O‘QITISH METODLARI (yunoncha methodos so‘zidan olingan bo‘lib, yo‘l; tadqiqot, o‘qitish, bayon etish usuli; xatti-harakat usuli; usul, usullar yig‘indisi mahnolarini anglatadi). Ta’lim metodi tushunchasi o‘z ichiga o‘quvchi, o‘qituvchi va ta’lim mazmuni singari unsurlarni qamrab olib, muayyan ta’lim mazmunining o‘quvchilar tomonidan o‘qituvchi rahbarligida o‘zlashtirilishini tashkil etishga qaratilgan birgalikdagi faoliyatni anglatadi.
O‘QITUVCHI MONOLOGI – o‘qituvchining o‘quvchilarga yetkazmoqchi bo‘lgan bilimlar haqidagi hikoya qilish yoki murojaat etish usuli. O‘.m. yangi o‘quv materialini tushuntirish uchun xizmat qiladi, o‘quvchilar ehtiborini tortadi va ularni fikrlashga undaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |