O`zbek tili va adabiyotini o`qitish metodikasi fanidan ma’ruza (VI semester 4-kurs) Individuallik



Download 1,12 Mb.
bet1/111
Sana18.04.2022
Hajmi1,12 Mb.
#561052
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111
Bog'liq
O`zbek tili va adabiyotini o`qitish metodikasi


O`ZBEK TILI VA ADABIYOTINI O`QITISH METODIKASI
fanidan ma’ruza
(VI semester 4-kurs)

Individuallik – insonning takrorlanmas havasi, qiziqishi, iste`dodi, qobiliyati, darsga munosabati, tayyorlanish darajasi, ruhiy holati hisobga olinadi va yillar davomida o`rganib boriladi


Kirish. Adabiyot o`qitish metodikasining umumnazariy masalalai. Adabiyot o`qitish metodikasining tarixi va shakllanish taraqqiyoti
Reja:

  1. Adabiyot o‘qitish nazariyasi va metodikasi adabiy ta’lim mazmunini belgilovchi fan sifatida.

  2. Ta’lim bosqichlarida adabiyotni o‘quv fani va san’at hodisasi sifatida o‘rganish xususiyatlari.

  3. Adabiyot o‘qitish nazariyasi va metodikasi fanining shakllanishi, rivojlanish tarixi.

  4. Eng qadimgi davrlarda Adabiyot o‘qitish nazariyasi va metodikasi.

  5. 3.Adabiyot o‘qitish nazariyasi va metodikasi tarixida jadidchilik davri.

  6. 4.1930–1990-yillarda Adabiyot o‘qitish nazariyasi va metodikasi fanining o‘ziga xos xususiyatlari.

Tayanch so‘zlar:
Adabiyot o‘qitish nazariyasi va metodikasi, fan, san’at, ta’lim, tarbiya, rivojlantirish, badiiy tafakkur, pedagogik texnologiya, pedagogik jarayon, maxsus kompyuter, texnik vosita, elektron darslik, adabiy ta’lim, Adabiyot o‘qitish nazariyasi va metodikasi tarixi, jadidchilik davri, qo‘llash, tizim, metod, ta’rif, badiiy tafakkur, pedagogik jarayon.qarashlar, rivojlanish tarixi, Mustaqillik yillari, metodist olimlar, yaratish,


Faollashtiruvchi savollar:

  1. « Metod» va « metodika» so‘zlariga qanday ta’rif bera olasiz?

  2. Adabiy ta’lim hamda boshqa fanlarni o‘qitishning o‘xshash va farqli tomonlari qaysi jihatlarda namoyon bo‘ladi?

  3. Adabiyot o‘qitish nazariyasi va metodikasini fan sifatida o‘rganish shart. “Mullo bilganini oqiydi…” qabilida ish olib borish maqsadga muvofiq. Ushbu fikrlarga o‘z munosabatingizni bildiring, sizningcha, qanday bo‘lgani ma’qul?

  4. Adabiyotshunoslik hamda Adabiyot o‘qitish nazariyasi va metodikasi fanining vazifasi ortasida qanday farq bor?

  5. Mumtoz adabiy asarlarda adabiy ta’lim haqida qanday qarashlar ifodalangan?

  6. Jadidchilik davrida ta’lim-tarbiya sohasida qanday ijobiy o’zgarishlar yuzaga keldi?

Adabiyotni o‘qitish uchun maxsus fan kerakmi? Jamiyatda shunga ehtiyoj bormi? Ta’lim bosqichlarida adabiyot fanini yaxshi o‘rganish va o‘rgatish uchun adabiyot muallimlari qayg‘urishi kerakmi yoki adabiyotshunoslarmi, pedagoglarmi yoki ruhshunos-psixologlarmi? Albatta, bunday savollarning keti uzilmaydi. Ular kecha berilgan edi, bugun ham berilmoqda, ularning ertaga berilmay qolishi amri mahol. Adabiyot o‘qitish, adabiy ta’lim, boshqa fanlarni o‘qitishdan anchayin keskin farq qiladi. Shunga ko‘ra uni fan sifatida qaraydiganlar bir guruhni tashkil etsa, adabiyot o‘qitishni san’at turi sifatida baholab, adabiyot o‘qituvchisining ishini ham san’atkoro‘zbek bir ish sifatida baholaydiganlar kam emas. Demak, ular Adabiyot o‘qitish nazariyasi va metodikasini ham san’at bilan tenglashtirishadi. Amaliyotchilik nuqtayi nazaridan qaraydiganlar esa Adabiyot o‘qitish metodikasini darslarning o‘tilishiga bevosita yordam beradigan, har bir darsning yaxshi va samarali bo‘lishiga amaliy ko‘mak bera oladigan soha deb bilishadi.
Ma’lumki, adabiyot ta’limning turli bosqichlarida xuddi boshqa predmetlar kabi o‘sib kelayotgan avlod–o‘quvchilarga mo‘ljallangan. Ta’lim jarayonidagi bar-cha fanlarning asosiy maqsadi va mohiyati o‘quvchilarda–o‘sib kelayotgan yosh avlodda muayyan sohalarga oid bilimlarning asoslarini shakllantirish, shularning negizida ularning boy ma’naviy olamini yaratishdan iboratdir. Bu vazifani amalga oshirishda badiiy adabiyot bilan teng keladigan birorta soha yo‘q deb ayta olamiz. Badiiy adabiyot alohida shaxsga ham, butun jamiyatga ham kuchli darajada ta’sir ko‘rsata olish imkoniga ega. U jamiyatning o‘z-o‘zini anglashida, uni insonpar-varlashtirishda beqiyos imkonlarga ega. Adabiyot ijtimoiy ongning ko‘rinish-laridan biri sifatida o‘zida xalq xotirasini mujassamlashtiradi, uning axloqiy-ma’naviy qadriyatlarini asrlardan asrlarga, ajdodlardan avlodlarga olib o‘tadi. Shunga qaramay, badiiy adabiyotga bo‘lgan munosabatlarning ham nihoyatda xilma-xilligini, ularning orasida «bevosita naqd foyda»ni ko‘zlab o‘qish tamoyil-larining ham mavjudligini e’tirof etishga to‘g‘ri keladi. Buni adabiyotshunos D. Quronov shunday ifodalagan: «Hozirgi kunda, taassufki, badiiy asarga noijodiy yondashish o‘quvchi ommaning aksariyatiga xos bo‘lib qolayotir. Ko‘pchiligimiz badiiy asarni ma’naviy-ruhiy imkoniyatlarimizni kengaytirish ehtiyoji bilan emas, ko‘proq hordiq chiqarish niyati bilan o‘qiydigan bo‘lib qolyapmiz. Do‘konlarimizda yaltiroq muqovali, oldi-qochdi gaplarga to‘la kitoblar salmog‘ining ortib borayotgani ham shundan dalolat beradi. Totalitar yondashuv natijasida ko‘pchilik asardan voqea qidiradi, bu toifa uchun «O‘tkan kunlar» Otabeg-u Kumushning sarguzashtlaridan boshqa narsa emas, «Qutlug‘ qon» – Yo’lchi bilan Gulnor sevgisi-yu bir ablah boyning to‘g‘anoq bo‘lishi, xolos...– xullas, biz vositani maqsad deb tushunadigan bo‘lib qolyapmiz».
Demak, biz badiiy adabiyotni o‘rganish yo‘llarini ham bilishimiz zarur bo‘ ladi. Shunday ekan, bu fan o‘quvchi-yoshlarning o‘ziga xos xususiyatlari, bu o‘ziga xosliklarning adabiy ta’lim bilan bog‘liq jihatlari haqida mulohaza yuritadi. Adabiyot o‘qitish nazariyasi va metodikasi fani o‘z nomiga munosib ravishda o‘quvchilarga badiiy adabiyot bilan yaqinlashish, oshno bo‘lish va ularni tahlil qilish yo‘llarini ko‘rsatishga yo‘naltirilgan. Ayni paytda u kitob ustida ishlashni, badiiy o‘qishni tashkil etishni, o‘quvchilarning adabiyotga bo‘lgan qiziqishlarining shakllanish va rivojlanish yo‘llarini ko‘rsatishi bilan ham e’tiborlidir. Ayni shu fan adabiyot darslarini tashkil qilish, bu darslarda qo‘llanadigan metod va usullar, o‘quvchilarning og‘zaki hamda yozma nutqlarini shakllantirish va rivojlantirish haqida tasavvur uyg‘otadi, shu haqidagi bilimlar tizimini taqdim etadi. Mana shular zamirida esa o‘quvchilarga jamoaviy, guruh-guruh yoki individual yondashishning yo‘l-yo‘riqlarini beradi. Xitoy maqollarining birida shunday deyi-ladi: «Insonning qo’liga bir do‘zbek baliq ber – u bir kun to‘q bo‘ladi, unga baliq tutishni o‘rgat – u butun umri davomida to‘q yuradi»1. Demak, bir ish qilish uchun shu ishni qanday qilib yaxshiroq va natijaliroq tarzda amalga oshirish mum-kin degan savolga javob izlash maqsadga muvofiq bo’ladi. Bizning holatimizda bu savolga Adabiyot o’qitish nazariyasi va metodikasi fani javob beradi. Metodika faniga berilgan ta’riflarning nihoyatda xilma-xil ekanligi ko’zga tashlanadi (sxemaga qarang). Nazarimizda, ushbu ta’riflarda fanning asosiy mohiyati ancha yorqin ko’rsatib berilgan.

Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish