O‘QISH TEXNIKASI – o‘qitish kechimi mobaynida har bir o‘quvchida matnni o‘qiy olish bo‘yicha egallanishi lozim bo‘lgan malaka ko‘rsatkichlarini anglatuvchi tushuncha. Bunda matnning tez, ifodali, tushunib va to‘g‘ri o‘qilishi ko‘zda tutiladi.
O‘QISH MALAKALARI – badiiy asar matnini to‘g`ri, tez, ongli va ifodali o‘qish.
Tog`ri o‘qish – xato qilmasdan, yanglishmasdan o‘qish.
Tez o‘qish – o‘qilayotgan asar mazmunini o‘zlashtirishni, matn mazmunini ongli idrok etishni ta’minlaydigan o‘qish turi.
Ongli o‘qish – matn mazmunini, asarning g`oyaviy yo‘nalishini, obrazlarni va badiiy vositalarning rolini tushunib o‘qish, asardagi voqea-hodisalarga munosabatni ifodalay olish.
Ifodali o‘qish – ohang yordamida asarning g`oyasi va jozibasini to‘g`ri, aniq, yozuvchi niyatiga mos ifidalaya bilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |