M.A.Ribnikova:
«Metodika — bu vaqtni tejash malakasi, o‘quvchi kuchlarini oqilo‘zbek sarflash, o‘quv materialidagi asosiy va bosh narsani topish malakasi, jamoa mehnatini tashkil qilish san’ati, bu o‘quvchilardagi xilma-xil individualliklarga tayanadigan ta’sir tizimidir».
Adabiyot o‘qitish nazariyasi va metodikasi fani birinchi navbatda bo‘lajak adabiyot o‘qituvchilarining kasbiy shakllanishlari va dastlabki mahorat qirralarini o‘zlashtirishlari uchun imkon beradigan fandir. Bu fan o‘quvchi yoshlarning adabiy rivojidagi o‘ziga xos qonuniyat va qoidalarning anglab yetilishi uchun omil bo‘ladi. Uning o‘qituvchi va o‘quvchi hamkorligining asoslarini tushunishda muhim bo‘g‘in ekanligi ham katta ahamiyatga ega. Adabiyot o‘qitish metodikasi fani bu fanning tarixi va rivojlanish bosqichlarini ko‘rsatish, bu bosqichlarning har biriga xos bo‘lgan asosiy unsurlarni tahlil qilish, badiiy asarni tahlil qilish va uni o‘quvchilar tomonidan qabul qilinishidagi o‘ziga xos xususiyatlarni ko‘rsatish, badiiy asarni tahlil qilishda ularning tur va janr xususiyatlariga e’tibor berish, ta’lim bosqichlarida faqat badiiy asarning o‘zini emas, balki ularga bog‘liq ravish-da adabiy-nazariy tushunchalarni ham o‘rganish zaruriyatini va yo‘l-yo‘riqlarni ko‘rsatish, adabiyot darslarini tashkil etish, adabiyotdan sinfdan tashqari va musta-qil ishlarni tashkil etish, ularning og‘zaki va yozma nutqlarini o‘stirish yo‘llarini ko‘rsatish bilan kifoyalanmasdan o‘quvchilarning o‘z ustilarida muntazam ishlash, mustaqil ijodiy ishlarni tashkil etish yo‘llarini ko‘rsatishi bilan ham muhimdir.
Adabiyot o‘qitish metodikasi fani mustaqillik tufayli o‘zining asl o‘zanlarini topib bormoqda. Endilikda adabiyot o‘qitish nazariyasi va amaliyotida bir xillikdan qochish, rang-baranglikka intilish tamoyillarining tobora kengroq tarzda ko‘zga tashlanayotgani seziladi. Bu adabiy hodisalarga nisbatan estetik yondashuvning ustuvorlashib borayotganida, madaniy merosga nisbatan munosabatlarning haqqo-niylashayotganida, ko‘plab adabiy hodisalarga nisbatan baholarning o‘zgarib, ularning o‘zlariga xos va o‘zlariga mos xususiyatlaridan kelib chiqilayotganligida namoyon bo‘lmoqda. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari, oliy ta’lim tizimi uchun yaratilayotgan ko‘plab darsliklar, metodik hamda o‘quv qo‘llanmalarining yangi avlodlari yuzaga kelmoqda.
Birinchi marotaba adabiy ta’limning davlat ta’lim standarti yaratildi. Uning takomillashish jarayoni esa uzluksiz davom etmoqda. Ushbu jarayonda an’anaviy ta’limdagi eng yaxshi yutuqlarni saqlab qolgan holda jahon ilm-fani, xususan, psixologiyasi, pedagogikasi hamda metodikasi sohasidagi eng yangi va yaxshi namunalarga uyg‘unlashish tamoyili kuzatilmoqda. Ayniqsa, o‘qitishdagi ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi maqsadlar uyg‘unligi metodologik asos sifatida qabul qilinmoqda. Bularning adabiy ta’limdagi an’anaviy yo‘nalish bilan zamonaviy talablarni o‘zaro uyg‘unlashtirishning oqilo‘zbek yo‘li sifatida qabul qilinayotganligi bejiz emas. Ijtimoiy hayotdagi yangilanish va o‘zgarishlar adabiyotning o‘zida ham, uni o‘qitish sohasida ham yangilanishlarni, yangicha yondashuvlarni taqozo etayotgani aniq. Shuning uchun ham kun tartibiga yangi axborot texnologiya-laridan, zamonaviy pedadogogik texnologiyalardan foydalanish muammo-sining ko‘ndalang bo‘layotgani tasodifiy emas. Bu narsa ta’lim metodlaridan bosh-lab darsning tarkibiy qismlarigacha, adabiy ta’lim mazmunidan boshlab o‘qituvchi va o‘quvchining munosabatlarigacha, o‘quv dasturlari, darsliklardan boshlab adabiyot darslarini tashkil etishgacha bo‘lgan muammolarning barchasiga bir xilda daxldor bo‘lib turibdi. Bugun axborotlar oqimi shiddat bilan kuchayib borayotgan, kom-pyuter va umuman texnika olami inson hayotida tobora kengroq va mustahkamroq o‘rin olib borayotgan bir zamonda kitob o‘qish, kitobxonlik muammosining yanada dolzarblik kasb etishi sir emas. Zero, kitob va kitobxonlik inson ma’naviy olamining ajralmas qismi ekan, kitob o‘qishni o‘rganish, kitobxon ma’naviyatini shakllantirish ta’lim-tarbiya jarayonidagi eng asosiy vazifa bo‘lib qolaveradi.
O‘quvchi yoshlar har qanday kitobni o‘qiganda unga ongli, eng muhimi, estetik munosabat bildira oladigan, undan ta’sirlanadigan, zavqlanadigan darajaga yetishi uchun birinchi navbatda kitob o‘qilishi, zavq bilan o‘qilishi, kitobxon undan tegishli huzur va ruhiy qanoat tuyishi kerak. Buni ixcham tarzda “estetik to‘yinish” deb ifodalash mumkin bo‘lar. Ammo bu daraja orzu, xolos. Unga erish-moq uchun yangi-yangi ish usullarini, adabiy tahlilning munosib shakl va ko‘rinshlarini, badiiy matn mazmuniga, mohiyatiga yetishning turfa yo‘llarini, xususan, munosib izoh va sharhlarga, muayyan ijodkor yoki alohida olingan badiiy asar qatida mujassamlashgan yangi poetik olamga xos bo‘lgan badiiyatni idrok etishga, mushohada qilishga imkon beradigan ish turlarini qo‘llash ehtiyoji ko‘proq bilinmoqda. Bo‘lajak adabiyot o‘qituvchilari o‘z ish faoliyatlarida o‘quv-tarbiya jarayonlarining insonparvarlashuviga, ta’lim jarayonida har bir o‘quvchining alohida, o‘ziga xos bo‘lgan tabiiy-ijodiy imkonlariga e’tibor berishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Badiiy adabiyot yaxshi insoniy fazilatlarni targ‘ib qilishga, urushni, zo‘ravonlikni qoralab, tinchlikni, xalqlarning osoyishta hayoti va o‘zaro do‘stligini ulug‘laydigan, xunuklikdan nafratlanib, go‘zallikni targ‘ib etadigan, o‘sib kelayotgan avlodga yuksak ma’naviy fazilatlarning shakllanishi va rivojlanishida imkon beradigan xislatlari bilan e’tiborlidir.
Adabiyot fanining o‘ziga xosligi shundaki, boshqa fanlar bilan aloqadorlik bu fanning tabiatiga singdirilgan. Demak, bu imkoniyatdan ham unumli foydalanish joiz. Uning ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishdagi fanlar bilan yaqinligi, ayniqsa, o‘zbek tili, tarix, san’at yo‘nalishidagi fanlar bilan aloqadorligini isbotlab o‘tirish zarurati yo‘q. Ayni paytda uning geografiya, biologiya, fizika, matematika singari fanlar bilan aloqador jihatlaridan ham unumli foydalanish, bu bog‘lanishlarning ichki mohiyatini ko‘proq ko‘rsatish, amaliyotga ko‘proq joriy etish zarurati bor. Bir xil mavzuni bir xil hajmdagi vaqt oralig‘ida turlicha o‘qituvchilarning nihoyatda turli-tuman tarzda yoritib berishlari hayotda ko‘p kuzatiladigan hodisa. Ularning orasida eng ma’quli hozirgi jamiyatimiz muammolari bilan ko‘proq aloqadorlikni ta’min-lagani, zamonaviy texnologiyalardan o‘rinli va unumli foydalanganlari, bolalarning yosh xususiyatlari, adabiy tayyorgarliklariga tayanib turib ularning mavzuga ham, adabiyot fanining o‘ziga ham qiziqishlarini eng ko‘p darajada oshira olganlaridir.
Aslida adabiyot o‘qitishning bosh yo‘nalishi ta’limning turli bosqichlarida o‘quvchilar ongiga badiiy asarning mo‘jizakor ta’sir kuchini amaliy jihatdan ta’minlashga qaratilgan. Maktabgacha tarbiya muassasalari, boshlang‘ich ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar ta’limidagi adabiy ta’limning uzviyligi va uzluksizligining natijasi o‘sib kelayotgan yosh qalbda go‘zallikka bo‘lgan ijobiy va ijodiy munosabatni shakllantirishdan, ularga badiiy asarga – kitobga bo‘lgan mehr va muhabbatni o‘stirishdan, bularning zamirida esa undagi badiiy-estetik didni takomillashtirishdan iborat.
Buni zamondoshimiz Sirojiddin Sayyid juda go‘zal tarzda ifodalagan:
Har bir kalla,
Har bir bosh
Jaholatdan qo‘rqishi kerak.
Har bir bola,
Har bir yosh
Navoiyni o‘qishi kerak...
Vatan azal bitta Vatandir,
U biz uchun so‘lmas chamandir,
Shul sababdan bola chog‘lardan,
Maysa chog‘lar, lola chog‘lardan
O‘zni urib yulqishi kerak,
Navoiyni o‘qishi kerak,
Dilga nedir yuqishi kerak!2
Xuddi mana shu nuqtalar bo‘lajak adabiyot o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonida diqqat markazida turishi lozim. Bo‘lajak adabiyot o‘qituvchisining adabiyot nazariyasi, adabiyot tarixi, adabiy jarayon haqidagi ilmiy-nazariy qarashlari qanchalik asosiy va muhim bo‘lishidan qat’iy nazar, ularning o‘zi bilan kifoyalanib qolish pedagogik faoliyatdagi tegishli maqsad va vazifalarni amalga oshirish imkonini bermaydi. To‘laqonli muvaffaqiyat qozonish uchun ularning pedagogika va psixologiya turkumidagi, ayniqsa, bolalarning yosh fiziologiyasi, ularning olamni qabul qilish va o‘zlashtirish xususiyatlari, qiziqishlari haqidagi asosiy ma’lumotlarni beradigan fan asoslaridan xabardorliklari ham taqozo etiladi.
Badiiy adabiyotning inson ruhiyati, hatto uning shaxsiyati shakllanishi va rivojidagi o‘rni beqiyosdir. Agar S. Sayyid aytganidek, bola «diliga nedir yuqtirsa», adabiyot muallimi o‘z vazifasini ado etgan, adabiyot darslarining samarasi ta’minlangan bo‘ladi. Ko‘plab buyuk shaxslar mashhur bo‘lishlarida, o‘zlari erishgan va yetishgan oliy darajalarda badiiy adabiyotning o‘rni va ahamiyatini e’tirof etishadi. Masalan, Alisher Navoiy yuz mingdan ortiqroq baytni yoddan bilgan. Bu baytlarning eng sara, eng nodir badiiy durdo‘zbek lar bo‘lganligiga shubha yo‘q.
Shunga ko‘ra ta’lim bosqichlari uchun yaratiladigan darslik va o‘quv qo‘llanmalari, ularning tarkibiga kiradigan badiiy asarlarning namunalari o‘quvchilarning adabiy tayyorgarligi va didlariga mos va munosib bo‘lishi, ularning barkamol inson sifatida shakllanishlari va kamol topishlarida muhim omil vazifasini ado etishi kerak. Bugun faqat milliy zamingagina tayanish kamlik qiladi, zero, jahon hamjamiyati bir-biriga har qachongidan ham ko‘proq intilmoqda. Bu ayni paytda bir-birini boyitish jarayoni hamdir. Bunda badiiy adabiyotning o‘ziga xos o‘rni bor. Qolaversa, boshqalar tajribasini o‘rganish har doim insoniyatga yutuq va yangilanish omili bo‘lgan.
Jahon pedagogikasi endilikda hamkorlikni asosiy tayanch nuqtasi deb e’tirof etmoqda. «Hamkorlik pedagogikasi» degan alohida tushuncha va atamaning paydo bo‘lganligi bejiz emas. Bu o‘qituvchi va o‘quvchi orasidagi munosabatlarning yangicha bosqichini anglatadi. Demak, endilikda pedagogik jarayonda «hokim-tobe»lik emas, tom ma’nodagi hamkorlik yuzaga keldi. Bu adabiy ta’limda, ayniqsa, ayricha ahamiyat kasb etadi. Zero, badiiy adabiyotni o‘qish, o‘rganish hamma vaqt ijodiy jarayondir. Bu jarayonda o‘quvchilarning milliy qadriyatlar, asriy urf-odatlar bilan tanishishi, yaqinlashuvi jonli tarzda amalga oshadi. Bo‘lajak adabiyot o‘qituvchisi uchun badiiy adabiyotning o‘ziga xos tomonlarini bilish, anglab yetish qanchalik muhim va ahamiyatli bo‘lsa, ta’limning turli bosqichlarida adabiyot o‘qitishning o‘ziga xos qonuniyat va xususiyatlari bilan bog‘liq sir-u asrorlarni egallash ham shunchalik muhimdir.
Ta’limning turli bosqichlarida bolaning yosh xususiyatlarigina emas, hatto asarning janri, uslubi ham uni o‘qitish, o‘rganishda o‘ziga xos yondashuvlar bo‘lishini taqozo etadi. Deylikki, qadimgi turkiy adabiyotni o‘rganish bilan Yassaviy hayoti va ijodini o‘rganishda bir xil usulni qo‘llab bo‘lmaganiday, Xorazmiyning «Muhabbatnoma»si bilan Erkin Vohidovning «O‘zbegim»ining tahlili ham boshqa-boshqa nuqtayi nazarlardan o‘rganilishi kerak. Ruboiyni o‘rganish uchun tanlangan usulni romanni o‘rganishga tatbiq etish qanchalik mumkin bo‘lmasa, mumtoz adiblarimizning asarlarini o‘rganish bilan xorijiy mamlakatlar adiblarining asarlarini o‘rganish orasiga ham tenglik alomatini qo‘yish shunchalik xatodir. Qaysi bir asarni o‘rganishda sharh va izohlarning o‘rni kattaroq bo‘lishi, boshqa bir asarni o‘rganishdan oldin ifodali o‘qish maqsadga muvofiq bo‘lishi mumkin. Qay holatlarda biografik metod o‘rinli bo‘lsa, qaysi o‘rinlarda estetik tahlilning o‘rnini bosadigan biror usul bo‘lmasligi ham tabiiydir. Bularning barchasi Adabiyot o‘qitish nazariyasi va metodikasining fan sifatidagi o‘rni va ahamiyati qanchalik katta ekanligini ko‘rsatib turibdi. Mazkur kurs xuddi shuning uchun ham alohida dolzarblik kasb etadi.
Bularning yonida badiiy asarni o‘qish, uni tushunish muammosining ham borligini e’tirof etishga to‘g‘ri keladi. Badiiy adabiyot so‘z san’ati sifatida kitobxonning, uning ma’naviy olamining shakllanishiga kuchli ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Agar qabul qilishning mutlaqo individual xususiyatga ega ekanligini nazarda tutadigan bo‘lsak, badiiy asarni o‘qish, uni tushunish va «hazm qilish»ning naqadar katta ahamiyat kasb etishini tasavvur etishimiz qiyin kechmaydi.
Taniqli adabiyotshunos Ozod Sharafiddinov uqtirib o‘tganidek: «Adabiyot o‘quvchini tarbiyalash uchun uning ongi, fikrigagina emas, qalbiga, zavqiga, tuyg‘ulariga ham ta’sir etishi kerak. Shunday asarlargina chinakam san’at namunasi deb atalish huquqiga ega»3.
Rus metodist olimlari zamonaviy adabiy ta’lim metodikasidagi asosiy vazifalar qatorida quyidagilarni ko‘rsatishadi:
Biz ixcham tarzda Adabiyot o‘qitish nazariyasi va metodikasi fani zimmasiga yuklatilgan vazifalarni shunday shakllantirishimiz mumkin:
Adabiyot predmetining ta’lim bosqichlarida nima uchun o‘rganish zarurligini asoslash, ya’ni adabiyot o‘qitishning maqsad va vazifalarini muayyanlashtirish.
Adabiy ta’lim mazmunini aniqlash. O‘quv dasturlarining tarkibi va mazmu-nini asoslash, o‘quvchilar uchun yaratiladigan darslik, o‘quv qo‘llanmalariga qo‘yiladigan talab va me’yorlarni o‘rganish. Ayni paytda o‘quvchilarning muayyan ta’lim bosqichida o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan adabiy bilimlari, ularga bog‘liq holda egallanishi lozim bo‘lgan ko‘nikma va malakalarning hajmi belgilanadi.
Metodika fani adabiy ta’limning o‘ziga xos yo‘l va usullarini o‘rganish bilan ham shug‘ullanadi. Unda alohida darslarni tashkil etish, unga qo‘yiladigan talablar ham ishlab chiqiladi.
Ta’limning turli bosqichlarida o‘quvchilarning o‘zlashtirishiga qo‘yiladigan talablar ham metodika faniga aloqador. Bunda baho me’yorlari va mezonlari, nazorat qilishning shakl va usullari qamrab olinadi.
Talabalarga Adabiyot o‘qitish nazariyasi va metodikasi bo‘yicha ularning amaliy faoliyatlarida asqotadigan nazariy hamda amaliy ma’lumotlarning eng muhimlari yetkaziladi.
Talabalarni shu fanga aloqador bo‘lgan ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalarini amalga oshirish, ijodiy faoliyat va ilg‘or tajriba maktablarini o‘rganishga tayyorlashdan ham iboratdir.
Adabiy ta’limni takomillashtirib, hozirgi zamon talablariga uyg‘unlashtirib borish eng muhim vazifalar qatoriga kiradi. Buning uchun faqat badiiy adabiyotning o‘z ichki xususiyatlarini bilish, o‘rganish kamlik qiladi, adabiyotning yosh avlodga, o‘quvchi-yoshlarga ko‘rsatadigan ma’rifiy, ma’naviy-axloqiy, estetik, emotsional ta’sirini yanada kuchaytirish, ta’limning turli bochsqichlaridagi adabiy ta’lim uzviyligi, uzluksizligiga alohida e’tibor berish, ulardagi mustaqil va ijodiy fikrlashga oid ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish, so‘z san’ati vositasida go‘zallikni his etishga oid did va tuyg‘ularni kamol toptirish, adabiyotga, adabiy asarga, har qanday badiiy matnga nisbatan ijodiy yondashuv tamoyillarini shakllantirish ham zarur bo‘ladi.
Adabiyot o‘qitish nazariyasi va metodikasi fani qachon paydo bo‘lgan? degan savolning o‘rtaga qo‘yilishi tabiiydir. Bu savolga dabdurustdan javob berish qiyin. Shu narsa aniqki, badiiy adabiyot paydo bo‘lganidan keyin, uni boshqalarga, zamondoshlarga, shuningdek, keyingi avlodga yetkazish, yetkazganda ham ularni boshqa insonlar qalbiga ta‘sir qila oladigan darajada yetkazish asosiy muammolardan biri bo‘lganligini his etish mumkin. Yaqin-yaqinlargacha ham o‘zbek adabiyotini o‘qitish nazariyasi va metodikasi tarixi asosan Oktabr inqilobi bilan bog‘liq holda talqin va targ‘ib etilgani sir emas. Mustaqilligimizning sharofati bilan barcha fanlar rivojlanishning to‘g‘ri o‘zanlariga tushib oldi.
Xalqimiz azal-azaldan badiiy adabiyotni tushunish, sevish, e’zozlay bilishni, adabiy hodisalarni his qilish, ayni paytda, bularning barchasini boshqalarga yetkazishni ham o‘zi uchun odat deb bilgan. Buni biz uzoq tariximizga nazar tashlab yaqqol bilishimiz mumkin. Metodika tarixini bilish esa zamonaviy ta’lim texnologiyalari mohiyatini teranroq ilg‘ash imkonini beradi. Zero,
Adabiy asarni o‘rganish bilan bog‘liq bo‘lgan dastlabki qaydlar Avesto yod-gorligidayoq uchraydi. Bevosita turkiy muhitda esa buni O‘rxun-Enasoy yodgor-liklaridagi ayrim ishoralar orqali payqashimiz qiyin emas. Adabiyot o‘qitish nazari-yasi va metodikasi fani o‘tmishdagi boy tajribalarni o‘rganish asosida hozirgi zamon maktablaridagi adabiyot o‘qitish jarayonini umumiylashtiradi. Adabiyot Sharq xalqlari, jumladan, o‘zbek xalqi hayotida har doim juda katta ijtimoiy-ma‘naviy ahamiyatga ega bo‘lgan. Cho‘lponning «Adabiyot yashasa, mil-lat yashar» degan fikri bejiz emas. Ammo uni o‘qitish birdaniga hozirgi holatga kelma-gan. Turkiy xalqlar orasida adabiyot o‘qitish an‘analari juda qadim zamonlarga borib taqaladi.
Buyuk mutafakkirlarimiz Al-Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sinolar ta‘lim-tarbiya, o‘qituvchi faoliyati xususida alohida to‘xtab o‘tishgan. Ular insonning shaxs sifatida kamol topishida ilm olishning, ta‘lim va tarbiyaning ahamiyati haqida o‘zlarining qimmatli fikrlarini aytib o‘tganlar. O‘rta Osiyoning ulug‘ mutafakkiri Abu Nasr Forobiy (873–950) o‘zining ilmiy ishlarida ovoz, nutqning tarbiyaviy ahamiyatiga alohida e‘tibor beradi. U «Ilmlarning kelib chiqishi» («Ixyo ul-ulum») nomli risolasida badiiy asarni ifodali o‘qish, o‘qiganini hikoya qilib berish zo‘r san‘at ekanligini aytadi. Uning ta‘kidlashicha, hikoyachilikda (o‘qishda) o‘tkir ta‘sirli bo‘lgan, ana shu san‘atda o‘ziga munosib o‘rin egallagan kishilar hakim deyiladi va u o‘qishni, notiqlikni egallagan san‘atkor, faylasuf, donishmand bilan tengdir. Forobiy har bir kishining o‘ziga xos, individual xususiyatga ega bo‘lishini, ta‘lim-tarbiya jarayonida bu xususiyatlarga e‘tibor berish shart ekanligini alohida uqtiradi: «Kishilar jismoniy va tug‘ma qobiliyat, kuch-quvvatda bir-birlaridan ortiq-kam bo‘ladilar»4. Forobiyning ta‘kidlashicha, «Har kimki ilm-hikmatni o‘rganaman desa, uni yoshligidan boshlasin, salomatligi yaxshi bo‘lishiga intilsin, axloqli-odobli bo‘lsin, so‘zining uddasidan chiqsin, yomon ishlardan saqlansin, xiyonat va makr-hiyladan uzoq bo‘lsin»5. Bugina emas, «Rohatlanish, dard chekish va qayg‘urish asosiy ta-biiy xislatlar hisoblanadilar, ular tufayli fazilatlar va illatlar o‘zlashtiriladi. Va, nihoyat, balog‘at va bilimlarga, ya‘ni rivojlanishga tarbiya va mashq orqali erishiladi»6. Tarbiyaning buyuk imkoniyati shundaki, u orqali inson yaxshi va yomon, foydali va zararli narsalarni ajratishga erishadi. «Tarbiya oqil-likni vujudga keltiradi. Kishining tarbiyasi bo‘lmasa, u bema’nilikni xush ko‘radi»7. Forobiy komil insonlar haqida gapirganida ularning bevosita nutqiga, so‘zni tushunish va tushuntirish imkoniyatlariga ham e’tibor beradi. Uning yozi-shicha, u suhbatdoshining so‘zlarini, fikrlarini tez tushunib, tez ilg‘ab olishi, shu sohada umumiy ahvol qandayligini ravshan tasavvur qila olishi zarur, ...u fikrini ravshan tushuntira olish maqsadida, chiroyli so‘zlar bilan ifodalay olishi zarur»8. Forobiyning bevosita san’at hamda adabiy ta’lim haqida ham bir qator jiddiy kuzatishlar olib borganligi yaxshi ma’lum. Forobiy she’r tuzilishi, uning mohiyati, eng muhimi, she’r vositasida badiiy adabiyotni o‘rganish va o‘rgatish usullari haqida ham qimmatli fikrlar bildirgan. Mutafakkir ritm va vazn haqida gapirib, jumladan, shunday deydi: «She’r ma’lum bo‘laklarga bo‘lingan bo‘lib, bu bo‘laklar (oldinma-ketin) bab-baravar vaqtda o‘qiladigan bo‘lishi lozim. She’r tabiati–tuzilishida boshqa qonun-qoidalarga rioya qilish unchalik zaruriy sanal-magan, vaholanki, bu qonun-qoidalarga rioya qilishning o‘zi she’rning eng afzal va ulug‘vor bo‘lishiga sabab bo‘lgan»9. Forobiy badiiy ijodning o‘ziga xos xususi-yatlarini qiyosiy usulda ko‘rsatib beradi: «Demak, bundan ma’lum bo‘lishicha, is-botda ilm, tortishuvda ikkilanish, ritorikada ishontirish qanchalik ahamiyatli bo‘lsa, she’riyatda ham xayol va tasavvur shunchalik zarur bo‘ladi»10. Mutafakkirning asarlarida ayrim tur va janrlar, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini izohlash, shu asosda ularni o‘quvchilarga tushuntirish borasida ham qiziqarli mulohazalar bildirilgan. Jumladan, yunon adabiyoti haqida to‘xtar ekan, olim Gomerning «Ilia-da»sini, shuningdek, tragediya, drama, komediya, difirimbi, satira, epos, ritorika, poema kabi janrlar haqida to‘xtab o‘tadi. Ularning har biriga xos bo‘lgan tasvir usuli, ifoda tarzlari, mavzu va tili, shakliy-poetik xususiyati h-da ma’lumot beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |