SINEKDOXA VA UNING USLUBIY XUSUSIYAТLARI
— Farzandi bormi?
— Тirnoqqa zor.
Yuqoridagi dialogda tinglovchi so‘zlovchining savoliga «Yo‘q!» deb javob berishi ham mumkin edi, lekin u «tirnoqqa zor» iborasini ishlatishni ma’qul ko‘rdi. Bu bilan suhbat mavzusiga aylangan shaxsning farzandi yo‘qligini bayon qilish bilangina cheklanib qolmasdan, uning farzand ko‘rishga tashnaligini ham alohida ta’kidlab ko‘rsatdi.
Nima uchun farzand yoki bola o‘rniga tirnoq so‘zi ishlatilyapti? Тirnoq bolaning bir kichkinagina a’zosi. Shu a’zoga ham zorligi, tashna ekanligini bildirish bilan bolaga zor ekanligi bo‘rttirib ko‘rsatilyapti.
Bu o‘rinda butun bir narsa, ya’ni bola uning qismi — tirnog‘i orqali ifodalanyapti. Ana shunday ma’no ko‘chish usuli sinekdoxa hisoblanadi.
Sinekdoxa yunoncha synekdoche — birgalikda anglash so‘zidan olingan bo‘lib, bo‘lak orqali butunni yoki butun orqali bo‘lakni ifodalashni bildiradi.
Ma’no ko‘chishning bu turi ham nutqimizning ta’sirchanligini oshirishda, ifodali, jozibali bo‘lishida katta ahamiyatga ega.
! Senekdoxa 2xil usulda amalga oshadi.
1) Butun orqali qism tushuniladi: Besh qo’lingni og’zinga tiqma. O’n qo’l, o’n hunar.
2) Qism aytiladi, butun tushuniladi: Odamlar tirnoqqa zor. Eshikka kiring choy ichamiz.
M: 1. Olma guli — gul emas, taqsam chakkamda turmas. (Qo‘shiqdan) 2.. Olma archiyotib qo‘lini kesib olmoq. 3.Yig‘ilishga mo‘ylovni chaqirib kelmoq, 4. G‘ildirakni yurgizmoq. 5.Ccho‘loqqa achinish bilan qaramoq 6. Chorva desam, deguday. Tuyog‘imiz ko‘paysa ko‘-paydiki, kamaygani yo‘q. 7. . Bu qasidam senga, xalqim, Oq sut-u tuz hurmati . 8. Sajda aylar zohid ul mehrob aro, Men qilurman sajada egma qoshima
9. Qush daraxtda o’tiribdi.
! Mumtoz she’riyatda oy yuz, qorako‘z, oq bilak, sarv qad kabi atamalarning yor, dildor ma’nolarida sinekdoxa usulida ma’no ko’chadi.
VAZIFADOSHLIK VA UNING USLUBIYAТI
Stolning oyog‘I birikmasidagi oyoq so‘zining ma’nosini tushuntiring. So‘zning to‘g‘ri va ko‘chma ma’nosini ayting. Тo‘g‘ri va ko‘chma ma’nolar o‘rtasidagi bog‘liqlikni izohlang.
Ko‘chalarni chiroqlar yop-yorug‘ qilib turibdi. Chiroq piligini pasaytirdi.
Yuqoridagi ikki gapda qo‘llanilgan chiroq so‘zining ma’nosiga e’tibor bersangiz, u bir xil vazifa bajaruvchi ikkita bir-biriga o‘xshamaydigan narsalarni ifodalayotganining guvohi bo‘lasiz. Birinchisida «elektr toki orqali yorituvchi noksimon (lampochka) yoki tayoqsimon asbob»ni, ikkinchisida esa «kerosinga pilik solish vositasi bilan yorituvchi, asos va shisha qismlardan tashkil topgan asbob»ni bildiradi.
Bu asboblar shakliga ko‘ra bir-biriga o‘xshamaydi, makon va zamonda ularning aloqadorligi ham yo‘q, lekin har ikkisi yoritish vazifasini bajaradi. Ana shu vazifaviy bir xillikka ko‘ra ilgari yog‘ga pilik tekkizish orqali yoritiladigan shishasiz, ochiq asbob nomi keyinchalik asos qismga shisha o‘rnatilgan yoritgich asbobni, keyinroq esa elektr tokidan foydalanishga o‘tilgandan so‘ng lampochkalarni ham ifodalash uchun qo‘llaniladi. Natijada chiroq so‘zi bir-biriga o‘xshamaydigan xilma-xil yorituvchi vositalarga nisbatan qo‘llanila boshlandi.
M. 1. Sekinroq gapiring, aylanay, devorning ham qulog‘I bor. 2. Samolyotning qanoti o‘ta pishiq materialdan ishlangan 3. Avtomobilning eshigini ochib do‘stini chiqarib oldi. 4. Askarlarimiz Vatan sarhadlarini ko‘z bo‘lib, quloq bo‘lib tun-u kun sergaklik bilan qo‘riqlamoqdalar. 5. . Bu xushxabarni do‘stlarimga yetkazish uchun oyoq bo‘lib yugurdim.
Do'stlaringiz bilan baham: |