DARS ISHLANMASI (KONSPEKT)
Dars sanasi:_____________ Sinf: ___________
Fan nomi: Alifbo
Dars mavzusi: Alifbo, “Alifboni o’rgandim” she’ri
Dars maqsadi:
a) ta’limiy maqsad: o’quvchilarga mavzuni to’liq yetkazish, mavzu haqida bilim va ko’nikma hosil qilish
tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarning o’zaro bir-birlari bilan do’stona munosabatlarini tarbiyalash
rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning o’qishga va yozishga, bilim olishga bo’lgan qiziqishlarini rivojlantirish
Dars turi: aralash
Dars uslubi: kichik guruhlarda ishlash, yakka holda ishlash
Darsda foydalaniladigan jihozlar: rasmlar, ko’rgazma, harf xaltasi, kesma harflar, „Alifbe“ varag’iga moslab ishlangan ko’rgazmali qurol
Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on,
Shundan bilursankim ilm bepoyon.
Dars jarayoni va texnologik xaritasi
Ishning nomi
|
Bajariladigan ishning mazmuni
|
Metod
|
Vaqt
|
1-bosqich
Tashkiliy qism
|
Darsni tashkil etish. O’quvchilarning davomatini aniqlash. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi
|
Suhbat
|
2 minut
|
2-bosqich Ehtiyojlarni aniqlash
|
O’quvchilarning ehtiyojlarini aniqlab, mavzuga oid tushunchalar beriladi.
|
Savol-javob
|
3 minut
|
3-bosqich Yangi mavzu bayoni
|
O’quvchilarning maktabga moslashuvini aniqlash
Alifboni takrorlash
“Alifboni o’rgandim” she’rini o’qish
|
Tushuntirish, izlanish
Og’zaki savol-javob
|
31 minut
|
4-bosqich Mustahkamlash
|
She’rni ifodali o’qish
Dam olish daqiqasi
|
Muammoli izlanish
|
6 minut
|
5-bosqich rag’batlantirish
|
O’quvchilarning darsga ishtiroki hisobga olinib rag’batlantiriladi
|
|
3 minut
|
Darsning borishi:
1-2 bosqichlar texnologik xarita asosida tashkil etiladi
O’tilgan mavzu yuzasidan aqliy hujum savollari beriladi:
O’tgan darsimizda qaysi tovushni o’rgangan edingiz?
Do’stlik haqida o’rgangan edik
Sinfdosh bir-biri bilan qanday munosabatda bo’lmog’I kerak?
Do’stlaringiz ko’pmi?
She’rni kim ifodali aytib beradi?
Do’stlik haqida maqollardan ayting
Takrorlash orqali o’quvchilar bilimini mustahkamlash.
Harflar lentasidagi harflar bir boshdan o’qib takrorlanadi.
3. Yangi mavzuni tushuntirish
O’quvchilar diqqati doskaga jalb qilinadi. Yangi mavzu e’lon qilinadi.
- Hurmatli bolajonlar, bugun biz siz bilan yil boshidan buyon “Alifbo”ning barcha harflarini o’rganib oldik. Endilikda siz har qanday so’zlarni bemalol yoza olasiz, o’qiy olasiz! Endi Alifbe bayramiga tayyorgarlik ko’rib, “Alifbo” kitobi bilan bilan tantanali ravishda xayrlashamiz.
ALIFBONI O’RGANDIM
Mana endi alifbodan
Chiqib qoldi savodim,
Bag’ishlayman senga, Vatan,
Bor bilimim, sabotim.
Diyorim – hur O’zbekiston
Gullar yurti bo’lajak.
Kutar meni baxtli davron –
Go’zal, porloq kelajak.
O’quvchilarga she’r o’qitiladi. She’r yuzasidan suhbat o’tkaziladi.
4. Dam olish daqiqasi
“Alifbe bayrami” matni ifodali o’qiladi. Mavzu yuzasidan suhbat o’tkaziladi.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
- Siz Alifbe bayramiga qanday tayyorgarlik ko’ryapsiz?
V. O’quvchilarni darsga ishtirokiga qarab rag’batlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |