O‘zbek tilida “Ma’naviyat” semali leksik birliklarning semantik tahlili



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/72
Sana08.08.2021
Hajmi0,8 Mb.
#141911
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   72
Bog'liq
ozbek tilida manaviyat semali leksik birliklarning semantik tahlili

 

 

 

 

 

 

 

 

II bob.  O„zbek tilida “Ma‟naviyat” semali birliklarning semantik 

guruhlari 

1. “Ma‟naviyat” konsepti va uning shakllanishida insonning 

roli  

  

  

Til  tizimiga  antroposentrik  nazariyaning  kirib  kelishi  tilning  ijtimoiy 



hodisa ekanligini yana bir karra isbotladi. Til egasi – til yaratuvchisi va uni idrok 

etuvchi shaxs omilini tadqiq etish, ya‘ni, tilni uni egasi, yaratuvchisi bilan birga 

tadqiq etish tilshunoslikda antroposentrik nazariyaning  shakllanishiga olib keldi 



33 

 

hamda    XX  asrning    so‗nggi  choragida  shakllangan  kognitiv  tilshunoslik, 



lingvokulturologiya, 

pragmatika, 

etnopsixolingvistika 

kabi 


zamonaviy 

tilshunoslikning  mustaqil  sohalarini    rivojlanishi  uchun  zamin    bo‗ldi.  Mazkur 

sohalarning  yuzaga  kelishi  fanda  insonni  yanada  chuqurroq  o‗rganish  bilan 

bog‗liqdir.   

         Prezidentimiz  I.A.Karimovn  ―Yuksak  ma‘naviyat  –  yengilmas  kuch‖ 

asarida  ―…o‗zlikni  anglash,  milliy  ong  va  tafakkurning  ifodasi,  avlodlar 

o‗rtasidagi ruhiy-ma‘naviy bog‗liqlik til orqali namoyon bo‗ladi‖, - deb alohida 

ta‘kidlaydilar.

1

 

           Tilshunoslikda  antroposentrik  paradigmaning    shakllanishi  til  egasi  – 



so‗zlovchi  shaxs  omilini  tadqiq  etish  bilan  bog‗liqdir.  ―Tilshunoslikda 

antroposentrik  burilishning  yuzaga  kelishi  strukturalizmning  tilni  tadqiq 

etishning ―o‗zida va o‗zi uchun ‖ tamoyilini chetga surib, asosiy e‘tiborini shaxs 

omiliga  qaratdi.‖  Antroposentrik  paradigma  asosida  tadqiq  etish  tilning 

jamiyatning  eng  muhim  subekti  bo‗lgan  shaxs  bilan  aloqodor  jihatlarinin 

o‗rganishda  alohida  ahamiyat  kasb  etadi.  Xususan,  ―ma‘naviyat‖  semali 

birliklarning  semantik  tahlili  masalalarini  antroposentrik  pardigma  asosida 

tadqiq 


etish 

o‗zbek  tilida  so‗zlashuvchi  til  egalarining  ―tafakkur 

grammatikasi‖ni,  lisoniy  ong  darajasi  hamda  milliy-assotsiativ  fikrlash  tarzini 

yoritib berishda muhimdir. 

Jahon  tilshunosligida  til  tizimini  shaxs  bilan  bog‗liq  tarzda  o‗rganish 

asosan semantika, kognitiv tilshunoslik, psixolingvistika, pragmatik tilshunoslik, 

lingvokulturologiyaga  oid  tadqiqotlarda  namoyon  bo‗lgan.  Xususan,  V.  fon 

Gumboldt,    L.Vaysgerber,    E.Sepir,    B.L.Uorf,    A.A.Potebnya,  J.Lakoff,  

M.Jonson,  Van  Dayk,    N.Xomskiy,  E.Rosh,  L.B.Shcherba,  N.I.Shcherba, 

F.K.Sedov  kabi  tilshunoslar  ishlarida  til  tizimi  shaxs  omili    bilan  bog‗liqlikda 

                                                           

1

 



Karimov I. Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma`naviyat, 2008. 83-b.

 



34 

 

tadqiq  etilgan.  O‗zbek  tilshunoslarining  lingvistik  semantika,  pragmatika, 



kognitiv  tilshunoslikka  oid  tadqiqotlari  o‗zida  antroposentrik  yo‗nalish 

tendensiyalarini namoyon qilsa-da, bu boradagi tadqiqotlar hali yetarli darajada 

emasligiga guvohi bo‗lamiz. 

     Taniqli  rus  tilshunosi  Y.N.Karaulov  til  va  shaxs  masalalariga  bag‗ishlangan  

maqolalar  to‗plamiga  yozgan  so‗zboshisida  ―Har  qanday  matn  ortida  lisoniy 

tizimlarni egallagan muayyan shaxs turadi‖ degan fikrni alohida takidlagan edi.

1

 

Darhaqiqat, ―ma‘naviyat‖ semali birliklarni tahlil qilishda muayyan shaxs, balki 



butun  millat  va  elat,  xalq  qarashlari,  tarixi,  qadriyatlari,  urf-odatlari  muhim 

manba bo‗lib xizmat qiladi. Muayyan millatga mansub til egalarining shaxsning 

lisoniy qobiliyatini aks ettiruvchi o‗ziga xos ko‗zguga o‗xshatish mumkin. 

     Tilshunoslikda  shaxsga  e‘tiborning  qaratilishi  dastlab  psixolingvistika, 

pragmalingvistika  yo‗nalishidagi  tadqiqotlarda  ko‗zga  tashlangan  bo‗lsa-da, 

bugungi 


kunda 

shiddat 


bilan 

rivojlanayotgan 

kognitiv 

tilshunoslik, 

funksionalizm,  etnolingvistika,  lingvokulturologiya    kabi  sohalar  ushbu 

masalani tilshunoslikning markaziy muammolaridan biriga aylantirdi. 

    Prof.  N.Mahmudov  antroposentrik  paradigmaning      shakllanishi  haqida 

quyidagi  fikrlarni  bayon  qiladi.  ―Tilning  ana  shumday  obyektiv  xususiyatiga 

muvofiq  ravishda  antroposentrik  paradigmada  inson  asosiy  o‗ringa  chiqariladi, 

til esa inson  

shaxsini tarkib toptiruvchi bosh unsur hisoblanadi. Mutaxasislar taniqli rus adibi 

S.Dovlatovning  ―inson  shaxsiyatining  90  foizini  til  tashkil  qiladi‖  degan 

hikmatomuz  gapini  tilga  oladilar.  B.A.Maslova  ta‘kidlaganiday,  inson  aqlini, 

                                                           

1

 

Караулов Й.Н. Русская языковая личност и задача еѐ изучения // Язык и личност. – М., 1989. – С. 3-8.



 


35 

 

insonning  o‗ziday,  tildan  va  nutq  yaratish  hamda  nutqni  idrok  qilish 



qobiliyatidan tashqarida tasavvur etib bo‗lmaydi‖.

  



        Til ko‗p vazifali hodisadir, uning muayyan bir vazifasiga asoslangan holda 

yaxlit  mohiyatini  belgilab  bo‗lmaydi,  ko‗pincha,  xususan,  system-struktur 

tilshunoslikda  ham  tilning  aloqa  vositasi  bo‗lmish    -  kommunikativ 

vazifasigagina  suyaniladi.  Aslida  kommunikativ  vazifa  bilan  bir  qatorda  ―til 

dunyoni  bilish,  bilimlarni  to‗plash,  saqlash,  keying  avlodlarga  yetkazish,  ruhiy 

munosabatlarni  aks  ettirish,  go‗zallik  kategoriyalarini  voqelantirish  kabi  bir 

qancha  vazifalarni  bajaradi.  Antoposentrizimning  tilshunoslikda  alohida 

paradigma  sifatida  shakllanishi  va  bu  yo‗nalishdagi  tadqiqotlarning  dunyo 

tilshunosligida  ko‗payib  uborayotganligi  benihoya  quvonarli  hol.  Aytish 

kerakki,  antoposentrizim  tilshunoslar  tomonidan  faqat  til  tadqiqigagina 

nisbatlangan  tushuncha  yoki  paradigm  emas  yoki  antoposentrizim  bevosita 

tilning 


mohiyatiga 

daxldor 


hodisadir. 

Rus 


tilshunosi 

T.B. 


Radbil 

antoposentrizim  tilning  fundamental,  bazaviy  xususiyati  ekanligini  atroflicha 

yoritar  ekan  Y.S.Stepanovning    ―til  inson  andozasida  yaratilgan  va  bu  o‗lcham 

til tuzilishining o‗zida muhrlangan,til ham shunga muvofiq o‗rganilmog‗i kerak‖ 

degan  gaplarni  keltiradi.  Antroposentrik  paradigmada  inson  asosiy  o‗ringa 

chiqariladi,  til  esa  inson  shaxsini  tarkib  toptiruvchi  bosh  unsur  hisoblanadi. 

Keyingi  o‗n  yilliklarda  hozirgi  tilshunoslikda    mazkur  paradigma  doirasida 

shakllangan  kognitiv  tilshunoslik  va  lingvokulturologiya  yo‗nalishlari  tildagi 

madaniy omil va insondagi lisoniy  omilga qaratigan bo‗lishi lozim. Bu dunyoni 

milliy  til  prizmasi  orqali  o‗ziga  xos  tarzda  ko‗rish  bo‗lib,  bunda  til  alohida 

milliy mentallikning ifodachisi sifatida ishtirok etadi. Til xalqlar ruhining huddi 

zohiriy  namoyon  bo‗lishidir:  xalqning tili uning  ruhidir va  xalqning  ruhi uning 

tilidir,  bulardanda  bir-biriga  aynan  mos  boshqa  biror  narsani  tasvur  qilib 

                                                           

1

 

Mahmudov N. Tilning mukammal tadqiqi yo`llarini izlab… // O`zbek tili va adabiyoti. – Toshkent, 2012. - № 5. 6-7-b.



 


36 

 

bo‗lmaydi.  Tillarning  xilma-xilligi  tovushlar  va  belgilardagi  farlar  tufayligini 



emas,  balki  dunyoni  ko‗rishning  o‗zidagi  farqlar  tufayli  hamdir.  Turli  tillar 

millatlar  uchun  ularning  original  tafakkuri  va  tasavvur  organlari  ekanligini 

umume‘tirof etilgan deb hisoblash mumkin.  Tafakkur umuman tilga shunchaki 

bog‗liqqina  emas,  u  muayyan  darajada  har  bir  alohida  til  bilan  shartlangan 

hamdir.  Harakter yaratish   uchun eng qulay vosita tidir, butun milliy harakter 

faqt  tilde  muhrlangan.  Millatning  harakterini  axloq,  odat,  xatti-harakatidan 

ko‗ra,  tiliga  qarab  osonlik  bilan  bilish  mumkin  kabi  fikrlarida  aallomaning, 

ta‘bir  joiz  bo‗lsa,  lingvoantropologikfalsafasi  o‗zining  ochiq  ifodasini  topgan. 

Ma‘rifatparvar  Abdulla Avloniy bejiz ―Milliy tilni yo‗qotmak millatning ruhini 

yo‗qotmakdur‖ demagan.

1

          



     V.Gumboldtning  mazkur  g‗oyalari  keyinroq  Y.L.Vaysgerber,  E.Sepir, 

B.Uorf,  A.A.Potebnya  kabi  bir  qancha  olimlar  tomonidan  rivojlantirildi  va 

targ‗ib  etildi.  Bugun  dunyoda  olamni  bilishda  tilning  ustuvor  roli,  uning  real 

borliq  va  ongga  faol  ta‘siri,  insonning  butun  ruhiy  va  bilish  faoliyatida  bosh 

omil va asosiy manba        ekanligi deyarli e‘tirof etilgan, ayni shu haqiqat tilga 

antroposentrik yondashuvning mustahkam zaminini tashkil etadi.  

       Til  ilmiga  birinchilardan  bo‗lib,  ―olamning  lisoniy  manzarasi  ‖ 

tushunchasini olib kirgan Y.L.Vaysberger  ―til o‗z egasiga boshqa tillardagidan 

farqli bo‗lgan dunyoni umumiy ko‗rish tarzini ato etishini ‖, ―ona tili va har bir 

insonning  ryhiy  shakllanishi  o‗zaro  chambarchas  bog‗liqligini‖  va  ―shuning 

uchun  ham  tilshunoslik  tillarni  xalqlar  madaniyatining  ko‗zgusi  sifatida 

o‗rganmog‗i  lozim‖  ekanligini  alohida  uqtiradi.  Tilshunoslikda,  nafaqat 

tilshunoslikda  ,  balki,  umuman,gumanitar  fanlarda  jiddiy  iz  qoldirgan  ―lisoniy 

nisbiylik  nazariyasi‖ning  ,  ya‘ni  Sepir-Uorf  gipotezasining,  tadqiqotchilarning 

ta‘kidlashicha,  80  yillik  bahs  –munozaralardan  keyin  bugun  kuchli  va  kuchsiz 

                                                           

1

 

Abdulla Avloniy. Tanlangan asarlar. 2-jild.  – Toshkent: Ma`naviyat, 1998.60-b.



 


37 

 

variantlari  shakllantirilgan,  ya‘ni  kuchli  variantidagi  hukm:  til  tafakkurni 



belgilaydi.  Kuchsiz  variantidagi  hukm  esa:  til  tafakkurga  ta‘sir  etadi.  Ko‗rinib 

turganiday,  har  ikki  variantda  ham  til  va  tafakkurning  o‗zaro  chambarchas 

bog‗liqligi  o‗z  ifodasini  topgan.  Har  holda  tilning  tafakkurga, tafakkurning  esa 

tilga  faol  ta‘sir  qilishi  ochiq  haqiqatdir.  Zotan,  ―milliy  ong‖,  ―milliy  tafakkur‖, 

―milliy  madaniyat‖,  ―milliy  ma‘naviyat‖,  ―milliy  mentalitet‖,  ―milliy  harakter‖ 

kabi  bugun  juda  keng  iste‘molda  bo‗lgan  juda  ko‗p  istilohlarda  mazkur 

bog‗liqlik e‘tirof etilgan.  

     V.Gumboldt tomonidan asoslangan ―Til  – madaniyat ko‗zgusi‖ degan g‗oya 

behad  teran  mazmunga  ega.  Madaniyatlar  aro  muloqotda  tilning  o‗rnini  tadqiq 

etgan  S.G.Ter  Minasova  tilda  nafaqat    atrofidagi  real  olam,  nafaqat  uning 

turmush  tarsi  va  sharoiti,  balki  xalqning  ijtimoiy  o‗z-o‗zini  anglashi,  uning 

mentaliteti,  milliy  harakteri,  hayot  tarzi,  an‘analari,  urf-odatlari,  axloqi, 

qadriyatlar  tizimi,  dunyoni  sezishi  va  ko‗rishi  ham  aks  etishini,til  madaniyat 

quroli  sifatida  inson  shaxsini,  kamol  toptirishini  aytadi.  U  shunday  yozadi: 

―shunday  qilib,  til,  tafakkur  va  madaniyat  bir-biri  bilan  shu  qadar  zich 

bog‗langanki, amalda ayni uch unsurdan tarkib topgan yaxlit butunlikni tashkil 

qiladi,  ularning  birortasi  boshqa  iktasisiz  yashay  olmaydi.  Ularning  barchasi 

birgalikda  real  olam  bilan  munosabatda  turadi,  shu  olamga  zidlanadi,  unga 

bog‗liq  bo‗ladi,  uni  aks  ettiradi  va  ayni  paytda  uni  shakllantiradi‖. 

Antroposentrik paradigma markazida inson turgan mazkur muammolar tizimini 

tadqiq etishga qaratilgan. 

    Bugungi tadqiqotlarni  kuzatar  ekanmiz, shunday  bir  holatni  sezmaslik  emas: 

lisoniy  faoliyat  bajaruvchisi  bo‗lgan  shaxs  omilini  o‗rganish  yuqorida  qayd 

etilgan  tilshunoalik  sohalari  –  psixolingvistika,  lingvokulturologiya,  kognitiv 

tilshunoslik,  pragmalingvistika  kabi  sohalarda  chuqurlashub  bormoqda.  Ayni 

vaqtda,  til  tizimiga  antroposentrik  yondashuv  ushbu  sohalarningeng  so‗nggi 




38 

 

yutuqlarini  o‗zida  mujassam  etib,  mustaqil  paradigma  sifatidagi  maqomini 



tobora mustahkamlab bormoqda.  

Ayrim  tilshunoslarning  fikricha,  antroposentrik  paradigma  o‗tgan  asrda 

strukturalizm  muvaffaqiyatlari  natijasi  sifatida    yuzaga  kelgan  ―o‗zida  va  o‗zi 

uchun‖  tamoyilini  butunlay  chetga  surib  qo‗ydi.  Bunda  asosiy  e‘tibor  nutqiy 

faoliyat  bajaruvchisi,  ya‘ni    nutq  tuzuvchi  va  uni  idrok  etuvchi  til  egasiga 

qaratildi. 

     Aytish  joizki,  ilmiy  paradigmaga  ―til  egasi‖  katgoriyasining  kiritilishi 

tilshunoslikda  shaxs,  lisoniy  ong,  faoliyat,  mentallik,  madaniyat  kabi 

tushunchalarning  yanada  faollashishini  taqozo  etadi.  Shaxs  omilining  tadqiqi 

tilshunoslik  fanining  psixologiya,  falsafa,  mantiq,  madaniyatshunoslik  kabi 

fanlar bilan bir nuqtada kesishishga ham olib keladi.    

       ―Til  egasi‖  tushunchasi  hozirgi  vaqtda  tilshunoslikda  asosan  quyidagi 

ma‘nolarda ishlatilmoqda: 

- muayyan tilda nutqiy faoliyatni amalga oshiruvchi, ya‘ni nutq tuzish va 

uni idrok etish qobiliyatiga ega bo‗lgan shaxs; 

- tildagi muloqot vositasi sifatida foydalanuvchi shaxs, kommunikant; 

-  o‗z  millatining  milliy-madaniy,  ma‘naviy  qadriyatlarini  aks  ettiruvchi 

lug‗at tarkibini egallagan, uni namoyon etuvchi shaxs, muayyan til vakili.  

Uzoq  davrlardan  boshlab  til  qanday  hodisa  ekanligi,  ya‘ni  tabiiy  hodisa 

yoki  ijtimoiy  hodisa  ekanligi  yuzasidan  munozaralar    yuzaga  kelgan  edi. 

Tadqiqotimizning  ikkinchi  bobida  yuqorigi  fikrlarga  o‗z  munosabatimizni 

bildirish  imkoni  tug‗ildi.  Tildagi  o‗zgarishlar  uni  yaratuvchi  xalq  bilan  birga 

shakllanib  boradi.    Millat  hayotidagi  o‗zgarishlarning  barchasi  tilda  aks  etadi. 

Bu esa tilning ijtimoiy hodisa ekanligining yana bir isbotidir.   




39 

 

―Ma‘naviyat‖  konsepti nafaqat  inson, balki  millatning,  xalqning  yashash 



tarzi,  qarashlari,  qadriyatlari,  tarixi,  urf-odatlari,  ichki  ruhiyati  va  boshqa  bir 

qator  mentallik  xususiyatlari  negizida  yuzaga  keldi,  shakllandi.  Xalqning  ongi, 

tafakkuri  va  qarashlari  o‗sib  borayotgan  sari  uning  qamrovi  va  ko‗lami  ham 

rivojlanib bormoqda.  

           Yer yuzida insondan qudratliroq, aql-zakovatli mavjudot yo‗q. Inson  o‗z 

xohish-irodasiga bo‗ysunib dunyoni o‗zgartirishi ham mumkin. Insonning kuch-

qudratda  yagona  qilib  yaratilgani  to‗g‗risida  Alisher  Navoiy  shunday  deb 

yozgan edi: 

                Barchasini garchi latif aylading, 

                Borchadin insonni sharif aylading.              

      Buyuk  shoir  insonning  aqk  chirog‗i  olamni  nurafshon  qilishini  ta‘kidlaydi. 

Aql-zakovat  quvvati,  ko‗ngil  pokligi,  jamiyat  tarafidan  me‘yorga  aylangan 

qonun-qoidalarga  rioya  etish  yo‗lidir,  qisqa  qilib  aytganda,  ichki  va  tashqi 

go‗zallik uyg‗unligi ma‘naviyat mohiyatini belgilab beruvchi sifatlardandir. 

       Mamlakatimiz  Prezidenti  I.A.Karimov  ma‘naviyat  tushunchasiga  shunday 

ta‘rif  beradi:  ―Ma‘naviyat  shunday  qimmatbaho  mevaki,  u  bizning  qadimiy  va 

navqiron xalqimiz qalbida butun insoniyatning ulkan oilasida  o‗z mustaqilligini 

tushunib  yetish  va  ozodlikni  sevish  bilan  birgalikda  yetilgan.  Ma‘naviyat 

insonga  ona  suti,  ota  namunasi,  ajdodlar  o‗giti  bilan  birga  singadi,  ma‘naviyat 

o‗z xalqining tarixini uning madaniyati va vazifalarini chuqur bilish va tushunib 

yetishga  suyangandagina  qudratli  kuchga  aylanadi.  Tarixga  murojaat  qilar 

ekanmiz,  bu  xalq  xotirasi  ekanligini  nazarda  tutishimiz  kerak.  Xotirasiz 

barkamol  kishi  bo‗lmaganidek,  o‗z  tarixini  bilmagan  xalqning  kelajagi  ham 

bo‗lmaydi.‖

1

  

                                                           



1

 

Karimov I. O`zbekiston buyuk kelajak sari.  – Toshkent: O`zbekiston, 1998. 60-b.



 


40 

 

        Tarixga  mehr-ehtirom  ko‗zi  ila  qarash,  ulug‗  ajdodlar  yaratgan  adabiy 



meroslarni  asrab  avaylash  o‗z  vatanini,  xalqini  sevish  yuksak  ma‘naviyatli 

odamning amali sanaladi.  

        Atoqli  o‗zbek  pedagog  olimi  Abdulla  Avloniy  vatanga  mehr  qo‗yishni  

quyidagicha  tushuntiradi:  ―Vatan.  Har  bir  kishining  tug‗ilib  o‗sgan  shahar  va 

mamlakatini  shul  kishining  vatani  deyilur.  Har  kim  tug‗ilgan,  o‗sgan  yerini 

jonidan ortiq suyar. Hatto bu vatan hissi tuyg‗usi hayvonlarda ham bor. Agar bir 

hayvon  o‗z  vatanidan,  uyuridan  ayrilsa,  o‗z  yeridagi  kabi  rohat-farog‗atda 

yashamas,maishati  talx  bo‗lib  har  vaqt  dilining  bir  go‗shasida  o‗z  vatanining 

muhabbati turar.‖

1

 



       Vatanga  muhabbat,  xalqqa  hurmat-ehtirom  do‗stlarga  sadoqat  ma‘naviyat 

ustunlaridan biri hisoblanadi. Pedgogika fanlari doktori Safo Ochil bu muqaddas 

tuyg‗uga  shunday  ta‘rif  berdi:  ―Ma‘naviyat…  deganda  inson  xulq  atvorining 

go‗zalligi,  sahovat  va  himmatliligi,  olijanobligi,  va‘dasiga  vafodorligi, 

xayoliyligi, bilim olishi, donoligi, bag‗rikengligi, odobliligi, ozoda va pokizaligi 

qalbining  beg‗uborligi,  xushmuomaliligi  va  shu  singari  yoqimli  urf-odatlar 

tushuniladi‖. 

Ma‘naviyatli inson hamma vaqt jamiyatga naf keltiradi. Chunki,  odamlar 

tanho  yashamaydilar.  Ular  jam  bo‗lib,  jamiyat  tuzishib  yashaydilar.  Shuning 

uchun  ham  odamlarning  ichki  va  tashqi  go‗zalligi  jamiyat  taraqqiyotiga  ta‘sir 

o‗tkazadi.  Hazrati  insonning  eng  go‗zal  fazilatlaridan  biri  u  o‗z 

manfaatlarinigina  o‗ylamasdan  o‗zi  yashab  turgan  jamiyat,  millat,  Vatan,  ota-

ona,  oila  a‘zolari,  qarindosh  urug‗lar,  do‗st-birodarlari,  vatandoshlarining  ham 

manfaatlari  uchun  xizmat  qiladi.  Insondagi  eng  oliy  fazilat  mehribonlik, 

                                                           

1

 



Avloniy A. Turkiy guliston yoxud axloq.  –Toshkent: O`qituvchi,1992. 28-b. 

 



41 

 

vatanparvarlikdir.  Inson  moddiy  ne‘matlarni  yaratadi.  Bu  vazifani  ado  etish 



ongli faoliyatga kiradi. Shu ongli faoliyat borligi uchun inson ma‘naviyatga ega.

 

   



Ma‘naviyat  odamzotning  ichki  va  tashqi  dunyosini  ifoda  qiladi.  Ichki 

dunyoga  ―botiniy  dunyo‖  deyiladi.    Tahqi  dunyo  esa  ―zohiriy  dunyo‖  deya 

nomlangan.  Botiniy  dunyo  deganda  odamzodning  axloqi,  ruhiy  kechinmalari, 

niyati,  maqsadi,  dunyoqarashi  tushuniladi.  Insonning  kiyinishi,  ozodaligi, 

madaniyati, muomalasi, odobi tashqi dunyoni tashkil etadi. 

  

Inson  umrining  mazmuni  deganda  esa  uning  tug‗ilgandan  buyongi 



faoliyati,  hayotdagi  yaxshi-yomon  amallari,  ijodkorligi,  avlod  ajdodlari  tarixi, 

millati,  vatanining  o‗tmishi  tushuniladi.  Inson  ma‘naviyati  ana  shunday 

murakkab  omildir.  Yuqoridagi  jihatlar  hisobga  olinib,  ―bama‘ni  odam‖  yoki 

―bema‘ni  odam‖  deyiladi.  Demak,  bama‘ni  odamning  ichki  va  tashqi  dunyosi, 

hayotiningmazmuni  inson  degan  nomga  loyiq,  ma‘n    oli  va  go‗zal  bo‗ladi. 

―Bema‘ni odam‖   degani – ichki dunyosi ham, tashqi dunyosi ham  g‗arib, o‗z 

nafsidan uzoqqa keta olmagan, ya‘ni ma‘naviy qashshoq kimsa demakdir.  

  

Darhaqiqat, ma‘naviyat – odamning ruhiy va aqliy olamining majmuidir. 



Ma‘naviyat jamiyatning, millatning yoki ayrim bir kishining ichki hayoti, ruhiy 

kechinmalari,  aqliy  qobiliyati,  idrokini  mujassamlashtiruvchi  tushuncha.  

Ma‘naviyat  inson  va  jamiyat  madaniyatining  negizi,  inson  va  jamiyat 

yo‗nalishining bosh omilidir. 

 

―…  ma‘naviyat  boyib  borsa  jamiyat  ravnaq  eta  boradi  va  aksincha 



ma‘naviyat qashshoqlashsa, jamiyat bora-bora tanazzulga yuz tutadi.‖

                                                           



1

 

Ibrohimov A., Sultononv X., Jo`rayev N. Vatan tuyg`usi.  – Toshkent: O`zbekiston,1996.111-b.



       

 

 




42 

 

 



Insonni  inson  qilgan  fazilati  uning  yeb-ichishi,  oila,  bola-chaqali  bo‗lib 

zurriyot  qoldirishida  emas,  balki  shu  bilan  birga  uning  ongli  faoliyati,  mehnat 

qilishi,  moddiy  ne‘matlarni  ishlab  chiqarish,  har  bir  ishni  o‗ylab,  fiktlab,  rejali 

amalga oshirishi, madaniyat va ma‘naviyat sohibi bo‗lganligidir. 

 

Ma‘naviyat  insonning  butun  hayoti  davomid  faoliyatidagi  tajribalari 



asosida shakllanib, rivojlanib, takomillashib boradi. Inson faoliyatining maqsad 

va  yo‗nalishini  aniqlashda  ma‘naviyat  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Inson 

ma‘naviyatsiz  yashay  olmaydi.  Ma‘naviyat  alohida  bir  inson  uchun  emas, 

barcha odamlar, el-xalq, millat va jamiyatning taraqqiyoti uchun ham kerak.  

 

Ma‘naviyatimizning  ildizi  ming-minglab  yillar  avvalgi  davrlarga  borib 



taqaladi.  Eramizdan  avvalgi  uch  ming  yilliklarda  dunyoga  kelgan 

zardushtiylarning  muqaddas  kitobi  ―Avesto‖  davrida  ham  inson  ma‘naviyati 

kamolotiga alohida e‘tibor berilgan. ―Avesto‖da odamiylikxislatlari, axloq, odob 

qoidalari  har  bir  inson  uchun  munosib  tarzda  bayon  etilgan.  ―Avesto‖  kitobi 

uzoq  yillar  mobaynida  ma‘naviyat  chashmasi  vazifasini  ado  etib  keldi. 

Zardushtra  ta‘limoti  nafaqat  Sharqda,  balki  G‗arb  davlatlarida  ham  keng 

yoyilgan. 

 

Sharq  faylasuflari  azal-azaldan  ma‘naviyat  sohasiga  alohida  e‘tabor 



qaratganlar.  Jumladan,  Alisher  Navoiy  ma‘naviyatni  ―elning  adabi‖  qabilida 

ta‘riflab, yozadiki: 

 

           Oltin-kumush etma kasb davlat kunidin, 



                     Kim tortar adab ulusni mehnat tunidin,              

                     Gar yo‗qtur ada, ne sud oltun unidin, 

                     Elning adabi xushroq erur oltunidin.     



43 

 

 



Navoiyning  fikricha,  haqiqiy  boylik  –  ma‘naviy  boylik.  Oltin-kumush 

jamlagan odam hali ranj-u mashaqqatdan butunlay forig‗ bo‗la olmaydi. Agarda 

u  adabli,  ya‘ni  ma‘naviyatli  bo‗lsa  hayotda  unchalik  qoqilmaydi,  saodatli 

kunlarga erishadi. 

Ulug‗  mutafakkir  Farididdin  Attor  ma‘naviyatni  ishq,  sevgi-muhabbatda 

deb biladi. Inson biror narsaga sidqidildan ishonmog‗i, keyin esa ana shu niyati 

yo‗lida  

olg‗a intilmog‗i joiz. Bu g‗oyani mutafakkir chumoli obrazi orqali ifodalaydi.  

         Odamzod  dunyoga  kelib  ikki  xil  ehtiyoj  bilan  yashab  o‗tadi:  biri  moddiy 

talablar  va  ikkinchisi  ma‘naviy  chanqoqlkdir.  Har  ikkala  ehtiyoj  insonlarning 

turmush  tarzini  belgilaydi.  Agar  avval  moddiy  talablar  ustunlik  qilib,  inson 

yashashi va hayoti uchun birinchi darajali zaruriyat hisoblangan bo‗lsa, jamiyat 

taraqqiyotining  ma‘lum  davrlariga  kelib  ma‘naviy  ehtiyojlar  moddiy  olamni 

belgilovchi  kuchga  aylanadi.  Shu  tariqa  yemoq,  ichmoq,  kiymoqdan  ko‗ra 

quvonmoq, zavq olmoq, sevmoq ustunlik qila boshlayi. Agar moddiy ehtiyojlar 

o‗z chegarasi va doiasiga ega bo‗lsa, ma‘naviy ehtiyojlar poyonsizdir. 

 

Chanqash,  charchash  va  och  qolishlarni    qondirish  chegarasi  mavjud, 



ammo  sevgi,  go‗zallikka  intilish  kabi  ma‘naviy  ehtiyojlarning  chegarasi  yo‗q. 

Insiniyat  ma‘naviy  yuksalishidagi  eng  buyuk  nuqtalardan  biri  uni  tabiat  va 

odamzot  hayotidagi  o‗zaro  uyg‗unlik  mavjudligini  idrok  etish,  tabiat,  inson  va 

dunyoning  tartibli  yaratilishi  haqidagi  tushuncha  bo‗ldi.  Tun  ketidan  kunning 

kelishi,  daryolarning  yuqoridan  pastga  oqishi,  issiq  bilan  sovuqning  farqi, 

achchiq  bilan  chuchuk,  yaxshi  bilan  yomonning  farqiga  boorish  odamzotning 

inson bo‗lib shakllanishida juda kata ahamiyat kasb etdi. Buni qadim-qadimdan 

yashab o‗tgan ajdodlarimiz tafakkuri, san‘ati, osori atiqalari isbotlab beradi. 

 

―Avesto‖    parchalari  bilan  tanishganda  ming-ming  yillar  ilgari  yashagan 



odamlarning dunyoqarashi, tabiat va jamiyatga munosabati qanchalik murakkab 


44 

 

tarzda  shakllanganini  ko‗ramiz.  Ko‗rinib  turibdiki,  inson  ma‘naviyatining 



shunday uzun va uzoq yo‗llari mavjud ekan.  

  

Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda ma‘naviyatimizni tiklash, 



toptalgan va ta‘qiqlangan qadriyatlarimizni, urf-odatlarimizni qaytadan hayotga 

tatbiq etishga, o‗rganishga, rivojlantirishga imkon yaratildi. ―Ma‘naviyat – deydi 

Islom  Karimov  –  insonga  havodek,  suvdek  zarur.  Sahrodagi    sayyoh  har  doim 

buloqdan  chanqog‗ini  bosadi.  Xuddi  shuningdek,  inson  ham  necha-necha 

azoblar, qiyinchiliklar bilan ma‘naviyat chashmasini izlaydi. Yer, oila, ota-ona, 

bolalar,  qarindosh-urug‗lar,  xalq  mustaqil  davlatimizga  sadoqat,  insonlarga 

hurmat, ishonch, xotira, vijdon, erkinlik – ma‘naviyatning ma‘nosi ana shunday 

keng‖.


 

Ma‘naviyatning mohiyatiga berilgan bu bahodan ko‗rinib turibdiki, inson 



va  jamiyat  taraqqiyotini  ma‘naviyatsiz  tasavvur  qilib  bo‗lmaydi.  Demak, 

ma‘naviyat  insonning  hayot  faoliyati,  jamiyat  taraqqiyoti  mazmuni  bilan 

chambarchas  bog‗liq.  Moddiy  munosabatlar  asosiga  qurilgan  jamiyat 

taraqqiyotini  ma‘naviyatsiz  tasavvur  qilish  qiyin.  Chunki,  iqtisodiy  hayotning 

o‗zi  ma‘naviyatdan  boshlanadi.  Insonlarning  o‗z  tabiiy  ehtiyojlarini 

qondirishdan  boshlanadigan  iqtisodiy  faoliyati,    aytaylik  moddiy  ne‘matlar 

yaratishi,  dehqonchilik,  chorvachilik,  sanoat  ishlab  chiqarishining    barchasini 

odam inson sifatida o‗ylab, mulohaza yuritib, amalga oshiradi. Tabiiy ehtiyojini 

qondirishning qanday  qilib, qay  tarzda amalga oshirishini fikrlab  rejalashtiradi. 

Demak, insonning o‗z tabiiy ehtiyojlarini qondirishida ham asosiy omil moddiy 

ne‘matlar  mohiyati  emas,  balki  insonning    ma‘naviy  faoliyatining  mohiyati 

turibdi. 

 

Xulosa  shuki,  inson  hayotida,  jamiyat  taraqqiyotida  ma‘naviyatning 



mohiyati  naqadar  ustun  ekanligiga  guvohi  bo‗lamiz.  Ma‘naviyati  past,  inson 

                                                           

1

 

Karimov I. O`zbekiston buyuk kelajak sari. -Toshkent, 1998. 61-b.



 


45 

 

ma‘naviyati  yetarli  rivojlanmagan  jamiyatda  yetuklik  va  taraqqiyot  bo‗lmaydi. 



Ana  shuning  uchun  ham  istiqlolimizning  birinchi  kunlaridayoq  yurtboshimiz 

ma‘naviyatni 

rivojlantirishga 

ahamiyat 

bergan. 

Negaki, 


ma‘naviyatni 

rivojlantirmay turib, mamalakatni taraqqiy ettirib bo‗lmasligi aniq.  

     Yuqorida  bildirib  o‗tilgan  fikrlarning  barchasi  zamirida  ―ma‘naviyat‖ 

konsepti  va  uning  shakllanishi  haqida  mulohazalar  berilgan.  Yurtboshimiz 

ta‘kidlab    o‗tganlaridek,  ―ma‘naviyat  –  insonning,  xalqning,  jamiyatning, 

davlatning kuch- 

qudratidir. U yo‗q joyda hech qachon baxt-saodat bo‗lmaydi.‖ 

 Haqiqatdan  ham  ma‘naviyat  jamiyat  va  inson  ehtiyojidan  kelib  chiqib, 

bir-biri  bilan  aloqada,  uyg‗unlikda  shakllanadi.  Ishimiz  mezoni  bo‗lgan 

―ma‘naviyat‖    semasi  qadriyatlar  silsilasi  davomida,  ajdodlar  pandi  orqali, 

mental xususiyatlar natijasida yuzaga kelib, shakllanib, boyib borgan. 


Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish