Rollar
|
Qilinadigan ishlar
|
Topag‘on
|
O‘rganilayotgan matndan badiiy asar mohiyati va qahramon tabiati aks etgan kalit so‘zlarni topadi va tanlaydi.
|
Izquvar
|
Asar bosh qahramoni va yetakchi obrazlarning xatti-harakatlari va o‘ylarini turli chizma, sxema, grafik vosita va jadvallar vositasida ko‘rsatmali aks ettiradi.
|
Tadqiqotchi
|
Kalit so‘zlar va chizmalarga tayanib bosh qahramonning psixologik portretini yaratadi va uning xatti-harakatlari sababini aniqlaydi.
|
Aloqachi
|
Badiiy matn bilan hayot orasidagi aloqani topadi, adabiy qahramonni bugunning nazari bilan baholaydi.
|
Ajratuvchi
|
Faqat shu asarda uchrab, uning o‘qishliligini ta'minlagan noyob so‘z, birikma va ifodalarni topadi va guruh a'zolari e'tiboriga havola qiladi.
|
Bezakchi
|
Bosh qahramon va yetakchi timsollar, ularning xatti-harakatlari, asar voqealari kechgan sharoitni aks ettiruvchi rasmlar chizadi.
|
Taqdimchi
(etakchi)
|
Vaqtni nazorat qiladi, guruhda material to‘plash va muhokama qanday borayotganini kuzatadi. Guruh nomidan chiqish tayyorlaydi, natijani taqdim etadi.
|
Ta'kidlash joizki, interfaol usullarni an'anaviy ta'lim metodlariga mutlaqo qarshi qo‘yib bo‘lmaydi. Ular bir-birlarini inkor etadigan, biri boshqasiga halaqit beradigan emas, balki bir-birini to‘ldiradigan ta'lim usullaridir. O‘qitish jarayonida yo an'anaviy, yoxud interaktiv metoddan birini tanlash kerak qabilida yondashish ma'rifiy jaholatdan boshqa narsa emas. Ta'lim metodlari son-sanoqsiz va ularning har biri o‘zi qo‘llanilayotgan vaziyat uchun betakror ahamiyatga egadir. O‘qitish jarayonida qo‘llaniladigan biror metodni hamisha samara keltiradigan universal usul deb aytish metodika ilmi va amaliyotidan bexabarlikdir. Ta'limning an'anaviy metodlarini interaktiv usullar bilan bir dars ichida ham birgalikda ishlatish mumkin. Ularni bir-biriga qarshi qo‘yish pedagogik mantiqqa tamomila ziddir.
Xulosa qilib aytganda, kasb-hunar kollejlarida adabiyot bo‘yicha o‘qish va o‘qitishni interaktiv metodlar asosida yo‘lga qo‘yish milliy ta'lim jarayonini yangi bosqichga ko‘taradi, o‘quvchilarning bilimlarni mustaqil o‘zlashtirib, ularni ko‘nikma va malakalar holiga keltirishni tezlashtiradi. Eng muhimi, interfaol usullar kollej o‘quvchilarining ma'naviyati shakllanishiga ham ijobiy ta'sir ko‘rsatadiki, bu millat yoshlari shaxsiyatining barkamolligiga xizmat qiladi.
Zamonaviy dars usullari tashkil etilgandan so‘ng, baholash mezonlari ham yangilanishi zarur. Noan'anaviy dars natijasida baholash mezonlarida ham quyidagicha o‘zgarishlar vujudga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |