O’zbek tilidan ma’ruzalar to’plami 1- qism



Download 340,5 Kb.
bet15/61
Sana23.05.2022
Hajmi340,5 Kb.
#607395
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   61
Bog'liq
1 Qism (fonetika -leksik)

XULOSA: Tilning fonologik (fonetik) sathining birligi fonema bo‘lsa, fonemaning real talaffuz qilingan, quloq bilan eshitilgan ko‘rinishi fon (allofon) yoki tovush hisoblanadi.

FONEMA VA HARF
Biz nutqimizni yozma ravishda ham bayon qilamiz. Bunda yozma nutq harflar ketma-ketligidan tashkil topadi.
Fonemaning yozuvdagi ifodasiga harf deyiladi.
Harflar fonemalarning yozuvdagi aksi, tasviridir. Shuning uchun har bir tilda harflar shu tilning fonemalariga qarab olinadi. Bir fonemaga bir harfni to‘g‘ri keltirishga harakat qilinadi.
Harflarni xotirada yaxshi saqlash va lug‘at tuzishda ma’lum izchillikka amal qilish maqsadida harflar muayyan tartibda joylashtiriladi.
Muayyan tartibda joylashtirilgan harflar tizimiga alifbo deyiladi.
Lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosida har bir unli fonema alohida-alohida harflar orqali ifodalangan bo‘lsa, undoshlarda fonemalarda ikki harf orqali ifodalash hollari uchraydi: sh, ch, ng kabi.

GRAFIKA va ORFOEPIYA
Unlilar talaguzi va imlosi
Unli tovushlar ovoz paylarining o‘pkadan chiqayotgan havo oqimi ta’sirida tebranib, og‘iz bo‘shlig‘ida hech
qanday to‘siqqa uchramay o‘tishi natijasida hosil bo‘ladi.Ovoz (un) paychalarining titrashidan bo‘g‘iz
bo‘shlig‘ida sof ovoz yuzaga keladi. Unlilarni talaffuz qilganda og‘iz bo‘shlig‘i ochiq bo‘ladi, asosiy vazifani esaovoz paychalari, til va lablar bajaradi. Ovoz paychalarining harakati musiqiy ohangni vujudga keltiradi. Shuning uchun unli tovushlarda musiqiylik, ohangdorlik kuchli bo‘ladi. Ularni nutq talabiga ko‘ra istagancha cho‘zib talaffuz etish mumkin. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida oltita unli tovush mavjud: A, O, I, U, O‘, E.
Aa
A(a)harfi lablanmagan, til oldi, keng unli tovushni ifodalaydi. Bu unli yumshoq o‘zakdagi til orqa k, g va boshqa til oldi undoshlari bilan yonma-yon kelganda old qator, ochiq tovush sifatida aytiladi: aka, man, olam, kalla, gala kabi.
Lekin chuqur til orqa q, g‘, x undoshlaridan so‘ng kelganda orqa qator unlidek aytiladi va asliga muvofiq yoziladi: qand, qarz, g‘aliz, xamir, xat kabi.
A(a) harfini to‘g‘ri yozishda quyidagilarga e’tibor bering:
— bahor, zamon, palov, tamom kabi so‘zlarda a unlisi o ga moyil aytilsa ham, ayoziladi;
— a’lo, a’zo, ma’no, ta’nakabi so‘zlarda tutuq belgisi ta’sirida cho‘ziqroq aytilsa ham, bitta a yoziladi;
— mutolaa, mudofaa, manfaat, taalluqli, taajjubkabi so‘zlarda cho‘ziq talaffuz qilinadi va ikkita ayoziladi;
— disk, bank, tank, stolbkabi rus tili orqali o‘zlashgan so‘zlarning oxiri qo‘sh undosh bilan tugagani uchun o‘zbek tilida bu so‘zlarda aqo‘shib aytiladi va shunday yoziladi: diska, banka, tanka, stolba;
— xavf, gavda, navbat, vafo, varaq kabi so‘zlarda v undoshi bilan yonma-yon kelganda oga moyil aytilsa ham, asliga ko‘ra a yoziladi;
— ayrim ruscha-o‘zlashma so‘zlarda ya undoshi o‘rnida aaytiladi va yoziladi: sentabr, oktabr, flaga kabi.

Download 340,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish