OʻQUV MATERIALLARI
AMALIY MASHGʻULOT MATERIALLARI
1-MAVZU:“O‘ZBEK TILINING SOHADA QO‘LLANISHI”FANINING MAZMUNI VA VAZIFALARI.
1-topshiriq. Matnni o‘qing. Matnni so‘zlab bering.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishib, demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo‘lidan borayotgan bugungi kunda dunyo andozalari darajasidagi bilimdon, zukko, har tomonlama yetuk iqtisodchi mutaxassis kadrlarni tayyorlash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu esa ta’lim andozalariga yangi, zamonaviy fanlarni kiritish orqali amalga oshiriladi.
“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” va “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun talablaridan kelib chiqqan holda Toshkent moliya institutida iqtisodchi-bakalavrlarga “O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi”fani kiritildi. Bu fanni o‘qitishdan maqsad bakalavrda iqtisodiy nutq asoslarini shakllantirish, iqtisodiy til, iqtisodiy atamashunoslik, iqtisodiy matnlarni yaratishni o’rgatishdan iboratdir. Shunga ko‘ra institut talabalari uchun “O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi”kursining kiritilishi maqsadga muvofiq ish bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |