Shaxslar oʻrtasidagi xohish: guruh muhokamasining yana boshqa xususiyati shaxslar oʻrtasidagi xohishdir. Oʻzaro faoliyat davom etarkan, bir-birlarini yoqtirishi, xush koʻrmaslik, xulq-atvor, temperamenti kabi xislatlari bir-birlariga ma’lum boʻladi. Ular orasida boshqa birining muammolarini boʻlishar ekan, bir-birlariga boʻlgan hamdardlik rivojlanadi.
Qoidalarga bo‘ysunish bosimi: guruh muhokamasida, qoida va me’yorlarga rioya qilish bosimi boʻladi. Oldindan belgilangan va ta’sis etilgan standartlarga doimo majbur qilinadi va rioya qilinadi.
Ziddiyat: ziddiyat guruh a’zolari orasidagi kelishmovchilik, tafovut, ixtilof boʻlib, koʻpincha o‘ylash mobaynida kelib chiqadi.
Muhokamaning maqsadi: guruh muhokamalarining asosiy maqsadi bizning guruhda oʽzimizni tutishimizni baholashdir. Guruh muhokamasi bizga oʽzimizning intellektual qobiliyat, ijodkorlik, tasavvur va yondashuv kabi Shaxsiy xislatlarimizni muammolarni yechishda, yetakchilik sifatlari, kelishmovchiliklar va guruh xatti-harakatlarini koʻrsatishda asos boʻladi. Qatnashish maqsadida fikrning aniqligi va nutqimizning imkoniyatlarini baholay olamiz. Bu bizni taxminlarga asoslangan qarashlardan saqlaydi va noto‘gʻri harakatlarning oldini oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |