosiga bog‘liq. CHunki ko‘p narsa mantiqan kuchli bo‘ladi. Ya’ni til aslida «bitta». Uni kuchli qilib ko‘rsatish uchun ko‘plik shakli berilmoqda.

Quyida nol [0] shakl OGMlarini sanaymiz.



  1. «Birlik» ifodalash [0] shaklning asosiy vazifasi. Bu ma’no ko‘rsatish olmoshlari, bir so‘zi, aniqlovchilar bilan munosabatga kirishganda yuzaga chiqadi: Bir radiosi bor, sandiqdek keladi. (O‘.Hosh.)

  2. [0] shakl jamlik ifodalaganda narsalarning bo‘linmas, yaxlit birligi anglashiladi: Gadoning dushmani gado bo‘ladi. (A.Orip.)

  3. [0] shakl matnda aniq va noaniq ko‘plik ifodalashi mumkin. Masalan, Ermon buvaning aytishiga qaraganda, o‘n pud ko‘sakni chuvish zimmamizga yuklatilgan edi.

Aytilganlar asosida son kategoriyasi shakllari uchun quyidagi UGM larni ko‘rsatamiz:

[0] shakli UGMsi – «bo‘linmas sifat, aniq/noaniq miqdor ifodalash».

[-lar] shakli UGMsi – «bo‘linuvchan/bo‘linmas sifat va aniq/noaniq miqdor ifodalash».

Bu UGM o‘z o‘rnida kategorial va nokategorial qismga bo‘linadi. «Miqdor» kategorial, «bo‘linuvchan/bo‘linmas sifat» yondosh, «tur», «xil», «kuchaytirish», «hurmat» kabilar – kategorial ma’no bilan dialektik bog‘lanmagan hamroh (figural) ma’no.

Yuqoridagi izohlardan ma’lumki, o‘zbek tilida barcha ot birlikda qo‘llanishi mumkin, biroq har qanday ot ko‘plikda qo‘llana olmaydi. Shu nuqtayi nazardan otlar faqat birlikda qo‘llanadigan va birlik hamda ko‘plikda qo‘llanadigan otga bo‘linadi:

Birlik va ko‘plikda qo‘llanadigan ot. Sanoq son bilan birika oladigan ot birlikda ham ko‘plikda ham qo‘llana oladi: kitob(lar), uy(lar), og‘ayni(lar) - 10 ta kitob.

Faqat birlikda qo‘llanadigan ot – ko‘plik shaklini qabul qilmaydigan, sanoq son bilan birika olmaydigan ot. Atoqli ot (Toshkent, Mohinur, Qashqadaryo, Qarshi davlat universiteti), mavhum ot (sevinch, hasrat, tinchlik, ko‘ngil), yakka predmetlar nomi (ota, ona, yurak, bosh, til), sanalmaydigan jism nomi (tuz, qum, shakar, tuproq, suv, havo), juft predmet nomi (ko‘z, quloq, oyoq, etik, tufli) va boshqalar faqat birlikda qo‘llanadi.

Uslubiy belgilari. Ko‘plik shakli ko‘p ma’noli, atoqli otlar, mavhum otlar, sanalmaydigan otlar, asli birdan ortiq bo‘lmaydigan, shuningdek, juft predmet nomiga qo‘shilganda grammatik ko‘plik emas, nutqiy qurshov bilan bog‘liq quyidagi uslubiy ma’noni ifodalaydi. Bu ma’nolar -lar qo‘shimchasining hamroh ma’nolari deb qaraladi:

1. Atoqli ot turdosh otga aylanib, “o‘xshashlik” (zamonamiz farhodlari, Marg‘ilonning kumushlari), yoki “yaqin shaxs to‘dasi” ma’nosini (aka­uka Shojalilovlar, Salimlarnikiga bordik) bildiradi.

2. Yakka predmet nomi ko‘chma (Navoiy, Bobur va Mashrab mumtoz she’riyatimizning so‘nmas quyoshlaridandir) yoki kuchaytirilgan ma’no (Quyoshlarga yetdi faryodim) ifodalaydi.

3. Sanalmaydigan predmet nomi (yog‘, suv, qum, tuproq, havo kabi) har xil tur, mo‘llik ma’nosini (yog‘lar (paxta yog‘i, zigir yog‘i, kunjut yog‘i va hokazo) bildiradi.

4. Juft predmet nomi kuchaytirish ma’nosini (Ko‘zlari qamashib ketdi. Oyoqlari zirqirab og‘rir edi) ifodalaydi.

5. Mavhum ot kuchaytirilgan ma’no beradi: U xayollarga cho‘mib ketdi. Ahvollar yaxshimi?



-lar shakli ko‘plikdan tashqari yana quyidagi ma’noni ifodalaydi:

6. Hurmat – bunday paytda doimo egalik shakli ishtiok etadi va ko‘plikdan oldin qo‘shiladi: ayamlar, dadamlar, tog‘amlar.

7. Taxmin, davomiylik: kechalari, tunlari, yozlari.

8. Kuchaytirish: Boshlarim og‘rib ketdi. Yuraklarim ezilib ketdi. Tillarim achishdi.

9. Piching, kinoya: Tog‘alari rais ekanmi? O‘zlari ham qadam ranjida qilibdilar­da?!

10. Tur-nav: unlar, suvlar.

Arabcha ko‘plikni bildiruvchi ­ot//­at qo‘shimchasini olgan so‘z ham birlik shaklida deyiladi: nabotot, muzofot, mukofot.

Ko‘plik ­lar shaklisiz ham ifodalanadi:

a) son bilan: Darsda 15 ta o‘quvchi qatnashdi. To‘rt tup olma ko‘chati o‘tqazdik.

b) ravish bilan: Maydonda ko‘p odam yig‘ilgan edi. Ta’tilda ancha badiiy asar o‘qidim;

d) olmosh bilan: Shuncha qalamni nima qilasiz?

e) takroriy so‘z bilan: dasta­dasta gul, to‘da­to‘da odam, savat­savat non, qop­qop bug‘doy;

f) matn orqali: Bog‘bonlar bog‘iga ko‘chat o‘tqazishyapti. Zayniddin – davra ko‘rgan odam.

Bunday ot baribir birlik shaklda deyiladi.

Yuqoridagilar asosida ko‘plik ma’nosining ifodalanish usulini quyidagicha tartiblash mumkin: 1) morfologik usul: kitoblar, uylar; 2) sintaktik usul: ancha odam, bir qancha kitob; 3) leksik usul: armiya, xalq, olomon, guruh, to‘da, dasta; 4) so‘zni juftlash usuli: qop-qop, dasta-dasta; 5) leksik-morfologik usul: ancha kitoblar.

Аdabiyotlar

1. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G. va b. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2009.

2. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G. va b. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Darslik. – Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2010.3.

3. Mengliyev B., Xoliyorov O‘. Ona tili. Qomus. – Toshkent: 2009.



16-ma’ruza. Sifat. Uning umumiy grammatik xususiyatlari. Sifatning lug‘aviy-grammatik guruhlari. Asliy va nisbiy sifatlar.


Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish