VIRTUAL STENDLAR – haqiqiy obyektlar, jarayonlar va hodisalarning elektron modeli; axborotlarni ko‘rsatmali tarzda taqdim qilishning varianti. V.s.ni yaratishdan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad – texnik mutaxassislar tayyorlash jarayoni samaradorligini tahminlashdan iborat. Stendlar shaxsiy kompyuterlar tarkibida yaratilib, termodinamika, teplotexnikaga oid ilmiy tadqiqotlar natijalariga tayanadi. Ular yordamida o‘rganilgan ilmiy nazariyalar, ma’lumotlar hayotiy haqiqatga yaqinlashtiriladi. Shuningdek, ulardan keng ko‘lamda o‘zgaruvchan sharoitlarda foydalanish nazarda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |