Turi.
2.
Qaysi kelishikdagi so‘zga bog‘langan?
3.
Qanday ma’noni ifodalagan?
4.
Qaysi so‘zni qaysi so‘zga bog‘lagan?
5.
Sinonimi.
Namuna: Feruza kuni bilan dars tayyorladi.
Bilan sof ko‘makchi, bosh kelishikdagi so‘zga bog‘langan, vaqt ma’nosini
ifodalagan, otni fe’lga bog‘lagan, bo‘yi – kun bo‘yi.
YUKLAMALAR
So‘z yoki gaplar mazmuniga qo‘shimcha ma’no berishga xizmat qiladigan
yordamchi so‘z va qo‘shimchalar yuklama hisoblanadi. Yuklamalar nutqdagi biror so‘zni
ajratib ko‘rsatish yoki gapga so‘roq, his-hayajon, taajjub, ta’kid, tasdiq, inkor, gumon kabi
ma’nolarni qo‘shish hamda gapga tasviriylik uchun ishlatiladi. Shuningdek, qo‘shma gap
qismlarini, sodda gaplarda esa uyushiq bo‘laklarni bir-biriga bog‘lashga xizmat qiladi.
Yuklamalar ma’no va qo‘llanishiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |