V—F UNDOSHLARI
V(v) harfilab-lab, sirg‘aluvchi, jarangli undosh tovushni ifodalaydi. Sof o‘zbekcha so‘zlarda va so‘z boshida kelmaydi, arab-fors tilidan o‘zlashgan so‘zlarda esa turli o‘rinlarda kela oladi: vaqt, vafo, tavsif, sovun, qovurg‘a kabi. Hozirda bu tovushning lab bilan tish orasida aytiladigan varianti keng qo‘llanmoqda. Shuning
uchun so‘z oxirida keluvchi v so‘zlashuv nutqida p yoki f ga o‘tadi, ammo qoidaga muvofiq v yoziladi. Masalan: Norqulov-Norqulop, OlimovOlimof, avtomat-aptomat, kooperativ-kooperatip kabi.
F(f) harfilab-tish, sirg‘aluvchi, jarangsiz undosh tovushni ifodalaydi. Talaffuzda ba’zan p ga o‘tsa ham, f yoziladi. Masalan:fasl, safar, futbol, latif, isrof, insofkabi.
G—K UNDOSHLARI
G(g) harfi til orqa, portlovchi, jarangli undosh tovushni ifodalaydi. So‘z oxirida jarangsiz k kabi eshitiladi, ammo yozuvda g tarzida yoziladi. Masalan: barg, tug, pedagog, eg kabi. Imlo qoidasiga ko‘ra, oxiri g bilan tugagan so‘zlarga g undoshi bilan boshlanuvchi -ga, -gacha, -gach, -gan, -ginakabi qo‘shimcha qo‘shilganda k tarzida talaffuz qilinsa ham asliga muvofiq g yoziladi. Qarang: bargga, egguncha, dialoggacha, tuggin.
K(k) harfi til orqa, portlovchi, jarangsiz undosh tovushni ifodalaydi. Oxiri k bilan tugagan so‘zlarga egalik qo‘shimchalari qo‘shilganda k jaranglashadi va g tarzida aytiladi hamda shunday yoziladi. Masalan: yurak-yuragim, tilaktilagim, bek-begim kabi
D—T UNDOSHLARI
D(d) harfitil oldi, portlovchi, jarangli undosh tovushni ifodalaydi. So‘z oxiridagi d doimo jarangsiz talaffuz qilinadi. Biroq asliga muvofiq d yozilaveradi: band-bant, xursand-xursant, avlod-avlot kabi. So‘zning oxirida d tovushidan oldin n kelsa va bunday so‘zlarga qo‘shimchalar qo‘shilsa dtalaffuz etilmaydi, ammo yoziladi: payvanchi-payvandchi, balanroq-balandroq, xursanchilik-xursandchilikkabi.
T(t) harfi til oldi, portlovchi, jarangsiz undosh. So‘z oxiridagi ttalaffuzda ko‘pincha tushib qoladi. Biroq asliga muvofiq yozilaveradi: do‘st-do‘s, daraxt-daraxkabi. Bunday so‘zlarga qo‘shimchalar qo‘shilganda ham talaffuzda t undoshi eshitilmay qoladi, ammo bu hol ham imloda aks etmaydi: do‘slik-do‘stlik, dasro‘mol - dastro‘mol, mashinisga-mashinistga kabi.
Jonli nutqda t bilan tugagan so‘zlarga ch undoshi bilan boshlanuvchi qo‘shimchalar qo‘shilganda t ning ham ch ga aylanish hodisasi yuz beradi: sutchi-suchchi, yigitcha-yigichcha, uyatchan-uyachchan kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |