Oo
O(o) harfilablangan, til orqa keng unli tovushni ifodalaydi. Yondosh tovushlardan qat’i nazar so‘zlarning barcha bo‘g‘inlarida kelib, cho‘ziq unli sifatida talaffuz qilinadi va asliga ko‘ra yoziladi: ona, bobo, nom, havo, oq, qoramol kabi. O‘zlashma so‘zlarda u yoki o‘ bilan o o‘rtasida aytilsa ham o tarzida yoziladi. Masalan: opera, bolt, nota, rol, tok (elektr)kabi. Bunday so‘zlarning urg‘usiz bo‘g‘inlarida o unlisi i kabi talaffuz qilinsa ham oyoziladi: traktor, direktor, ekspeditor, kartoshka kabi.
Ii
I(i) harfilablanmagan, til oldi, yuqori tor unli tovushni ifodalaydi. I tovushi tilak, bir, tish, dil kabi so‘zlardagi qisqa I unlisi o‘rnida; mohir, shoir, ilmiy, adabiy, lirikakabi so‘zlarning urg‘uli bo‘g‘inidagi cho‘ziq I o‘rnida;
-qish, qir, g‘ilof, xizmatchi, xilkabi so‘zlarda chuqur til orqa q, g‘, x tovushlari bilan yonma-yonkeladigan qisqa va qattiq iunlisi o‘rnida va rus tilidan o‘tgan vimpel, bilina, vishka, richag kabi so‘zlardagi ruscha û unlisi o‘rnida yoziladi.
- So‘z o‘zagining ochiq bo‘g‘inida i, e, a unlilaridan biri kelsa, keyingi yopiq bo‘g‘inda I yoziladi. Masalan:bilim, iliq, etik, beshik, sariq,vakil kabi.
- Arab-fors va rus tilidan o‘zlashgan bir bo‘g‘inli so‘zlarning qo‘sh undoshlari o‘rtasida qisqa itovushi talaffuz etilsa-da, ammo yozilmaydi. Masalan: fikr, ilm, ufq, matn, litr kabi.
Ee
E(e) harfi lablanmagan til oldi, o‘rta keng unli tovushni ifodalaydi. So‘z tarkibidagi o‘rniga qarab turlicha aytiladi va yoziladi:
— So‘z boshida yopiq bo‘g‘inda I ga moyil aytilsa ham, e yoziladi: ehtimol, eshik, ehson, ertak kabi
.— So‘z boshida ochiq bo‘g‘inda va ikki undosh orasida qisqa aytiladi va doim eyoziladi: erta, meva, sezgir, tepki kabi.
— So‘z boshida tutuq belgisidan oldin cho‘ziqroq va i ga moyil aytiladi va e yoziladi: e’zoz, e’tibor, e’lon, e’tiqod kabi.
Uu
U(u) harfilablangan, til orqa, yuqori tor unli tovushni ifodalaydi.
Quyidagi holatlarda u unlisi I tovushiga moyilroq aytilsa ham, u yoziladi:
— oldingi bo‘g‘inlarida a, o, u unlilardan biri bo‘lgan va shundan so‘nggi yopiq bo‘g‘in boshidagi v
tovushidan keyin:qovun, ovul, tovuq, sovuq, tarvuz, quvur, chuvur-chuvur kabi;
— birinchi bo‘g‘inida ubo‘lgan so‘zlarning ikkinchi bo‘g‘inida: uzun, uzum, chumchuq, tushuncha, yulduz, yutuq, yumush kabi;
— birinchi bo‘g‘inida ubo‘lgan so‘zlarning keyingi ochiq bo‘g‘ini q yoki g‘bilan boshlansa: bug‘u, urg‘u, uyqu, tuyg‘u, yog‘du kabi.
— Tarkibida u bo‘lgan bir bo‘g‘inli so‘zlarning oxirgi ikki undoshi o‘rtasida uaytilsa ham, yozilmaydi: umr, uzr, rukn, hukm kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |