O‘zbek tilida gap kengaytiruvchisi mundarija I kirish II asosiy qism



Download 51,87 Kb.
bet5/6
Sana08.07.2022
Hajmi51,87 Kb.
#756958
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
HAYITOVA. TAYYORLANGANI

1. Aka, bugun ola-onalar yig'i/ishiga dadam boradHarmi? - Dadam,
albatta, boradilar, balki, onam ham borarlar. 2. To'g'ri, yomon
adam jazosini tortishi kerak, - dedi Saida. 3. Bu chol, qizining
so'ziga qaraganda, hali juda baquvvat ekan. 4. Siz, o'ylab qarasam,
shu lavozimga loyiq nomzod ekansiz.
Bunday atov birliklari va qurilmalar gap tarkibiga kirar ekan,
(Pm) tarkibidagi modal va tasdiqJinkor ma'nosini muayyanlashtiradi, ya'ni gapning kesimi bilan bog'lanadi. Shu boisdan ular
modal yoki kirish kengaytiruvchi deb ataladi. Kirish
kengaytiruvchilar gapning konstruktiv bo'laklari sanalmish ega va
hol kabi faqat va to'g'ridan-to'g'ri gap markaziga munosabatda
bo'ladi. Biroq kirish kengaytiruvchi .(pm)ga grammatik jihatdan
bog'lanmaganligi bois unga nisbatan konstruktiv sifatini qo'llab
bo'lmaydi. Biroq unga zich mazmuniy munosabatda bo'lganligini
inobatga olib ularni bo'lak, gap bo'lagi, gap kengaytiruvchisi deyish
mumkin. Demak, kirish kengaytiruvchi so'z va gap kengaytiruvchisi
orasida «oraliq uchinchi» bo'lganligi bois ularni gapning
konstruktiv bo'lmagan bo'lagi atamasi bilan nomlash mumkin.
Atamaning konstruktiv bo'lmagan degan qismi hodisaning so'z
kengaytiruvchisi sifatiga egaligini ko'rsatsa, bo'lak uzvi gap
kengaytiruvchi sirasiga daxldorligini bildiradi. Kirish kengaytiruvchilar. Ma'lum bo'ladiki, gap (Pm)i tarkibida mayl/modallik ma'nosi ham mavjud. Modallik gap kesimini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Tilshunoslikda
modallikning o'zigina gapni tashkil etadi degan qarash ham
mavjud7. Chunki gap (Pm)ida mavjud va xilma-xil vosita bilan
ifodalangan taxmin, gumon, shubha, ishonch, qat'iylik, shart, istak,
tilak, buyruq, imkoniyat, zaruriyat, majburiylik kabi ma'no
ifodalangan har qanday hukm, fikrda ustuvor qiymati bilan ajralib
turadi. Shu boisdan gap tarkibida gap bo'laklari bilan grammatik
aloqaga kirishmagan, so'z birikmasi hosil qilmagan bo'lsa-da, (Pm)
dagi mazkur ma'noga bevosita daxldor bo'lgan subyektiv modallik
munosabatini ifodalaydigan atov birliklari ko'plab uchraydi:
1. Aka, bugun ola-onalar yig'i/ishiga dadam boradHarmi? - Dadam,
albatta, boradilar, balki, onam ham borarlar. 2. To'g'ri, yomon
adam jazosini tortishi kerak, - dedi Saida. 3. Bu chol, qizining
so'ziga qaraganda, hali juda baquvvat ekan. 4. Siz, o'ylab qarasam,
shu lavozimga loyiq nomzod ekansiz.
Bunday atov birliklari va qurilmalar gap tarkibiga kirar ekan,
(Pm) tarkibidagi modal va tasdiqJinkor ma'nosini muayyanlashtiradi, ya'ni gapning kesimi bilan bog'lanadi. Shu boisdan ular modal yoki kirish kengaytiruvchi deb ataladi. Kirish
kengaytiruvchilar gapning konstruktiv bo'laklari sanalmish ega va
hol kabi faqat va to'g'ridan-to'g'ri gap markaziga munosabatda
bo'ladi. Biroq kirish kengaytiruvchi (Pm)ga grammatik jihatdan
bog'lanmaganligi bois unga nisbatan konstruktiv sifatini qo'llab
bo'lmaydi. Biroq unga zich mazmuniy munosabatda bo'lganligini
inobatga olib ularni bo'lak, gap bo'lagi, gap kengaytiruvchisi deyish
mumkin. Demak, kirish kengaytiruvchi so'z va gap kengaytiruvchisi
orasida «oraliq uchinchi» bo'lganligi bois ularni gapning
konstruktiv bo'lmagan bo'lagi atamasi bilan nomlash mumkin.
Atamaning konstruktiv bo'lmagan degan qismi hodisaning so'z
kengaytiruvchisi sifatiga egaligini ko'rsatsa, bo'lak uzvi gap
kengaytiruvchi sirasiga daxldorligini bildiradi. Biz kecha bu kitobni o‘qidik gapidagi kitobni so‘zshakli bilan ifodalangan
vositasiz to‘ldiruvchini olib ko‘raylik. Ma’lumki, vositasiz to‘ldiruvchi bilan birikish faqat o‘timli fe’lga xos. Shu boisdan vositasiz to‘ldiruvchi kesimlik shakli bilan emas, balki kesim vazifasida ma’no jihatidan o‘timli bo‘lgan fe’lning kelishi bilan bog‘liq. So‘z va gap kengaytiruvchilarini farqlashga yuqorida tasvirlangan mezon asosida yondashadigan bo‘lsak, bu gapdagi to‘ldiruvchini ham so‘z kengaytiruvchisi – o‘timli fe’lning lug‘aviy ma’nosi bilan bog‘liq bo‘lgan muayyanlashtiruvchi bo‘lak sifatida baholash lozim. Vositali to‘ldiruvchi ham vositasiz to‘ldiruvchi kabi gapda so‘z kengaytiruvchisi mavqeida bo‘ladi va gap qurilishida mustaqil o‘ringa ega emas.
Demak, to‘ldiruvchi ham aniqlovchi kabi so‘z kengaytiruvchisi bo‘lib, gapning qurilishida mustaqil o‘rin egallamaydi, balki gap tarkibiga o‘zi bog‘lanayotgan o‘timli fe’l bilan birga kiradi. O‘timli fe’l gapda qanday mavqeda kelmasin, vositasiz to‘ldiruvchi u bilan bir butunlikni tashkil etib, shu butunlikka nisbatan bo‘lak maqomida bo‘ladi. Boshqacha aytganda, mazkur gapda to‘ldiruvchi gapning bo‘lagi emas, balki kesimning bo‘lagi – bo‘lak ichidagi bo‘lak. To‘ldiruvchi ko‘pincha, kesimga bog‘lanadi. Lekin to‘ldiruvchi faqat kesimga
tobelanib keladi, degani emas. U barcha bo‘laklarni to‘ldirishi mumkin:
1. Kattani hurmat qil.
2. Kattani hurmat qilishni o‘rgan.
3. Kattani hurmat qilish – yoshlarning fazilati.
4. Bolalarimizni yoshligidan kattani hurmat qilishga o‘rgatishimiz zarur.
5. Yoshlarimizdagi eng yaxshi fazilatlardan biri kattani hurmat qilishdir.
Ko‘rinadiki, vositasiz to‘ldiruvchi 1-gapda kesimga, 2-gapda vositasiz to‘ldiruvchiga, 3-gapda egaga, 4-gapda vositali to‘ldiruvchiga, 5-gapda yana kesimga bog‘lanib kelyapti.
Demak, to‘ldiruvchi fe’l bilan ifodalangan barcha gap bo‘laklariga bog‘lanadi va gap tarkibiga o‘zi bog‘langan bo‘lak bilan yaxlitligicha kiradi. Bu kengaytiruvchilar o‘zi birikayotgan so‘z bilan so‘z birikmasi hosil qiladi, biroq gap qurilishi bilan bevosita aloqador emas. Grammatik shakllangan gapning minimal va maksimal lisoniy sintaktik qolipi. Avvalgi fasllarda gapning eng kichik lisoniy qolipi WPm ramzi bilan berilib, gapning umumiy lisoniy mohiyati sifatida tavsiflandi. Bunda o‘zbek nutqida qo‘llanadigan aksariyat gapning eng umumiy belgilari mujassamlashgan. Nutqdagi barcha gaplarning kesimdan boshqa bo‘laklari olib tashlansa ham, u gap bo‘la oladi. Biroq nutqiy gaplarning lisoniy
sathda bu umumiylik [WPm]dan quyiroqda joylashgan boshqa umumiyliklari ham bor. Modomiki, gap kengaytiruvchilari gap mohiyatini belgilovchi asosiy vosita bo‘lgan kesimlik qo‘shimchalari [Pm]ga tegishli ekan, demak, yig‘iq gapdan boshqa barcha kengaygan gapda, kesim bilan birga, yana ikkita gap bo‘lagini ajratish mumkin. Ular ega va hol. To‘ldiruvchi va aniqlovchi esa barcha bo‘laklarga, bo‘lakning bo‘laklariga bog‘langanligi hamda so‘z kengaytiruvchilari bo‘lganligi bois lisoniy qolipdan o‘rin ola olmaydi. Ular qaysi so‘zga bog‘lanayotgan bo‘lsa, lisoniy sathda uning valentliklari sifatida yashaydi. Yig‘iq gap esa umumiy qolip – WPmning aynan voqelanishi.

Xulosa
Malumki, badiiy nutq kommunikativ va shu bilan birga, estetik vazifani bajaradi. Badiiy uslubning boshqa uslublardan ajralib turadigan belgisi uning estetik vazifasi, obrazliligi va ekspressivligidir. Bu narsa uning sintaktik qobig‘ini ham belgilaydi. Bunda umumxalq tilining boy sintaktik imkoniyatlaridan foydalanishning o‘rni va ahamiyati muhimdir. Badiiy asar tilining badiiy - estetik funksiyalarini tilshunoslik aspektida o‘rganish muayyan asar yaratilgan davr tilining o‘ziga xosligi, yozuvchining so‘z boyligi, til vositalaridan foydalanish usullarini, demakki, ―Xalqning ruhi bo‘lgan tilga ijtimoiy ta‘sirlarini tahlil qilish bilan chanbarchas bog‘liq. Badiiy nutqda eng ko'p ishlatiladigan stilistik vositalardan biri takrordir. Takror badiiy adabiyotda keng tarqalgan, eng qadimiy stilistik ifoda bo'lib, so'z ustalari undan tasvir etayotgan obyektga bo'lgan sub‘yektiv munosabatlarni ifodalash, unga baho berish, tinglovchi yoki o'quvchining diqqatini tortish maqsadida foydalanganlar. Takrorning vazifasi muallif nutqini ta'sirchan etish, fikrni konkretlashtirish va eng muhimi, unga tinglovchi yoki o'quvchini ishontirish kabi xususiyatlarni ifodalashdan iborat. Sintaktik takror hodisasining yuzaga chiqishi uchun ikki yoki undan ortiq bir tipdagi sintaktik konstruksiyalar parallel holatda qo'llanishi shart. Bunday konstruksiyalarni intonatsion xususiyatlari jihatdan ham bir xarakterga ega bo'ladi. Sintaktik takror semantik-stilistik kategoriya sifatida keng ma'nodagi hodisa bo'lib, u tor-yakka ma'nodagi takror hodisalarning quydagi turlarini o'z ichiga oladi.
1. Gap bo'laklari takrori - bo'lakli takror. 2. Soz birikmalari takrori - birikmali takror. 3. Gap takrori -- predikativ takrordir. Ijodkorning individual uslubini o‘rganish murakkab jarayon bo‘lib, u ham adabiy, ham lingvistik tahlil imkoniyatlarini o‘zida mujjassamlashtiradi va shu tarzda shoir yoki yozuvchi ijodiy tafakkurining o‘ziga xos jihatlarini yuzaga chiqaradi. M.M.Do’st ham o’z badiiy asarlarida keltirilgan iboralar orqali xalqimizni urf-odatlari, an’analari va kundalik turmushidagi mushtarak tomonlar ochib bergan.
Demak, sodda gapda anglashilgan fikr deyilganda, undagi asosiy axborot tushuniladi. Boshqa yordamchi, asosiy bo‘lmagan axborotlar uning yuzaga chiqishida vosita bo‘lib xizmat qiladi. (To‘liqsiz gaplarda sintaktik tugallik bo‘lmasa ham, fikr anglashilaveradi. Ulardagi sintaktik tugallik matndan yokinutq vaziyatidan ma’lum bo‘lib turadi.) Sintaktik tugallik sintaktik o‘rin bilan ajralmas holda, ya’ni lug‘aviy birlik kesimlik shaklida bo‘lishining o‘zi uni sodda gap sifatida qarashga asos bo‘la olmaydi. Masalan Aytim deganing nimasi?gapidagi aytdim so‘z shakli – kesimlik ko‘rsatkichlari bilan shakllangan atov birligi. Lekin u kesimlik o‘rni bilan ta’minlanmaganligi bois ushbu qurshovda sodda gap maqomiga ega emas. Kesimlik shaklidagi so‘z gap bo‘lishi uchun kesimlik maqomiga ega bo‘lishi kerak. Sintaktik tugallanganlik kesimlik shakli va o‘rni bilan belgilanar ekan, bunda tilning yaxlit vujudligi yana bir karra yaqqol namoyon bo‘ladi. Umuman ushbu mavzular yuzasidan xulosaga keladigan bo‘lsak, “Hozirgi o‘zbеk аdаbiy tili (Sodda gap sintaksisi)” fani bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlash uchun o‘qitiladigan umumkasbiy, amaliy fanlardan biri hisoblanadi. Ushbu fanning o‘zlashtirilishi natijasida talabalar pedagogik texnologiyalar fanining mazmun mohiyati, rivojlanish bosqichlari va pedagogik texnologiyalarning klassifikatsion tamoyillari hamda an’anaviy innovatsion ta’limning o‘ziga xos xususiyatlari haqida bilim ko‘nikmalarni egallaydilar va malakaga ega bo‘ladilar. Kurs bo‘yicha o‘quv rejasida ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlari rejalashtirilgan bo‘lib, har bir mavzu bo‘yicha dars mashg‘ulotini o‘tkazish texnologiyalari batafsil izohlab berilgan. Majmuada turli interfaol ta’lim texnologiyalaridan foydalanilgan. “Hozirgi o‘zbеk аdаbiy tili (Sodda gap sintaksisi”) fanidan kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan ta’lim texnologiyalari majmuasi qo‘yilgan talablarga to‘la mos keladi va ta’lim tizimida talabalarni o‘qitishda qo‘llash o‘z samaradorligini beradi. Sodda gap: Gulnorning shunikida ekaniga Yo‘lchida hech qanday shubha qolmadi. (O.) 2. Qo‘shma gap: Xo‘jayinlar bor, malaylar bor. (O.) Anglashiladiki, an‘anaviy sintaktik nazariyalarga ko‘ra qo‘shma gapning qurilish materiali sodda gaplar bo‘lib, ularning sintaktik munosabati asosida bir semantik-sintaktik butunlik hosil bo‘lgan. Demak, qo‘shma gaplar ikki, uch ba‘zan undan ortiq predikativ birliklarning birikuvidan tuzilgan murakkab sintaktik butunlik hisoblanadi. Biroq har qanday sodda gaplarning yonma-yon qo‘yilishidan qo‘shma gaplar hosil bo‘lavermaydi. Masalan, «Quyosh charaqlab turibdi, biroq yomg‘ir yog‘mayapti» gapi qo‘shma gap emas. Lisoniy sintaktik qolipning cheksiz rang-baranglikda voqelanish imkoniyati ustiga nutqda har bir so‘zning ma’no valentligi zaminida xilma-xil so‘z kengaytiruvchisi bilakengayib kelish imkoniyati qo‘shiladi va bu ko‘rinishlarni cheksiz miqdorda ko‘paytiradi.
Lisoniy sintaktik qoliplarda har bir tashkil etuvchi (kesim, ega, hol) ning bitta so‘z, so‘z birikmasi, so‘z birikmasi zanjiri, ajralmas birikma bilan ifodalana olish qonuniyati va bunday turli qurilishli birikmalarning sintaktik nuqtayi nazardan teng huquqliligi mazkur imkoniyatni yanada kengaytiradi. Shuning uchun gapning o‘ta sodda ko‘rinish kasb etgan eng umumiy mohiyati – minimal qolipi – [WPm] ham, undan quyidagi umumiylik – maksimal qurilish qolipi – [E-H-WPm] ham nutqimizda mana shunday rang-baranglik va cheksiz imkoniyatga ega bo‘ladi.


Download 51,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish