O`zbek tili va adabiyotini o`qitish metodikasi fanidan ma’ruza (VI semester 4-kurs) Individuallik



Download 1,12 Mb.
bet4/111
Sana18.04.2022
Hajmi1,12 Mb.
#561052
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111
Bog'liq
O`zbek tili va adabiyotini o`qitish metodikasi

Dilshod Barno (1800-1906) bergan ma’lumotlarga qaraganda XIX asr mak-tablarida adabiy ta’limning alohida o‘rni va mavqei bo‘lgan. Bu haqda, jumladan, shunday ma’lumotlar bor: «Hamdam va hamsuhbatlarim zehnli shoira qizlar bo‘-lib, 51 yil maktabdorlik qildim. Maktabda a’lo va o‘rta o‘quvchilardan doim 20 va 30 qiz ta’lim olar edilar. 891 qizni savodli qilib chiqardim. Ulardan yaqin to‘rtdan bir qismi tab’i nazmi bor shoira, oqila qizlar edi»21. Anbar Otindek buyuk shoira ham Dilshod Barno maktabining o‘quvchisi bo‘lganini eslasak, bu davrdagi adabiy ta’limning natijalarini tasavvur qilishimiz osonlashadi. O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi, asosan, yigirmanchi asrning 20-yillarda fan sifatida shakllandi va rivojlanib bordi. O‘zbek adabiyotini o‘qitish usulining mustaqil fan ekanligi shundaki, boshqa fanlardagi kabi uning ham o‘rga-niladigan, tadqiq etiladigan predmeti mavjud bo‘lib, u badiiy adabiyotdir. Umumiy siyosiy hayotdagi o‘zgarish madaniy hayotning hamma tarmoqlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Behbudiy, A.Avloniy, H.H.Niyoziy, A.Qodiriy, Cho‘lpon kabi shoir va yozuvchilar o‘zbek xalqining ma’rifatli bo‘lishi, yangi tur va mazmundagi adabi-yotni yaratish uchun harakat qildilar. Behbudiy «Padarkush» asarida dastlab ma’rifatning inson hayoti, insoniyat taqdiri uchun qanchalik katta ahamiyat kasb etishini badiiy jihatdan tadqiq etadi. Milliy, insoniy qadriyatni anglashda ma’rifatli bo‘lish zarurligini, ma’rifat va jaholatni-ezgulik va yovuzlik timsoli sifatida tasvirlaydi.
Abdulla Avloniy 1878 yil 12 iyulda Toshkent shahridagi Mergancha mahallasida Miravlon aka hamda Fotima opalar xo‘zbek donida dunyoga kelgan. U dastlab Akramxon domlaning xususiy maktabida savod chiqaradi, 1890 yildan avval mahalladagi madrasada o‘qiy boshlaydi, so‘ng uni Shayxontahurdagi Abdul-malikboy madrasasida davom ettiradi. «Adabiyotga havas unda shu yillari uy-g‘ondi. Navoiy she’riyatiga, Fuzuliy g‘azallariga mehr qo‘ydi. So‘ngsiz bir ishti-yoq bilan fors tilini o‘rgandi. Sa’diy va Hofizning sehrli olamidan zavq-shavq oldi»22. Avloniy shoir, nosir, dramaturg, publitsist va mudarris sifatida shuhrat qozondi. U dastlabki milliy darslik va qo‘llanmalar muallifi hamdir. Toshkentdagi dastlabki usuli jadid maktablarining tashkil etilishi Avloniy (1904) nomi bilan bog‘liq. Uning Mirobod (1907-1908), Degrez mahallalarida (1909) maktab ochganligi yaxshi ma’lum. Muhimi, u mazkur maktablar uchun zarur bo‘lgan darsliklarni ham yaratadi.
«Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim», «Turkiy Guliston yoxud Axloq», «Maktab gulistoni» shular jumlasidandir. B. Qosimov uning o‘z davrida bosilmay qolgan «Uchinchi muallim», «Maktab jug‘rofiyasi», «Hisob masalalari» darsliklarini ham ko‘rsatgan edi23.
«Muhtaram muallim afandilarimizdan rijo qilurmanki, bizning «Birinchi muallim»imizdan ham olub, tajriba qilub, o‘qutub ko‘rsalar», – deydi muallifning o‘zi. Unda didaktik ruh nihoyatda kuchli bo‘lgan hikoya va ibratnomalar jamlangan. Yolg‘onchilikni qoralash («Yamonliq jazosi»), sabr-toqatli va qanoatli bo‘lish («Qanoat»), yaxshilik qilishga da’vat («Yaxshilik yerda qolmas») singari ezgu g‘oyalar ularning asosiy mazmunini tashkil etadi.
«Ikkinchi muallim» kitobining muqaddimasida muallif «Birinchi maktablarimizning shogirdlarina alifbodan so‘ng o‘qutmak uchun ochuq til va oson tarkib ila yozulub, axloqiy hikoyalar, adabiy she’rlar ila ziynatlanmish»24,– deb ta’kidlagan bo‘lsa, «Turkiy guliston yoxud Axloq» asari muqaddimasida «Men bu asari nochizo‘zbek mni25 birinchi maktablarimizning yuqori sinflarida ta’lim bermak ila barobar ulug‘ adabiyot muhiblari26, axloq havaskorlarining anzori27 oliylarina taqdim qildim»28,– deydi.
A.Avloniy tarbiyaning bu o‘zgartiruvchi kuchiga, odamzod tabiatini o‘zgartirish ta’siriga katta baho beradi: «Axloqimiz binosining go‘zal va chiroyli bo‘lishiga tarbiyaning zo‘r ta’siri bordur. Ba’zilar tarbiyaning axloqqa ta’siri yo‘q, insonlar asl yaratilishida qanday bo‘lsalar, shunday o‘sarlar, tabiat o‘zgarmas….. – demishlar. Lekin bu so‘z to‘g‘ri emasdur. Chunki tarbiyaning axloqqa, albatta, ta’siri bo‘ladur. Oramizda masal borki, «sut ila kirgan jon ila chiqar», mana bu so‘z to‘g‘ridur»29. Tadqiqotchi R.Barakayev Avloniyning «Muxtasar tarixi anbiyo va tarixi islom» kitobini bolalar uchun maxsus moslashtirilgan kitob sifatida baholaydi: «Aslida Qur’oni Karimdagi oyatlarning yettidan bir qismini ajratib olib, boshlang‘ich maktablarda aynan shu qismni o‘rgatishning o‘zi ham kattalar uchun yaratilgan asarni bolalarga moslashtirish (adaptatsiya)ning bir usuli sifatida baholanishi joiz»….. «Inchunin, «Muxtasar tarixi anbiyo va tarixi islom» ham an’anaviy «Tarixi anbiyo»larni soddalashtirish va yosh kitobxonlar saviyasiga moslashtirish mahsuli sifatida XX asr boshlaridagi o‘zbek bolalar adabiyotidagi o‘ziga xos izlanishdir»30.
Abdulla Avloniy muharrir sifatida «Shuhrat» gazetasini (1907-yil 4-dekabr) nashr etadi. 1917-yil Fevral inqilobidan keyin esa «Turon» gazetasini chiqara boshlaydi. Bu gazetaga «Yashasin xalq jumhuriyati!» degan shior tanlangan edi. Avloniy «Hijron» taxallusi bilan she’rlar yozadi, publitsistik maqolalari ostiga esa «Mulla Abdulla», «Avloniy», «Abdulla Avloniy», «Indamas» deb imzo chekardi. U teatrda ayrim rollarni ijro etgan aktyor sifatida ham mashhur edi. O‘zi «Advokatlik osonmi?», «Pinak», «Biz va Siz», «Ikki sevgi», «Portugaliya inqilobi» singari dramalarini yozadi. Abdulla Avloniy «Maktab Gulistoni» darsligida adabiy asarlarni ifodali o‘qishning yakka va ko‘pchilik bo‘lib o‘qish, ifodali o‘qish, dialog, drama holiga keltirish turlarini ko‘rsatadi.

Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish