Adabiyotlar tahlili va metodologiya



Download 37,27 Kb.
bet1/2
Sana23.06.2022
Hajmi37,27 Kb.
#697375
  1   2
Bog'liq
Chiston


KIRISH
Ushbu maqola chiston janri taraqqiyotiga bag’ishlangan bo’lib, uning A.Navoiy ijodida namoyon bo’lishi, so’ng shoira Uvaysiy tomonidan sayqallanib, eng yuksak pog’onaga ko’tarilishi, an’ana va izdoshlik asosida shakllangan ushbu janr mumtoz adabiyotimizda muhim ahamiyatga ega bo’lganligi haqida so’z yuritiladi.
O’zining o’lmas asarlari bilan o’zbek adabiyoti tarixida o’chmas iz qoldirgan Alisher Navoiy ijodida beqiyos lirik asarlar: g’azal, ruboiy, tuyuq, fard, masnaviylar bilan bir qatorda chistonlarning ham go’zal namunalarini uchratamiz.
Turkiy adabiyotdagi ilk chistonlar Navoiy tomonidan yaratilgan. Navoiydan so’ng shoira uvaysiy ijodida chiston janrining yanada sayqallanib, eng mukammal namunalari yaratilganiga guvoh bo’lamiz. Chiston dastlab fors-tojik adabiyotida turkiy adabiyotdan bir necha asr ilgari ham mavjud bo’lgan. Chiston mumtoz adabiyotdagi she’riy topishmoq bo’lib, “chist” (nima), “on” (u) so’zlaridan olingan. Chistonning hajmi cheklanmagan, lekin ko’pincha bir yoki ikki bayt bo’ladi. Navoiy ijodida o’nta chiston mavjud. “Qalam” , “Tanga” , “Miqroz” , “O’q” , “Anor” , “Yumurtqa” , “”Poki”(ustara), “Parvona”. Manbalarga ko’ra Uvaysiy qalamiga mansub chistonlar ellikdan ortiqdir. “Anor”, “Tun-kun”, “Yong’oq”, “Qaychi” , “Uyqu” chistonlari shular jumlasidandir. Navoiy va Uvaysiy yaratgan chistonlarda o’zaro bog’liqlik sifatida “Anor” va “Qaychi” chistonlarini keltirish mumkin. Har ikkala ijodkor ham “Anor” va “Qaychi” nomli chistonlar yaratishgan. Uvaysiy chistonlarini bir, ikki, ba’zan uch bayt shaklida, Navoiy esa, asosan, qit’a shaklida yaratgan.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Jumladan, Navoiyning “Xazoyin ul-maoniy” devoniga kiritilgan o’nta chistondan sakkiztasi qit’a shaklida, ikkitasi to’rtlik shaklida, Uvaysiyning chistonlari g’azal, to’rtlik va ikkilik shaklida yaratilgan. Navoiyning chiston yaratishdagi mahoratini uning birgina “Anor” chistoni orqali kuzatishimiz mumkin.
Ne mijmardir to’la axgar, vale ul mijmar andomi
Erur sun’ilgidan gohe muqaddas, goh musamman ham
Chiqar ravzandin axgar dudiyu bu turfakim oning
O’tig’a dud yo’qtur mijmarig’a balki ravzan ham
O’tu mujmar dema bor ul sadafkim, durlarin oning
Evurdi qong’a davroni musha’bid charxi purfan ham
Dastlab, asar anorning ichki va tashqi tuzilish tasviridan boshlanadi. Asar boshlanishida Navoiy anorni ichida cho’g’ yonib turgan idishga qiyoslaydi va aynan
Ne mijmardir to’la axgar vale ul mijmar andomi
misrasida tashbeh san’atini qo’llaydi. Ya’ni anorning tashqi ko’rinishini xushbo’y narsalar solib tutatiladigan idish(manqal)ga , ichidagi donalarni yonib turgan cho’g’ga o’xshatadi. Bunda ham tashbeh badiiy vositasidan mahorat bilan foydalanilgan. Lekin keyingi baytlarda esa ushbu o’xshatishdan voz kechishga majbur bo’ladi. Ya’ni shoir
Chiqar ravzandin axgar dudiyu bu turfakim oning
O’tig’a dud yo’qtur mijmarg’a balki ravzan ham
Shoir bu baytda ruju’ san’atini qo’llaydi. Chunki anorni manqal desak, manqalning tutun chiqadigan joyi bo’lishi kerak. Anorda esa tuynuk ham, tutun ham yo’qdir.
Shundan keyin shoir anorni sadafga mengzaydi. Uning donalarini esa dur-u gavhar deb ataydi. Bu o’xshatish ham tashbeh san’atining beqiyos ko’rinishlaridan biridir. Olingan tashbehlar majoziy bo’lib, sadaf o’z zamonidagi tuzumga, sadaf ichidagi gavharlar esa qonga qiyoslanadi. Shu manzara orqali zamon tuzumidan azob chekayotgan davr ahli , begunoh to’kilgan qonlar gavdalantiriladi. So’nggi baytlarda esa anor iste’moliga doir, uning tibbiy foydasi haqidagi mulohazalarini keltiradi. Uvaysiyning chistonlarida shaklbozlikka berilish holatlari kuzatilmaydi, balki ularning ta’limiy jihatlariga e’tibor qaratiladi. Shoira anor chistonida xuddi Navoiydek anorning tarifini san’atkorona chizib beradi.
Ul na gumbazdir eshigi , tuynugidan yo’q nishon
Necha gulgun, pok qizlar manzil aylabdur makon
Sindurub gumbani qizlar holidin olsam xabar
Yuzlarig’a parda tortig’liq, tururlar bag’ri qon
Shoira anorni gumbazga qiyoslaydi. Bu shunday gumbazki, eshigi ham, tuynugi ham yo’q. Anor donalari pok qizlarga, donalar ustidagi yupqa po’st gulgun qizlar yuzidagi pardaga, donalarning qirmizi rangi esa qonga o’xshatiladi.
Anor donalarini qonga o’xshatish tasviri Navoiyning “Anor” chistonida ham keltirilgan.

Download 37,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish