Mahmudxo‘ja Behbudiy (1875–1919) metodika tarixida ham tegishli iz qol-dirgan yirik siymolardan biri. U ta’lim mazmuni, ta’limni tashkil etishning o‘ziga xosliklari, ta’lim jarayonidagi o‘qituvchi va o‘quvchilarning mavqelari haqida qizi-qarli va jiddiy fikrlarni bildirgan. Jumladan, ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lgan hamda Sharq ziyolilarining ko‘plab avlodlarni olamshumul obro‘-e’tibor topishlariga imkon bergan madrasa ta’limining o‘z zamoniga kelib oqsab qolganligini, rivoj-lanishning mazkur bosqichida taraqqiyotdan orqada qolayotganligini o‘zi anglaydi, buni boshqalarga ham anglatish yo‘lidan boradi. Uning bevosita tashabbusi bilan «ibtidoiy sinflarda diniy dars va ilmlardan namoz o‘qish, haftiyaki sharif, maorifi iymon va e’tiqod, ibodati islomiya, tajvid, tarixi anbiyo, ahli sunnat aqidasi kabilar o‘rgatilsa, dunyoviy dars va fanlardan alifbo, yozish, she’r (nazm) va nasr, insho, hisobdan to‘rt amal, jug‘rofiya, bir oz ahvoli olam va dunyo odamlaridan ma’lumot beriladi, bolalarning xat va savodi mukammal chiqadi»31.
Do'stlaringiz bilan baham: |