O‘zbek tilida “Ma’naviyat” semali leksik birliklarning semantik tahlili


 O„zbek tilshunosligida semantik maydon nazariyasi



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/72
Sana08.08.2021
Hajmi0,8 Mb.
#141911
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   72
Bog'liq
ozbek tilida manaviyat semali leksik birliklarning semantik tahlili

2. O„zbek tilshunosligida semantik maydon nazariyasi 

  

O‗zbek  tilshunosligida  so‗z  semantik  maydonlarini  tadqiq  etish  o‗tgan 



asrning  80-yillarigacha  hali  boshlangan  emas  edi.  Faqat  ma‘lum  semantik 

maydonga  so‘zlarni  ajratib  olib,  keyin  unga  semasiologiyaning  boshqa 

yo‗nalishlarida  yondashish  bo‗lgan.  Bunga    D.Bozorovaning  kishi  muchasi 



23 

 

nomlariga,  I.Abdurahmonovning  ko‗lam  sifatlariga,  R.Yunusovning  o‗rin 



bildiruvchi otlarga, T.T. Musayevning sezgi bildiruvchi fe‘llarga bag‗ishlangan 

nomzodlik  dissertatsiyalari,  I.Qo‗chqortoyevning  nutq  fe‘llariga  bag‗ishlangan 

doktorlik  dissertatsiyalarini  ko‗rsatish  mumkin.  Lekin  ularning  hammasi  ham 

asosan  mantiqiy-semantik  tahlil  etilgan  ishlar  hisoblanadi.  Keyingi  ikktasida 

lingvistik-semantik tahlil tadqiqot ham o‗z o‗rnini topgan.                                                                                                                                                                             

 

So‗z  semantik  maydonlarni  lingvistik-semantik  asosda  o‗rganish  o‗tgan 



asarning  90-yillaridan  o‗zbek  tilshunosligiga  keng  ko‗lamda  kirib  kela 

boshladi.R.Rasulovning  holat  fe‘llariga,  Sh.Iskandarovaning  otlardagi  shaxs 

mikromaydoniga,  N.R.Nishonovaning  ―hayvon‖  arxisemalari  leksemalar 

maydoning  mazmuniy  tahliliga,    S.Muhamedovaning  harakat  fe‘llari 

semantikasiga  bag‗ishlangan  dissertatsiyalarini  ko‗rsatish  mumkin.  O‗z  

doktorlik  ishining  birinchi  bobida  R.Rasulov  holat  fe‘llari,  S.Muhamedova 

harakat  fe‘llari  semantik  maydonini  tahlil  etib  bergan.  H.Tojimetov  nomzodlik 

dissertatsiyasida  sifat  turkumiga  oid  so‗zlarni  to‗rt    arxisema  atrofida 

umumlashuvini ko‗rsatgan. Sh.M.Iskandarova doktorlik dissertatsiyalarida shaxs 

mikromaydonidagi 

otlarni, 

N.R.Nishonova 

nomzodlik 

dissertatsiyasida 

―hayvon‖ arxisemali otlarni tahlil etgan. Bu ishlarni har birida sememalarni bir 

arxisemaga    umumlashishi,  turli  integral  semalar  ostida  guruhlanishi  va 

differansial semalar bilan o‗ziga izchil holda tadqiq etilgan. 

    Semantik  maydon  haqidagi  fiklarni  sema,  semema  kabi  tushunchalarni 

sharhlash  bilan  davom  ettiradigan  bo‗lsak,  semema  va  leksik  ma‘no  terminlari 

bir  tushunchani  bildiradi.  Semema  bo‗linmas  birlikdan  iborat  emas,  balki 

tarkibiy    uzvga  egadir.  Leksik  ma‘noning  mana  shu  elementini  R.Yunusov, 

Sh.Xo‗jayevalar sema deb qayd etishadi. 

         Tilshunoslikda  differansial-semantik  metod  keyingi  vaqtlarda  faol 

qo‗llanmoqda.  Shunga  ko‗ra  lug‗aviy  birlik  holatidagi  so‗z  ―leksema‖,  leksik 

ma‘no  ―semema‖,  leksik  ma‘noning      komponentlari,  tarkibiy  uzvlari  ―sema‖ 



24 

 

deb  qo‗llanmoqda.  Shuning  uchun  ham  A.Hojiyev  ―…  semalar  semamaning 



mundarijasini  tashkil  etadi.‖

 

  Professor  M.Mirtojiyev  bu  haqda  shunday  deydi: 



―…sema sememaning bo‗lagi, ya‘‘ni qismi degan xulosaga kelishi to‗g‗ri emas. 

Buning  uchun  sememaning    referenti  va  uning  belgisi  bilan  munosabatida 

e‘tiborni  qaratishga  to‗g‗ri  keladi.  Hech  mahal  referentning  belgilari  uning 

bo‘lagi, ya‘ni qismi bo‗la olmaydi: 

  

Masalan,  qand  kimyo  nuqtai  nazaridan  uglevoddir.  U  oq  rangda,  mazasi 



shirin,  o‗zi  kristall  bo‗ladi.  Qand  shu  to‗rtta  belgiga  ega.  Bu  belgilar  uning 

qismlari  emas.  Agar  kalla  qand  bo‘lsa,  uni  bir  necha  chaqmoqlarga  bo‘lib 

yuborilsa, har bir chaqmoq kalla qandning bo‘lagi, qismi hisoblanar edi‖, - deb 

sema va qism terminlarini  sharhlab beradi. 

            Semalar qaysi nuqtai nazardan belgi bildirishiga ko‘ra turlarga bo‘linadi. 

U  so‗zlarning    semantik  taraqqiyotida  holatiga  ko‘ra  so‗z  sememasi  tarkibida 

tutgan  o‗rniga  ko‗ra,  sintagmatik  vazifasiga    ko‗ra  alohida-alohida  guruhlarga 

tiplarga  bo‗linadi.  Quyida  har  bir  tip  tavsifiga  umumiy  tilshunoslik  nazdi  bilan 

alohida  to‗xtalamiz.  So‗z  ma‘lum  sememasiga  ko‗ra  muayyan  semantik 

maydonlarga birlashadi.

 

 

Semalar  sememalarning  semantik  maydonda  joylashish  mavqeyiga  qarab 



arxisema,  integral  sema,  differensial  sema  va  potensial  sema  kabi  tiplarga 

bo‘linadi va ular ierarxik tartibdagi o‗rniga qarab turlicha vazifa bajaradi.      

 

         Arxisema  –  sememalar  uchun  umumiy  bo‘lgan  sema.  Sememalar  asosida 



leksemalar  ma‘lum  semantik  maydonlarga  birlashuvchi    sema  arxisema  deb 

ataladi.  Masalan:  shaxs  arxisema  –  Sh.Iskandarova,  hayvon  arxisemasi  - 

N.Nishonova. 

         Integral sema - termini dastlab fransuz tilshunosi B.Pot‘e tomonidan, keyin 

unga  ergashgan  holda  B.Gak  tomonidan  tilga  olindi.  Ular  bunda  ma‘lum 

semantik  maydonga  mansub  leksemalar  sememasi  umumiy    bo‗lgan  semani 




25 

 

arxisema  deb  bilgani  holda  o‗sha  semantik    maydonning  kichik  guruhi 



(maydonchalari)ga  mansub  leksema  sememalari  uchungina  umumiy  bo‘lgan 

semani  integral  sema    deb  talqin  qilishgan.  Keyingi  yillarda  integral  semani 

umumiy,  mushtarak,  birlashtiruvchi  sema  nomi  bilan  qayd  etadilar. 

Tilshunoslarning integral sema haqidagi qarashlarini umumiy holda quyidagicha 

ifodalashimiz  mumkin:  integral  sema  –  yagona  arxisema  ega  sememalar 

leksemalarning  semantik  maydoni  tarkibidagi  kichik  semantic  maydonchasiga  

mansub leksemalar semamalri uchun umumiy bo‗ladi. U ierarxik tartibga ko‘ra 

2-o‗rinda  turadi.  M.Mirtojiyev  integral  sema  haqidagi  fikrlarni  shunday 

xulosalaydi:integral  sema  ma‘luim  semantik    maydondagi  semantik  guruhga 

mansub    leksemalarning  sememasi  uchun  umumiy  bo‗lgan,  ularni  o‗zaro 

birlashtirib turuvchi sema.           

         Differensial  sema  -  semalarning  ierarxik  tartibida  3-o‗rinda  qaraladi. 

O‗zaro  aloqador  sememaning  bir-biridan  ajralishi  differensial  sema  asosida 

bo‘ladi.     H.Ne‘matov, R.Rasulov differensial semani farqlovchi sema deb ham 

aytadilar va farqlovchi sema deb ikki leksemani bir-biridan farqlaydigan semalar 

deb    ta‘riflaydilar.  Mirtojiyev  esa  bu  ta‘rifga  shunday      yondashadi  -  berilgan 

ta‘rif  to‗g‗ri,  lekin  usluban  chala  jumla  tuzilgan.  Differensial  sema  ikki 

leksemani  emas,  ikki  leksema  sememasini  bir-biridan  farqlaydi.  Novcha  va 

daroz  leksemalari  sememasiga  e‘tbor  beraylik:  Novcha-―bo‘yi‖    ―me‘yoridan‖   

―nisbatan  baland  sememalariga‖  ega.  Daroz-leksemasining  sememasi  ―bo‗yi‖ 

―me‘yoridan‖  ―o‗xshovsiz ortiq‖  semalariga ega. Bu ikki leksema sememaning 

birida ―nisbatan baland‖, ikkinchisida ―o‗xshovsiz ortiq‖ kabi semalari bor. Ular 

o‗zaro mana shu semasiga ko‗ra farqlanadi.   

      Potensial  sema  -  semalarning  ierarxik  tartibida  4-o‗rinda  turadi.  B.Gak: 

potensial semalar turli ikki darajali, ba‘zan predmetning zarur bo‗lgan belgisini 

ifodalardi.    M.Mirtojiyev:  potensial  semalar  sema  mazkur  leksemalar 




26 

 

sememasida  fakultativ  holatda  yashirin  bor  bo‗lib,  ma‘lum  nutq  sharoitida 



namoyon bo‗luvchi semadir. 

      Keyingi o‗n yilliklarda leksemalar guruhini keng tahlil qilishning yangi usuli 

ishlab chiqildi. Bunda giperonim deb qaralgan leksemalar bilan giponiniya deb 

nomlangan  leksemalar  o‗rtasidagi  semantik  munosabat  o‗rganiladi.  Masalan, 

daraxt  giperonim  bo‘lsa,  qayin,  tol,  terak,  baqaterak,

 

majnuntol,  archa,  o‗rik, 



olma giperonim. Giponim bo‗lgan leksemalar sememasi umumiy semaga egaligi 

holda u giperonim leksema sememasiga teng keladi. 

         Rus  tilshunosi  N.I.Tolstoynig  qayd  etishicha,  semasiologiyaning 

zimmasidagi ish uzoq vaqt ―so‗z ma‘nosining o‗zgarishi‖, ya‘ni diaxronik nuqtai 

nazardan  tadqiq  etish  bo‗lib  qoldi.  So‗z  ma‘nosining  o‗zgarishi,  asosan,  so‗z 

ma‘nosining taraqqiyoti, yangi hosila ma‘no berib borishidan iborat. 

         Semalar  so‗z  tarkibida  tutgan  o‗rni  va  borliqqa  bo‗lgan  munosabatiga 

ko‗ra ikki tipga bo‗linadi: denotativ va konnotativ sema. 

        Denonativ  ma‘no  -  sememaning  bevosita,  denotatni  ifoda  etgan  uzvidir. 

―Bashara‖ so‗zining denotativ ma‘nosi  kishi bosh qismining og‗iz va burundan 

bosh tomonga joylashgan yumshoq teri yuzasini ifoda etuvchi uzvga aytiladi. 

        Konnotativ  sema  termini  o‗rnida  an‘anaviy  tilshunosligimizda  konnotativ 

ma‘no termini qo‗llab kelingan. Konnotativ ma‘no termini o‗rnida H.Ne‘matov, 

R.Rasulovlar  ifoda  sema  terminini  qo‗llaganlar.  Ifoda  sema  so‗z  semasining 

denotativ  semasidan  qolgan,  unga  turli  qo‗shimcha  grammatika  va  subyektiv 

munosabat  ifoda  etuvchi  uzvidir.  ―Bashara‖  so‗zining  konnotativ  ma‘nosi 

subyektiv o‗sha denotatga bo‗lgan salbiy munosabatini ham bildiradi. Yana shu 

sememadan mazkur so‗z ot turkumiga oidligi ham ma‘lum. U so‗z ―basharasiga 

boqdi‖  birikmasi  tarkibiga  kirar  ekan,  uning  semasida  egalik  va  yo‗nalganlik 

kabilar  ham  anglashiladi.  Shu  keyingi  anglashilganlarning  hammasi  ―bashara‖ 

so‗zida ifodalangan sememaning konnotativ semalaridir. 



27 

 

             Semantik    maydon  doirasida  amalga  oshirilgan  ilmiy  tadqiqot  ishlari 



ichida  A.Nurmonov,  H.Ne‘matov,  R.Rasulov,  I.Qo‗chqortoyev,  E.Begmatov, 

T.Mirzaqulov,  Sh.Iskandarova,  O.Bozorov,  R.Safarova,  S.Muhamedova, 

B.Qilichev,    M.Narziyeva,    H.Hojiyeva  kabi  tadqiqotchilarning  ilmiy 

kuzatishlari  va  olingan  xulosalari  o‘zbek  tili  leksikasini  maydon  nazariyasi 

asosida o‗rganishda muhim ahamiyatga ega. 

           Jumladan,  Sh.Iskandarova  shaxs  mikromaydoni  misolida  o‗zbek  tili 

leksikasini semantik maydon sifatida o‗rganish muammolarini ko‗tarib chiqdi va 

mazkur mavzuda ilk bor doktorlik ishini himoya qildi. 

 

Sh.Iskandarova  olamning  guruhlarga  bo‗linishi  va  uning  tilda  aks  etishi 



haqida batafsil fikr yuritib, shaxs mikromaydonidan faoliyat ko‗rsatuvchi 100 ga 

yaqin leksik-semantik  guruh haqida ma‘lumot beradi.

            T.Mirzaqulov  o‗zbek    tili  morfem  paradigmatikasi  va  sintagmatikasi 



masalalari 

ustida 


to‗xtalar 

ekan, 


funksional-semantik 

maydonning 

xususiyatlarini yoritib berishga harakat qilgan.

2

 U  maydon bir umumiy mazmun 



yoki  shakl  o‗xshashligi  asosida  turli  sathlarga  tegishli  birliklarning  funksional-

semantik birlashuvidir deb e‘tirof etadi.

 

              Har  bir  milliy  tilda  leksemalar  muayyan  qonun–qoidalar  asosida  bir 



yerga  jamlanib,  to‗dalanib  boradi.  Tilning  o‗ziga  xos  tarixiy  taraqqiyot 

jarayonida  mazkur  leksik-semantik  guruhlar  sifat  va  miqdor  jihatidan  tinmay 

o‗zgarib boradi. 

                                                           

1

 

Iskandarova Sh. O`zbek tili leksikasini mazmuniy maydon sifatida o`rganish (shaxs mikromaydoni). Filol. fan. d-ri... diss.  



–Toshkent, 1999. 23-b.

 

2



 

Mirzaqulov T. O`zbek tili morfem paradigmatikasi va sintagmatikasi masalalari. Filol. fan. d-ri… diss. –Toshkent,  1994. 

18-b. 

 



28 

 

              Tilning maydon sifatida o‗rganish olam, ong va til o‗rtasidagi dialektik 



munosabatni  ilmiy  asosda  tushunishga  yordam  beradi.  Maydon  nazariyasi, 

shuningdek,  ideografik  lug‗atlar  tuzishda  ham  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Bu 

kabi  lug‗atlarni  tuzish  tamoyillarini  belgilash,  esa  o‗zbek  tilshunosliginig  eng 

dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. 

            Maydon nazariyasi til sohiblariga ma‘lum bir sohada ishlatiluvchi leksik 

birikmalarning  asosiy  jamg‗armasini  butun  ko‗lami  bilan  anglash,  muloqot 

jarayonida  ulardan  eng  zaruriysini  qo‗llash    imkonini  beradi.  Leksik 

birikmalarning  bir-birlari  bilan  mazmuniy  jihatdan  bog‘lanishini  ta‘minlaydi.  

Zero,  tilning  eng  muhim  belgisi  uning  kommunikativligi,  insonlar  o‗rtasida 

muloqot  jarayonini  tugal  va  e‘tirozsiz  ifodalay  olishi  sanaladi.  Maydon 

nazariyasi esa bunga har jihatdan yordam beradi.     

 

  Professor  E.Begmatov  leksikada  sistemalilik  xususida  fikr  yuritib, 



tilshunoslikda tilning lug‗aviy boyligini ham muayyan sistema sifatida tasavvur 

qilish va ilmiy tasniflashlari sifatida quyidagilarni keltiradi: 

1.  So‗zlarni so‗z turkumlariga ajratish usuli, ya‘ni so‗z turkumlari sistemasi. 

2.  So‗zlarni  yasalish  modellariga  ko‗ra  tasnif  qilish usuli, ya‘ni  so‗z  yasash 



usullari. 

3.  So‗zlarni  funksional-stilistik  guruhlarga  ajratish  usuli,  ya‘ni  so‗zlarning 

stilistik-differensial guruhlari. 

4.  So‗zlarni  ma‘lum  mavzu  guruhlariga  ajratish  usuli,  ya‘ni  so‗zlarning 

mavzu guruhlari va boshqalar.

1

 



O‗zbek tilshunosligida maydon talqini bilan bog‗liq qilingan ishlar:  

1.   Qo‗chqortoyev I.K. So‗z ma‘nosi va uning valentligi. – Toshkent, 1977. 

                                                           

1

 



Begmatov E. Hozirgi o`zbek adabiy tilining leksik qatlamlari. Toshkent, Fan, 1985-yil. 116-b.

 



29 

 

2.    Abduvaliyev  M.  To‗siqsizlik  maydoni  va  uni  tashkil  etuvchi  sintaktik 



birliklar.  // O‗zbek tili va adabiyoti. – Toshkent, 1988. -№4.  62-66-b. 

3.  Rasulov  R.  O‗zbek  tilidagi  holat  fe‘llari  va  ularning  obligator 

valentliklari. 

 – Toshkent: Fan,1989. 

4.  Mirzaqulov  T.  O‗zbek  tili  morfem  paradigmatikasi  va  sintagmatikasi 

masalalari. Filol. fan. d-ri… diss. avtoref. - Toshkent, 1994. 

5.  Iskandarova  Sh.M.  O‗zbek  tili  leksikasini  mazmuniy  maydon  sifatida 

o‗rganish  (shaxs  mikromaydoni):  Filol.  fan.  dok…  diss.  avtoref.  –

Toshkent, 1999. 

6.  Nishonova N. O‗zbek tilida ―hayvon‖ arxisemali leksemalar maydonining 

mazmuniy tahlili. Filol. fan. nomz… avtoref. –Toshkent,   2000. 

7.  Sobirov  A.  O‗zbek  tilining  leksik  sathini  sistemalar  sistemasi  tamoyili 

asosida tadqiq etish. –Toshkent,  2004. 

8.  Muhamedova  S.  O‗zbek  tilida  harakat  fe‘llarining  semantikasi  va 

valentligi. – Toshkent: Fan, 2005. 

9.  Hakimova  M.  O‗zbek  tilida  vaqt  ma‘noli  lug‗aviy  birliklar  va  ularning 

matn shakllantirish imkoniyatlari: Filol. fan. nomz… avtoref.  - Farg‗ona, 

2004. 


10.  Mirtojiyev  M.  O‗zbek  tili  semasiologiyasi.  –Toshkent:  Mumtoz  so‗z,  

2010.  


 

Shunday  qilib,  o‗zbek  tilshunosligida  til  birliklarini  maydon  asosida 

o‗rganish keng  yo‗lga  qo‗yilmoqda.  Bu  usul,  bizning  nazarimizda,  ayniqsa, 

leksikani  o‗rganishda  katta  ahamiyatga  ega.  O‗zbek  tili  leksikasini 

makromaydon  sifatida  qaralgani  holda,  uni  mikromaydonlarga  ajratish 



30 

 

idiografik  lug‗atlar  tuzishda  katta  samara  beradi.  Shuning  uchun  ham 



lingvistik  maydon  va  til  lug‗at  tarkibini  bunday  maydonlarga  ajratishning 

nazariy  asoslarini  chuqur,  atroflicha  o‗rganish  hozirgi  o‗zbek  tilshunosligi 

oldidagi eng dolzarb muammolardan sanaladi. 

 

 



 


Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish