O‘zbek tilida gap kengaytiruvchisi mundarija I kirish II asosiy qism



Download 51,87 Kb.
bet1/6
Sana08.07.2022
Hajmi51,87 Kb.
#756958
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
HAYITOVA. TAYYORLANGANI


O‘ZBEK TILIDA GAP KENGAYTIRUVCHISI
MUNDARIJA
I KIRISH.…………………………………………………………2-3
II ASOSIY QISM
1.Gap kengaytiruvchilarning zamonaviy tilshunoslikda o’rganilishi…4-10
2.Gap kengaytiruvchilarning so’z kengaytiruvchilardan farqlanishi…11-19
3. Gapning modal kengaytiruvchilari………………………………..20-27
III UMUMIY XULOSALAR………………………………………28-30
IV FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI…………31

KIRISH
Til millatning – ko‘zgusi. Milliy uyg‘onish davrining zabardast vakili Abdulla Avloniy aytganidek: ,,Har bir millatning dunyoda borligini ko‘rsatadurg‘on oyinayi hayoti til va adabiyotdur. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur”. Demak, til faqatgina o‘tmishni emas, balki millatning buguni va ertasini ham ko‘rsatib bera oladi. Jamiyat hayotida ro`y bеrgan tub o`zgarishlar barcha sohalar kabi ilmu fanning tubdan o`zgarishi, yangicha rivoj topishiga sabab bo`ldi. O`zbеkistonning o`z istiqloliga erishishi o`zbеk tilshunosligining rivoji va uning taraqqiyoti yo`llarini bеlgilab bеrishda, o`rganishda yangi davr ochdi. Shu bois mamlakatimizning istiqlol yo`lidagi birinchi qadamlaridanoq, buyuk ma'naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish millat ta'lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan yo`nalashtirish asosida jahon andozalari va ko`nikmalari darajasiga chiqarish maqsadiga katta ahamiyat bеrib kеlinmoqda. Mening tanlagan kurs ishimni mazmuni badiiy nutqda gap kengaytiruvchilarning o’rni va ahamiyatini ochib berishdan iborat. Har qanday badiiy nutqni jozibali va ta’sirchang chiqishi badiiy nutqimizda gap kengaytiruvchilarini to’g’ri va o’rinli qo’llashimizga asoslanadi. Har bir xalq tilidagi maqol va iboralar asrlar davomida juda katta hayotiy tajribalar asosida sayqallanib, turli vositalar bilan kelajak nasllarga meros qilib qoldiriladi. Shu sababdan ham ular bebaho meros hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, xalqning benihoya boy tarixiy-madaniy, etnik-ma’naviy tajribalari, ichki kechinmalari, his-tuyg‘ulari, ya’ni uning o‘zigagina xos olamning lisoniy manzarasi til vositasida shakllangani kabi mazkur tajribalarning barchasi aynan xalqning tilida o‘z ifodasini topadi. Nutq ishtirokchilarining to’gri nutq tuzish malakalarini boshlang’ich sinflardan shakllantira borish lozim, bu jarayonda sintaksisning o’rni katta albatta. Chunki fikr ifodalovchi birlik bu gap hisoblanadi. Gap esa albatta gap bo’laklaridan tuziladi. Gap bo’laklarini to’g’ri ishlata bilish muammosi bugungi ona tili ta’limining diqqat qaratilishi lozim masalalaridan biri hisoblanadi. So'z kengaytiruvchisi - so'z semantik imkoniyatidagi bo'sh
o'rinni to'ldiruvchi aktant. Aktant nutqiy gaplar tarkibida so'z
birikmasini hosil qiladi. Bu birikuvlarda bo'sh o'rni to'ldirilayotgan
(biriktiruvchi) so'z hokim so'z, bo'sh o'rinni to'ldirayotgan so'z
tobe so'z sifatida namoyon bo'ladi. Masalan, qiZil olma birikuvida
qizil so'zi olma so'zi zamiridagi ma'noviy mohiyatning «belgi»
ma'no bo'lakchasini muayyanlashtiruvchi aktant bo'lib, olma
so'ziga «xizmat qilayotganligi» bois unga tobe unsur maqomida
bo'ladi. Demak, biror so'zga tobelanib kelayotgan so'z bo'sh 0 'rinni
to'ldiruvchi, aktant atamalari bilan yuritiladi. Aktantlar nutqda,
an'anaviy tahlil usullari asosida aytganda, ega, hol, to'ldiruvchi,
aniqlovchi atamasi bilan nomlanadi. Biroq bu atamalar ostida
tushuniluvchi hodisalar so'z va gap kengaytiruvchisi farqlanishi
nuqtayi nazaridan baholansa, butunlay boshqa holat vujudga keladi.
Kengayuvchi so'z gapning kesimi mavqeida kelganda, gap
kengaytiruvchisi gap lisoniy strukturasiga bevosita daxldor bo'ladi. Gap nazariyasi ham turli tadqiqotchilar tomonidan keng o’rganilgan. Til o‘z kommunikativ vazifasini sintaktik qurilma — gap vositasida amalga oshiradi. Tildagi barcha — fonetik, leksik, morfologik hodisa ana shu sintaktik qurilishga xizmat qiladi. Biroq bular sirasida leksika va morfologiyaning til grammatik qurilishidagi ishtiroki o‘ziga xos. Zero, har qanday sintaktik hodisada so‘z va morfologik ko‘rsatkichni ko‘ramiz. Shu boisdan sintaktik mohiyatni belgilashda leksik va morfologik omilga tayaniladi. Gap, aslida, so‘zning erkin birikuviga ham asoslanganligi tufayli so‘zning bog‘lanish qonuniyati, so‘z birikmasi ham sintaksisda o‘rganiladi.

Download 51,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish