4. Aniqlov yuklamasi: xuddi, naq. Vaholanki, endi u sizni emas, o‘z farzandini
o‘ylaydi, o‘z farzandi uchun qayg‘uradi, kuyib-yonadi – xuddi sizdek, sizning o‘zingizdek
37
(E.A’zam).
5. Gumon yuklamasi: -dir. Qayda dir menga ham bor balki dilband (A.Oripov).
6. Inkor yuklamasi: na-na. Uning esiga na sevgi, na istirohat keldi (Oybek).
Yuklamalarning tuzilishiga ko‘ra turlari
Yuklamalar tuzilishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi:
1. So‘z – yuklamalar: faqat, hatto, hattoki, nahotki, chunki, axir, naq, yolg‘iz,
ham, na.
2. Qo‘shimcha shaklidagi yuklamalar: -mi, -chi, -oq, -yoq, -gina, -dir, -ku, -da, -
u, -yu, -a, -ya.
Do'stlaringiz bilan baham: |