O‘zbek tilshunosligi kafedrasi «hozirgi o‘zbek tili» fanidan o‘quv- uslubiy majmua


Harakat nomi shakli va uning turlari



Download 1,5 Mb.
bet7/184
Sana24.08.2021
Hajmi1,5 Mb.
#154722
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   184
Bog'liq
O‘zbek tilshunosligi kafedrasi «hozirgi o‘zbek tili» fanidan o‘q

Harakat nomi shakli va uning turlari. O‘zbek tilshunosligida harakat nomi shakli sifatida quyidagi ko‘rsatkichlar farqlanadi: [-moq]; [-(i)sh]; [-maslik]; [-(u)v]; [-ganlik];

Bu shakllar sirasida [-(u)v], [-ganlik] shakllarining keng iste’molli va jonli nutqqa xos emasligi ularni to‘la ma’nodagi harakat nomi shakli sifatida qarashga monelik qiladi.

[-moq] shakli nisbatan kam qo‘llanadi va harakat nomining adabiy til ko‘rinishi, lug‘at shakli sifatida qaraladi: Bosmachilarning vahshiyligi odamlarga ma’lum: odamlarni kesmoq, osmoq, tiriklay kuydirmoq. (S.Ahm.) Bu harakat nomining boshqa shakllaridan uslubiy qo‘llanilishi bilangina farqlanadi.

[-(i)sh] affiksli harakat nomi quyidagi ma’noga ega:

a) harakatning nomi, atamasi: Ketishi ham, ketmasligi ham noma’lumligini aytdi. (Mirm.)

b) ish, mashg‘ulot ma’nosi: (shudgorlash), (o‘g‘itlash), (ishlash);

d) odatdagi ot ma’nosida: (chopish), (jilmayish), (kelish), (ketish).

Bu shakl [-lik] qo‘shimchasi bilan ko‘p hollarda tilning diniy nutq ko‘rinishida uchraydi: (aytishlik),(kelishlik), (borishlik) kabi.

Harakat nomining bo‘lishsiz shakli [-maslik] ko‘rsatkichi orqali hosil qilinadi: (bormaslik), (kelmaslik) kabi.

Harakat nomi otga xos barcha sintaktik vazifada kela oladi.

O‘zgalovchi kategoriya shakllari bo‘lmish ravishdosh, sifatdosh va harakat nomi ma’noviy va sintaktik jihatlarning darajasi bilan farqlanadi. Bu darajali ziddiyatning belgisini «lug‘aviy ma’noni o‘zgalash» tashkil etadi. Bu ravishdoshda kuchsiz, sifatdoshda o‘rtacha va harakat nomida kuchli. Agar belgi «sintaktik munosabatni ifodalash» tarzida bo‘lsa, ravishdosh kuchsiz, sifatdosh yana o‘rtacha, ravishdosh kuchli a’zo sifatida yuzaga chiqadi. Demak, sifatdoshda ma’noviy va sintaktik o‘zgalash o‘zaro muvofiq.

Аdabiyotlar

1. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G. va b. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2009.

2. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G. va b. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Darslik. – Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2010.

3. Rahimov S., Umurqulov B. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Darslik. – Toshkent: O‘qituvchi, 2003.




Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish