O`zbek tili va adabiyotini o`qitish metodikasi



Download 1,12 Mb.
bet22/175
Sana21.01.2022
Hajmi1,12 Mb.
#396663
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   175
Bog'liq
ma\'ruza metodika

5.2. Adabiy ta’lim metodlari

Adabiyot o‘qitishning metodlari barcha fanlarni o‘qitish metodlari bilan mushtarak jihatlarga ega. Bu mushtaraklik birinchi navbatda ta’limiy maqsadlarga erishish uchun o‘qituvchi va o‘quvchilarning hamkorlikdagi faoliyat vositasi ekanligi bilan izohlanadi. Ular yordamida o‘quvchilar tegishli bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishga erishishadi, o‘z dunyoqarashlarining kengayishi uchun imkon topishadi. Y.K.Babanskiyning ko‘rsatishicha, ta’lim metodlari pedagog va o‘quvchi-larning ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi maqsadlarni amalga oshirishning o‘zaro bog‘liq faoliyat vositalaridir. G.M.Kodjaspirova esa ta’lim metodlari tushunchasini “o‘qituvchi va o‘quvchilarning izchil, o‘zaro bog‘liq bo‘lgan faoliyat tizimi bo‘lib, o‘quvchilarning ta’lim mazmuninini o‘zlashtirishini, ularning aqliy quvvat va qobiliyatlarining rivojini, o‘z ustlarida mustaqil ishlashga oid vositalarni egallash imkonini ta’minlaydi”66, deb ko‘rsatadi. Metodlarning nomlanishida, ularning tavsifida olimlarning xilma-xil nuqtayi nazardan kelib chiqqanlarini kuzatish mumkin. Jumladan, V. V. Golubkov adabiy ta’limdagi metodlarni ma’ruza, adabiy suhbat va o‘quvchilarning mustaqil ishlash metodlari singari guruhlarga ajratadi67.

Albatta, ta’lim jarayonini o‘qituvchi va o‘quvchilarning hamkorlikdagi faoliyati sifatida qarash to‘g‘ri va keng tarqalgan nuqtayi nazardir. Shunga qaramay, ta’lim jarayonidagi bu hamkorlik subyektlarida alohida-alohida harakat yo‘nalishlari mavjudligini ham inkor etib bo‘lmaydi. Bunday holda agar faqat o‘qituvchi faoliyatini nazarga solsak, o‘qitish metodlari haqida, o‘quvchi faoliyatini nazarda tutganda esa bilish metodlari haqida gapirish o‘rinli bo‘ladi.



Shu o‘rinda “usul” atamasi haqida ham to‘xtab o‘tish zarurati seziladi. Ta’limdagi usullar ta’lim metodlarining tarkibiy qismi yoki uning alohida olingan bir tomonidir. Odatda har bir metodning o‘ziga xos va o‘ziga mos usullar tizimi bo‘ladi. Metod qo‘yilgan pedagogik vazifani to‘la-to‘kis amalga oshirish imkonini beradi. Usul esa mana shu yaxlitlikning alohida bir bosqichini, uning bir qismini ro‘yobga chiqarishda yordam beradi. Bitta usul turli metodlar tarkibida namoyon bo‘lishi mumkin. Qolaversa, usullarning muqimlik darajasi ham bir xil emas. Bir metod tarkibida bir o‘qituvchi qo‘llagan usullar bilan boshqa bir o‘qituvchi qo‘llagan usullarning soni, shakl va mazmunining tubdan farq qilishi tabiiy hol deb qaraladi. Metod va usullarning o‘rni almashib qo‘llanishi ham mumkin.

I. Y. Lerner tasnifida metodlar quyidagicha guruhlanadi:

1. Tushuntiruvchi-illyustrativ metod (u axborot beruvchi – retseptiv metod deb ham yuritiladi).

2. Reproduktiv metod.

3. Muammoli bayon etish metodi.

4. Evristik yoki qisman izlanuvchanlik, tadqiqotchilik metodi.

Ayrim mutaxassislar oxirgi bandni ikkiga ajratib ham ko‘rsatishadi.



Ta’lim metodlarining asosiy belgilari sifatida esa mutaxassislar ta’lim maqsadini, o‘zlashtirish vositasini, ta’lim vositalariga oid vositalarning o‘zaro aloqadorlik darajasini ajratib ko‘rsatishadi68.

N. I. Kudryashev adabiy ta’lim metodlari orasida ijodiy o‘qishni alohida ajratib ko‘rsatadi69. Ushbu metodni amalga oshirishda esa ifodali o‘qish, sharhli o‘qish, suhbat, shaxsiy taassurotlar asosidagi ijodiy topshiriqlar, mashg‘ulot jarayonida o‘quv muammolarini qo‘yish va boshqa usullar sanab o‘tiladi. O‘qish, yod olish, tinglash, reja tuzish, qayta hikoyalash, ixcham taqrizlar yozish, illyustratsiyalarni kuzatish va ularga munosabat bildirish esa o‘quvchilarning faoliyat turlari sifatida ko‘rsatiladi.

Tadqiqot metodining mohiyati shundaki, u adabiy asarni mustaqil ravishda tahlil qila olishga oid ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish imkonini beradi. Bunda muammoli savollarni tadqiqotchilikka oid vazifalarni qo‘yish asosiy o‘rin tutadi. Faoliyat turlari sifatida esa badiiy asarni yaxlitligicha yoki qisman mustaqil tahlil qilish, qiyoslash, sahna asari yoki ko‘rilgan kinofilmga munosabat bildirish ajratiladi.


Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish