ESKIRGAN SO’ZLAR
Tilimizda ma’lum davrda qo’lanilib, hozirgi kunda foydalanilmaydigan so’zlar –eskirgan so’zlar deyiladi.
a) Tarixiy (istorizm) so’zlar: so’z o’zi ifodalangan tushuncha bilan birgalikda eskiradi. siyosiy byuro, pioner, komsomol, oktabrat, Qarol, feodal, rasadxona, ochilg‘on, teleskop, kuyev, , rutba, musofirxona, mirshabxona, devon, dukchi, charx, mug‘anniy, musallas, rafiq, mushk-u anbar, faytun,.
b) Arxaik (arxaizm) so’zlar: so’z eskiradi, tushuncha saqlanadi va u boshqa so’z bilan nomlanadi. Bitik, cherik, etmak, yog‘iy, dubulg‘a, firqa, yovuq, handasa, fasohat, fiqh. Pud, qadoq, etmak, ashu(qizil tuproq), aqru(sekin), ashuq(temir qalpoq), riyoziyot
O N O M A S T I K A (Nomshunoslik)
Тurli xil obyektlarning muayyan nom bilan atalishida ularning ma’lum belgilari e’tiborga olinadi. Buyuk shaxslarning nomini abadiylashtirish uchun u bilan qandaydir bog‘liq bo‘lgan holat hisobga olinadi yoki shaxsga katta hurmat yuzasidan joy shu shaxs nomi bilan yuritiladi. Masalan, Hamzaobod shahri shu joyda ma’lum davr yashab, mehnat qilgan Hamza nomi bilan; Qiрchoq, Saroy qishloqlarining nomlari shu qishloq aholisining etnik kelib chiqishi bilan, Qatorterak, Uchtol, Beshariq, Baland masjid singari joy nomlari shu joydagi o‘simlik, bino, suv inshooti xususiyati bilan bog‘liq ravishda qo‘llangandir. Shaxsga qo‘yilgan nomlarda esa ota-onaning orzu-umidi (Baxtiyor, Umid, Go‘zal), bolaning tashqi belgisi (Xoldor, Anor, Qovoqvoy), xalqning urf-odati (O‘roqvoy, Тeshavoy), tug‘ilgan kuni (Odina, Jumavoy) o‘z aksini topgan bo‘ladi.
Nomlar, ularning turlari, nomlanish sabablari bilan shug‘ullanuvchi tilshunoslikning bo‘limiga onomastika (lot. onuma — nom so‘zidan olingan) deyiladi.
Atoqli otlar nomlanuvchi obyekt turiga ko‘ra bir necha guruhga bo‘linadi:
1. Shaxs va ularga qo‘yilgan nomlar ANTROPONIMLAR (lot. antropoz — shaxs, odam; onuma — nom): Ahmad, Karim va boshqalar.
2. Geografik obyektlar va ularning nomlari TOPONIMLAR (lot. topos — qishloq, shahar, maydon, ko‘cha, onuma — nom): Shirmonbuloq, Qorako‘l, Qarshi, Farg’ona,Samarqand kabi.
3. Hayvon nomlari va ularga atab qo‘yilgan nomlar ZOONIMLAR (lot. soom — hayvon, opuna — nom): to‘rtko‘z, bo‘ribosar kabi.
4. Suv havzalari inshootlari va ularga atab qo‘yilgan nomlar (daryo, ko‘l, dengiz nomlari) GIDRONIMLAR (lot. gidro — daryo, suv, onuma — nom): Orol dengizi, Balxash ko‘li, Qashqadaryo kabi.
Quyida berilgan so‘zlarni obyekt turiga ko‘ra guruhlang: (toponimlar, antroponimlar, zoonimlar, gidronimlar)
Kattaqo‘rg‘on, Sirdaryo, Dilnavoz, tulki, tuya, Sarvigul, Yo‘lbars, Sher, Shahnoza, Amudaryo, Buloqboshi, Zadaryo, ot, Koson, Shahriyor, Abdulhoshim, Orol dengizi, Kampiravot, Azov dengizi, Nil daryosi, Sevan ko‘li, Ra’no, Dilorom, eshak, qo‘y, ho‘kiz, Mavluda, Behzod, Bobur, Farg‘ona kanali.
Do'stlaringiz bilan baham: |