O‘zbek tilshunosligi kafedrasi «hozirgi o‘zbek tili» fanidan o‘quv- uslubiy majmua



Download 1,5 Mb.
bet3/184
Sana24.08.2021
Hajmi1,5 Mb.
#154722
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   184
Bog'liq
O‘zbek tilshunosligi kafedrasi «hozirgi o‘zbek tili» fanidan o‘q

O‘QUV MATERIALLARI

NAZARIY MASHG‘ULOTLAR MAZMUNI

1 0-MA’RUZA
Reja:


  1. Fe’llarda aloqa-munosabat kategoriyalarining voqelanishi. Kesimlik kategoriyasi.

  2. O‘zgalovchi kategoriyasi haqida umumiy ma’lumot.

  3. Ravishdosh shakli va uning variantlari.

  4. Sifatdosh shakllari va uning turlari.

  5. Harakat nomi shakli va uning turlari.


Kesimlik kategoriyasi. Boshqa so‘z turkumi bilan fe’l orasida tuslanishda, kesimlik bilan shakllanishda jiddiy farq borligini aytib o‘tgan edik. Bu fe’lning kesimlik vazifasini bajarish imkoniyati boyligi, kesim vazifasiga ko‘proq xoslanganligi tufayli unda mazkur ma’noni ifodalovchi vositalarning keng rivojlanganligi bilan belgilanadi.

Aytilganidek, kesimlik murakkab kategoriya, uning tarkibiy qismlari tasdiq-inkor, mayl, zamon, shaxs-son kategoriyasi. Bu kategoriyalar kesimlik kategoriyasining alohida shakllari emasmi, ularning har birini kategoriya sifatida baholashga asos bormi degan savol tug‘ilishi tabiiy. CHunki bunga o‘xshash hol o‘zgalovchi kategoriya misolida kuzatilgan edi. Ma’lumki, kategoriya shakllari bir substantsial ma’noni xususiylashtirishi kerak edi. Kesimlik kategoriyasining substantsial mohiyati murakkab, undagi tasdiq-inkor, mayl, zamon, shaxs-son ma’nosi nisbiy alohidalikka ega. SHuningdek, bu kategoriyalarning ichki shakllari boshqa kategoriyalar ma’nolari asosida emas, balki o‘zlari tegishli kategoriyalar ma’nolarini xususiylashtiradi. Masalan, zamon kategoriyasi shakllari zamon ma’nosini xususiylashtiradi (o‘tgan, hozirgi, kelasi). Shaxs-son kategoriyasi (birinchi, ikkinchi, uchinchi shaxs birlik va ko‘plik) shakllari shaxs-son ma’nosinigina xususiylashtiradi. Bunda «begona» kategoriya tajallisi kuzatilmaydi. Demak, kesimlik kategoriyasi ichki kategorial sistemalardan iborat yaxlitlik. Yaxlitlikning mohiyati shundaki, bu ichki kategoriyaning birortasi ikkinchisisiz yashay olmaydi.

Quyida bu ichki kategoriyalarning har birini alohida-alohida ko‘rib o‘tamiz.


Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish