Sinonimlar(ma’nodosh so’zlar) – shakli har xil, ma’nosi bir – biriga yaqin bo’lgan so’zlar. Sinonimlar bir so’z turkumi doirasida yuzaga keladi barcha so’z turkumlarida sinonimlik mavjud. Sinonimik qatordagi asosiy so’z dominanta deyiladi. U uslubiy betaraf bo’ladi: masalan: yuz, chehra, jamol, bashara, turq. Yuz – dominanta, asosiy so’z, u uslubiy betaraf. Chehra, jamol – ijobiy bo’yoqdor so’zlar. Bashara, turq – salbiy bo’oqdor so’zlar. Leksik (lug’aviy) sinonimlar– so’zlar sinonimligi. Lug’aviy sinonimlar o’z ichida ikkiga bo’linadi: 1) to’iq sinonimlar – o’zlashgan so’zlar sinonimligi: tilshunoslik - lingvistika, doston - poema, amr - farmon - buyruq, bahor - ko’klam, kosmos - fazo… 2) ma’noviy sinonimlar – so’zlar bir - biridan nozik ma’nosi bilan farq qiladi: nam-ho’l-shalabbo, taqillatdi-dukillatdi-gursillatdi…
Antonimlar (zid ma’noli so’zlar)– qarama – qarshi so’zlar.
Antonimlar bir so’z turkumi doirasida yuzaga keladi. Son, olmosh, yordamchi so’zlarda antonimlik munosabati yo’q.
Leksik antonimlar– so’lar antonimligi: yaxshi - yomon, katta -kichik, kun -tun…
Frazeologik antonimlar– iboralar antonimligi: labi labiga tegmaydi – og’ziga cho’p slogan, yerga ursa ko’kka sapchiydi – qo’y og’zidan cho’p olmagan…
Affiks antonimlar– qo’shimchalar antonimligi: ba-be, -li, -siz…
Anotimlikni yuzaga keltiruvchi uch asosiy belgi:
a) shakliy jihatdan har xillik;
b) ma’noviy jihatdan har xillik;
c) ma’nodagi o’zaro zidlik;
Muayyan so’z sinonimik qatordagi har bir so’z bilan alohida – alohida antonimlik hosil qila oladi: xunuk-chiroyli, go’zal, zebo… Bir so’z agar u ko’p ma’noli bo’lsa, har bir ma’nosi bilan alohida antonimlik hosil qilishi mumkin: qattiq – yumshoq, qattiq – saxiy… Antonimlar adabiyotdatazodatamasi bilan yuritiladi.
Paronimlar (para... va yun. Onyma — nom, ism) — talaffuzi, eshitilishi va morfem tarkibi oʻxshash, leksik maʼnolari boshqa-boshqa yoki qisman yaqin boʻlgan soʻzlar. Tilda ana shunday soʻzlarning mavjud boʻlish hodisasi paronim ya deyiladi. Paronimiya muammosi nutkda P.ni ataylab yaqinlashtirish yoki ularning maʼnosini bilmay, farqlamay adashtirib qoʻllash (nutqiy xato) natijasida kelib chiqadi. P.ning qoʻllanishi bilan borlik, bunday masalalar tegishli ravishda nutq madaniyati va uslubshunoslik tomonidan oʻrganiladi.
Paronimni qoʻllashda farqlamaslik, ularni adashtirish til hodisasi emas, balki muayyan til vakillarining shu til lugʻaviy meʼyorlarini yetarli darajada egallamaganligining natijasidir.
Paronimni xato qoʻllash, odatda, kam tanish boʻlgan soʻzlarda uchraydi. Notanish soʻzlarning katta qismini terminlar tashkil etadi. Zero, fan va texnikaning tez surʼatlar bilan oʻsishi natijasida muayyan tilga (mas, uzbek tiliga) kirgan yangi soʻzlar shu tilda mavjud boʻlgan soʻzlar bilan talaffuz jihatdan yaqin kelib qoladi, oqibatda yangiyangi paro-nimik qatorlar paydo boʻladi. Mas, tanbur — tambur, shitob — shtab, taʼrif — tarif, teri — tire va boshqa Nutkda noaniklikka yoʻl qoʻymaslik uchun tildagi P.ni farqlay bilish, maʼnolarini toʻgʻri anglay olish zarur. Shunda "sharaf" oʻrniga "sharob", "kompaniya" oʻrniga "kampaniya", "tovlanmoq" oʻrniga "toblanmoq", "enlik" oʻrniga "ellik" tarzida qoʻllashlarga oʻrin qolmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |