O‘QUV-DIDAKTIK TAHLIL – badiiy asarning hozirgi hayotiy va badiiy mantig‘i hamda estetik o‘ziga xosligini anglash orqali o‘quvchilarda ezgu mahnaviy sifatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan jamoa shaklidagi estetik-pedagogik faoliyat.
O‘Z-O‘ZINI ANGLASH – insonning o‘zi haqidagi tasavvurlar - hulq-atvori, faoliyati va ehtiyojlarini anglashida namoyon bo‘ladi.
O‘QITISHNI INDIVIDUALLASHTIRISH – Ta’lim mazmunini o‘quvchi shaxsi, uning individual xususiyatlariga moslash.
O‘QITISH – o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi bir maqsadga qaratilgan faoliyati, uning jarayonida shaxsning rivojlanishi, uning ta’limi va tarbiyasi amalga oshiriladi. O‘qitish jarayoning asosiy tashkiliy qismlari – dars bеrish va o‘qish. Ularning birligi o‘z ichiga ta’limning asosiy didaktik funktsiyasini qamrab oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |