O‘zbek tilida “Ma’naviyat” semali leksik birliklarning semantik tahlili


 Biror narsaning mohiyati, nima ekanligi; mohiyat



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/72
Sana08.08.2021
Hajmi0,8 Mb.
#141911
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   72
Bog'liq
ozbek tilida manaviyat semali leksik birliklarning semantik tahlili

 

4. Biror narsaning mohiyati, nima ekanligi; mohiyat. Samandarov 

zaharxanda  qildi:  -Bu  qanaqa  musobaqa  bo‗ldi?  Musobaqaning 

ma‘nosini 

tushunasanmi 

o‗zing?  A.Qahhor,  “Qo„shchinor 

chiroqlari”.  

 

Demak,  irsiyatning  ma‘nosi  —  oqsil  sintez  qilish  qobiliyatining 

nasldan naslga o‗tishidir. “Fan va turmush”. 

 

Bundan ma‟no chiqmaydi.  Bundan foyda, natija chiqmaydi.  

Ma‟no  bermoq.  Tushunmoq,  talqin  qilmoq.  Zamiraning  dami 

chiqmay  qolganiga  Ochil  o‗zicha  ma‘no  berdi.  P.Qodirov,  “Uch 

ildiz”.  

Ma‟nosi  yo„q.  foydasi  yo‗q.  …―vodorod‖  bilan  ―kislorod‖ni 

arabchaga  tarjima  qilib  o‗tirishdan  ma‘no  yo‗q.  P.Tursun, 

“O„qituvchi”.

1

 

 

2004-yilda nashr qilingan, 496-sahifadan iborat bo‗lgan ―Falsafa qomusiy 

lug‗ati‖da esa quyidagicha ta‘rif beriladi:

 

MA‟NAVIYAT - insonlarning o‗zaro munosabatlari, ularning hayotiy 

tajribalari  davomida  shakllangan  va  rivojlangan  qadriyatlar  tizimi. 

                                                           

1

Yuqorida keltirilgan sharhlar O`TILdan olindi. 



 


49 

 

Inson  ma‘naviyatini  o‗zini  shaxs  sifatida  anglagandan  boshlab, 



umrining  oxirigacha  shakllantiradi  va  rivojlan-tirib  boradi.  Insonning 

o‗z  ma‘naviyatini  rivojlantirishga  bo‗lgan  ehtiyoji  cheksizdir.  U 

insonning butun ongli faoliyati davomida shakllanadi, rivojlanadi. Shu 

ma‘noda  ma‘naviyat    insonning  ongliligini,  qobiliyatini  va 

intilishlarini  ham  o‗z  ichiga  oladi.  Ma‘naviyat    insonning  botiniy 

dunyosini  o‗zida  ifoda  etuvchi  tushuncha.  Inson  botiniy  dunyosini, 

gavhar to‗la tubsiz dengizga qiyoslash mumkin. Ma‘naviyat insonning 

ruhiyati,  o‗zi-o‗zining  anglashi,  did-farosati,  adolatni  razillikdan, 

yaxshilikni 

yomonlikdan, 

go‗zallikni 

xunuklikdan, 

oqillikni 

johillikdan ajrata bilish qobiliyati, aql-zakovati, ularni amalga oshirish 

yo‗lida  ongli  faoliyat  ko‗rsatish  va  intilishi.  Ma‘naviyatning  moddiy 

kuchga  aylanishi  har  bir  insonning  xatti-harakatlarida,  o‗zligini  qaysi 

darajada anglashida, o‗zining oila va jamiyatdagi o‗rnini tushunishida, 

Vatan va millatga munosabatida namoyon bo‗ladi. 

Ma‘naviyat  haqida  har  qancha  gapirish,  yozish  mumkin.  Ammo 

ma‘naviyat falsafa emas, dunyoni har qancha izohlab berganingiz bilan, qonun-

qoidasini 

aniqlab,  tushuntirib  berganingiz  bilan  siz  aqlli,  bilimdon,  mantiqiy  fikrlovchi 

odam  sifatida  qadrlanishingiz  mumkin,  ammo  bular  sizni  ma‘naviy  barkamol 

ekanligingizdan  dalolat  bermaydi.  Yana  Siz  o‗ta  iste‘dodli  bo‗lishingiz,  Vatan 

haqida,  mustaqillik  haqida  ajoyib  qasidalar  bitishingiz  mumkin.  Albatta, 

iste‘dod ham ma‘naviyatni shonasi, ammo ta‘rif-u tavsiflar bilan Vatan ravnaqi 

ta‘min etilmaydi, mustaqillik mustahkamlanmaydi.|Mustaqillik ma‘naviyatining 

bosh mezoni, asos-poydevori mas‘uliyat tuyg‗usidir.

                                                           



1

 

M. Imomnazarov, M. Eshmuhammedova. Milliy  ma`naviyatimiz  asoslari.  – Toshkent,  2001. 3-b. 




50 

 

          Ma‘naviyat esa o‗z manbasiga ko‗ra ham,  maqsadiga ko‗ra ham bu foniy 



dunyodan  tashqariga  —  baqoga  yo‗nalgan.  Ma‘naviyat  asli  baqoning  fanoda 

zuhur  etishidir.  Ma‘naviyat  inson  uchun  moddiy  ehtiyoj  ham,  siyosiy  zarurat 

ham emas. 

Ma‘naviyat  insonning  o‗z  mohiyati  oldidagi  mas‘ulligidir.  Uning  mohiyati  esa 

borliq abadiyatiga daxldor. 

  

―Ma‘naviyat  –  insonning,  xalqning,  jamiyatning,  davlatning  kuch-



qudratidir.  U  yo‗q  joyda  hech  qachon  baxt-saodat  bo‗lmaydi‖,  —  deb  yozgan 

edi  Prezident  mustaqillikning  dastlabki  yillaridayoq    ―O‗zbekiston  XXI  asrga 

intilmoqda‖ asarida bu g‗oya yanada muayyanlik kasb etib, ma‘naviyat ―insonni 

ruhiy poklanish va yuksalishga da‘vat etadigan, inson ichki olamini boyitadigan, 

uningiymon-irodasini,  e‘tiqodini  mustahkamlaydigan,  vijdonini  uyg‗otadigan 

qudratli  botiniy  kuch‖  sifatida  ta‘riflandi.  Xo‗sh,  bu  sehrli  qudrat,  bu  botiniy 

kuch qanday bunyodga keladi? Ma‘naviyat — inson qalbida, ko‗ngil ko‗zgusida 

aks  etgan  haqiqat  nuridir,  deyilgan  ta‘rif  birinchi  marta  ishlatilganda,  ba‘zi 

faylasuflarimiz  uni  diniy-mistik  ta‘rif  deb  baholadilar.  Darhaqiqat,  bu  ta‘rif  

tasavvufiy  talqinlarga  suyangan  sufiyona,  ramziy  ta‘rifdir.  Sufiy  ulamolarimiz  

―Haq  asrori‖  haqida  faqat  ishora,  ramz,  timsol  bilan  so‗zlaganlar,  chunki  Haq 

ilmi  biz  uchun  ―g‗ayb  ilmi‖  dir,  inson  mulohazalari  esa  doimo  notugal  va 

noto‗kis.  Ammo,  baribir,  inson  aqli  bir  narsalarni  aniqroq,  muayyanroq  belgisi 

keladi, u yaxlit yog‗duni ham kamalak ranglariga ajratmagunicha ko‗ngli joyiga 

tushmaydi. Alloh inson aqliga shunday betizgin shiddat baxsh etgan ekan, 

bizda ne ixtiyor.

 

Ma‘naviyat juda murakkab, serqirra, shu bilan birga xalq diliga nihoyatda 



yaqin,  tushunarli  hodisa.  Uni,  bir  tomondan,  soxta  ―ilmiy‖  murakkab  ta‘riflar 

bilan  mavhumlashtirmay,  shu  bilan  bir  paytda  siyqa,  odmi  ―targ‗ibot‖ga 

aylantirmay, xalq ongiga tiniq yetkazmoq, yosh avlod ruhiga yetkazmoq lozim. 

                                                                                                                                                                                     

 



51 

 

Bunda  qanday  me‘yorlarga  rioya  etish  zarurligini  1992-  yildayoq  O‗zbekiston 



Prezidenti aniq tavsiflab bergan edi:

 

-  Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik; 



-  Xalqimizning ma‘naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish; 

-  Insonning o‗z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi; 

 -   Vatanparvarlik.  

      ―Ma‘naviyat    -  insonning,  xalqning,  jamiyatning  kuch  -  qudratidir.  U  yo‗q 

joyda  hech  qachon  baxt  -saodat  bo‗lmaydi‖.  ―Ma‘naviyat    haqida  gap  ketar 

ekan,  men  avvalo,  insonning    ruhiy  poklanish  va  yuksalishga  da‘vat  etadigan, 

inson    ichki    olamini    boyitadigan,  uning    iymon-irodasini,  e‘tiqodini 

mustahkamlaydigan,  vijdonini    uyg‗otadigan  qudratli  botiniy  kuchni  tasavvur 

qilaman‖. (I.A.Karimov) 

        Prezidentimiz  I.A.Karimovning  ―Yuksak  ma‘naviyat  –  yengilmas  kuch‖ 

asarida:  ―ma‘naviyat‖  tushunchasining  ilmiy,  falsafiy,  adabiy  yoki  oddiy  tilde 

ifodalanadigan  ko‗plab  ta‘riflarini  keltirish  mumkin.  Umuman,  o‗zida  juda 

chuqur va keng qamrovli mahno-mazmunni mujassam etgan bu tushunchaga har 

qaysi  ma‘rifatli  inson  o‗zining  falsafiy  yondashuvi,  siyosiy  qarashlari  va 

e‘tiqodi,  ong-u  tafakkuridan  kelib  chiqqan  holda  turlicha  ta‘rif  va  tavsiflar 

berishi  tabiiy.  Shuning  uchun  ham  bu  masala  bo‗yicha  ilmiy  adabiyotlarda, 

kundalik  matbuotda  bir-biridan  farq  qiladigan  fikr-mulohazalarni  uchratganda 

bundan taajjublanmasdan, ularni har qaysi muallifning o‗ziga xos dunyoqarashi, 

mushohada  tarzi  ifodasi  sifatida  qabul  qilish  o‗rinlidir.  Shu  nuqtai  nazardan 

qaraganda,  keyingi  yillarda  bu  mavzuda  olimlarimiz  tomonidan  tayyorlangan 

ilmiy  risolalar,  o‗quv  qo‗llanmalari,  lug‗atlarda  ―ma‘naviyat‖  tushunchasi  va 

uning asosiy tamoyillariga o‗ziga xos ta‘riflar berilayotganini kuzatish mumkin. 

Men bu boradagi fikrlarni inkor etmagan holda, ―ma‘naviyat‖  tushunchasining 

mazmuni  faqat  ―ma‘ni‖,  ―ma‘no‖  degan  so‗zlar  doirasida  chegaralanib 

qolmaydi, deb o‗ylayman. Nega deganda, insonni inson qiladigan, uning ongi va 



52 

 

ruhiyati  bilan  chambarchas  bog‗langan  bu  tushuncha  har  qaysi  odam,  jamiyat, 



millat  va  xalq  hayotida  hech  narsa  bilan  o‗lchab  bo‗lmaydigan  alohida  o‗rin 

tutadi. 


     Shu  fikrni  mantiqiy  davom  ettirib,  ma‘naviyat  -  insonni  ruhan  poklanish, 

qalban  ulg‗ayishga  chorlaydigan,  odamning  ichki  dunyosi,  irodasini  baquvvat, 

iymon-e‘tiqodini  butun  qiladigan,  vijdonini  uyg‗otadigan  beqiyos  kuch,  uning 

barcha  qarashlarining  mezonidir,  desak,  menimcha,  tariximiz  va  bugungi 

hayotimizda  har  tomonlama  o‗z  tasdig‗ini  topib  borayotgan  haqiqatni  yaqqol 

ifoda etgan bo‗lamiz. 

       Mening nazarimda, ―ma‘naviyat‖ tushunchasi jamiyat hayotidagi  g‗oyaviy, 

mafkuraviy,  ma‘rifiy,  madaniy,  diniy  va  axloqiy  qarashlarni  o‗zida  to‗la 

mujassam  etadi.  Shuning  uchun  ham  bu  mavzuda  fikr  yuritganda,  mazkur 

qarashlarning  barchasini  umumlashtirib,  keng  ma‘nodagi  ―ma‘naviyat‖ 

tushunchasi orqali ifoda etish mumkin.‖

 

O‗TILda  va  Falsafa  qomusiy  lug‗atida,  Prezidentimiz  I.A.Karimov  



tomonidan  berilgan  bu  izohlardan  va  ma‘naviyat  tushunchasi  yoritilgan 

darsliklardan  shunisi  ma‘lum  bo‗ldiki,  bu  so‗zlar  zamirida  quyidagi  ma‘nolar 

mujassamdir: 

insoniyatning axloqi; 

tafakkuri;  

odobi;  


qadriyatlari; 

qarashlari;  

urf-odatlari;  

ma‘rifati;  

aqlan,  

jismonan, 

qalban, 

ruhan, 


vijdonan 

pok va sog‗lom bo‗lishi; 

insoniy fazilatlarga ega bo‗lishi: 

xushmuomila, 

mehnatkash, 

samimiy, 

mehribon, 

diyonatli, 

vafodor, 



53 

 

iymonli, 



e‘tiqodli, 

sharm-hayoli, 

or-nomusli, 

andishali, 

nafsini jilovlay oladigan, 

halol, 


fidoyi, 

uquvli, 


bilimdon, 

xushyor,  

irodali 

adolatli 

dono, 

farosatli, 



irodali, 

didli, 


ozoda, 

vatanparvar, 

rahmdil

 va  shu  kabi  ma‘nolarni  anglatadi.  Bundan  ko‗rinib  turibdiki,  yuqorida 

keltirilgan ma‘nolarning barchasi ―ma‘naviyat‖ semasini tashkil qiladi.   

          ―Ma‘naviyat‖  semasi  esa  ―inson‖,  ―  ong‖,  ―o‗zbekona‖  ,  ―qadriyat‖, 

―milliylik‖,  ―ruhiyat‖,  ―poklik‖,  ―vijdon‖,  ―qalb‖,  ―mehr‖,  ―iroda‖,  ―kuch‖, 

―g‗urur‖ , ―komil‖, ―e‘tiqod‖ kabi sememalardan iborat va bu sememalar inson 

ma‘naviyatining  kamoloti  jarayonida  yanada  ortib  borishi  mumkinligi  diqqatga 

sazovordir.  Bunga    esa  tilning  inson  konsepti  nazariyasiga  asoslanib  tahlil 

qilinishi,  qolaversa  o‗zbek  xalqining  milliy  ma‘naviyati  yuqori  ekanligini  o‗z 

ona  tilida  aks  etganiga  bir  isbot  sifatida  qarashimiz  mumkin.  Misol  uchun, 

tilimizda qo‗llanadigan quyidagi so‗zlarni olaylik: maktab, vatan, oila, mahalla, 

sport,  mehnat,  ota-ona,  axloq,  burch,  ma‘suliyat,  ilm,  kitob,  dars,  ozodalik, 

e‘tiqod,  mehr,  andisha,  vijdon,  sadoqat,  tuyg‗u,  daxldorlik  hissi,  dinlararo 

bag‗rikenglik,  vijdoni  uyg‗oq,  milliylik,  ma‘naviy  jasorat,  tenglik,  tinchlik, 

ozodlik  kabi  birliklarda  ―Ma‘naviyat‖  semasi  turli  ierarxik  pog‗onalardan  joy 

olgan.  Bu  esa  obyektiv  olamning  inson  ongida  aks  etishi  va  tilda  o‗z  ifodasini 

topishi,  obyektiv  borliqdagi  elementlarning  oddiydan  murakkabga  qarab 

sinflarga  birlashuvchi  va  bo‗laklarga  bo‗linishi  bu  jarayonlarning  inson  ongida 

yuzaga  kelishi  hamda  tilda  o‗z  ifodasini  topishi  bilan  bog‗liqdir.  ―Ma‘naviyat‖ 

semasida ham  ana shunday  jarayonlar kechishini    tilshunoslik nuqtai  nazaridan 




54 

 

hamda  insonning  tilga  ta‘siri  natijasida  tilimizda  ro‗y  beradigan  o‗zgarishlarni 



millatimizning o‗lmas qadriyatlari, milliy mentalitetimizga xos bo‗lgan ―o‗zbek 

harakteri, o‗zbekona an‘analar‖ning ta‘siri natijasida yuz berganligi ongimizda, 

qalbimizda  g‗urur shuurini tuydiradi. 

     ―Ma‘naviyat‖  semasiga  ega  bo‗lgan  birliklarni  quyidagi  guruhlar  tarkibiga 

mansub deb hisobladik: 


Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish