AJINIYAZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA
UNIVERSITETI
HARAKATLARGA O‘RGATISH BOSQISCHLARINING TUZILISH ASOSLARI ” mavzusida bajarilgan
Mustaqil ishi
Bajaruvchi: 2-A Guruh talabasi JUMANIYAZOV IZZATBEK
Qabul qiluvchi: SAPARBAYEV ESEN
NUKUS-2022 YIL
KIRISh
1.4. Harakatli oyinlar haqida umumiy tushuncha
Harakatli oyinlarni toplash va ularni hayotga tadbiq etish, ulardan oqilona foydalanish bugungi kunda oldimizda turgan ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega bolgan muhim vazifa bolib hisoblanadi. Ushbu vazifa yosh avlodni soglom va barkamol qilib tarbiyalovchi jismoniy tarbiya oldida ham katta masuliyat yuklaydi. Yoshlarni har tomonlama jismonan baquvvat qilib tarbiyalashga imkon beradigan, oquvchilar jismoniy sifatlarini rivojlanishiga qaratilgan bu muammoni umumtalim maktab qouvchilari jismoniy madaniyatini tashkiliy va pedagogik jarayonlar bilan birga bir-biriga boglab kelgan uzviylikda korib chiqish lozimligini keltirib chiqaradi, bunda harakatli oyinlarni roli kattaligini qayta-qayta takidlab otmoqchimiz. Shuning uchun xalqimizning asrlardan asrlarga otib kelayotgan milliy oyinlarini avaylab-asrab, keyingi avlodga yetkazish yollarini izlab, ishlab chiqish va hayotga tadbiq etish bizning maqsadimizdir.
Harakatli oyinlar jismoniy tarbiyaning eng tasirchan usullaridan bolib, oquvchilarda aqliy, axloqiy va nafosat tarbiyasini birgalikda muvaffaqiyatli amalga oshirishda muhim vositadir. Shuning uchun bolalar oyinlarining ruhi, tabiati, saviyasi, ishtirokchilarning xatti-harakatlari kabi jihatlariga ham etibor berish zarur. 11-12 yoshli voleybolchilarda umumiy va maxsus jismoniy tarbiyani qiziqarli va foydali otkazish uchun biz tavsiya etayotgan bazi harakatli oyinlardan foydalanishda ham xudi shu xususiyatlarga etibor berish kerak.
Harakatli oyinlar oquv-trenirovka mashgulotlarida yordamchi vosita sifatida qollaniladi. Chunki oyin shugullanuvchilarda qiziqishni oshiradi, ularga zavq bagishlaydi, ish qobiliyatini tezroq tiklanishini taminlaydi. Oyin tufayli charchashni unutadilar, trenirovka mashgulotlarini diqqat bilan bajaradilar (A.Sh.Qosimov).
Hamma oyinlar shugullanuvchilar organizmiga kompleks tasir korsatadi. Shuning uchun ham oyinlarga umumiy jismoniy tasir korsatuvchi mashq sifatida rivojlantiruvchi vosita bolib hisoblanadi.
XIX asrda V.G.Belinskiy, N.G.Chernishevskiy, N.A.Dobrolyubov va D.N.Pisarevlar Rossiyada oquv-tarbiya ishlarida, jumladan, jismoniy tarbiyada harakatli oyinlardan keng kolamda foydalanish lozimligini aytganlar. Ular harakatli oyinlarga xalqning sogligini mustahkamlash va har tomonlama tarbiyalash vositasi sifatida qaraganlar.
G.V.Plexanov jamiyatning tarixiy rivojlanish jarayonida mehnat oyindan yuqori tursa ham, lekin bola hayotida oyin faoliyati mehnatdan oldin ekanligini birinchi bolib isbotlab bergan edi.(15,17)
P.F.Lesgaft ozining jismoniy mashqlar sistemasida oyinlarni jismoniy tarbiya vositasi sifatida ifodalaydi. U oyin yordamida hayotga tayyorlanishini aytadi. P.F.Lesgaftning harakatli oyinlarni yotkazish uchun qoygan talablari hozirgi paytgacha oz qimmatini yoqotgani yoq; chunonchi, u har bir oyin oldiga aniq maqsadlar qoyishi, otkazilayotgan oyinlar qatnashuvchilarning kuch va qobiliyatlariga mos kelishi, oyin shugullanuvchilarga ijobiy emosional tasir korsatishi lozimligini, oyinlarni sistemali tarzda va muntazam ravishda otkazish, qatnashuvchilarning aktivligi va mustaqilligini oshirishga harakat qilish zarurligini oqtirgan edi.
N.K.Krupskaya oyinlar bola hayotida katta rol oynashini takidlab, shunday degan edi: «Bolalar faqa toqish mobaynida osib qolmay, balki oyin jarayonida ham organadilar, ular uyushishni organadilar, hayotni tushunishni organadilar». N.K.Krupskayaning fikricha, ishni shunday tashkil qilish kerakki, oyinlar yosh avlodni tarbiyalashga yordam bersin. Oyinlar har xil boladi. Bazi oyinlar borki, ular bolalarda qopollikni, maqtanchoqlikni, kekkayishni va boshqalarni ostiradi. Shunday oyinlar borki, ular oz ortogiga yordam berish, chidamli bolish kabi fazilatlarni tarbiyalaydi.(35,36)
A.S.Makarenko oyinlar bolalar va yoshlarni mehnatga tayyorlaydi, deb hisoblardi. Uning fikricha, kattalar hayotida mehnat qanday ijobiy rol oynasa, bolalar hayotida ham oyin shunday katta ahamiyatga ega. A.S.Makarenko maxsus ish harakatlariga oxshash harakatlarni talab etuvchi oyinlarni birinchi oringa qoyar edi.
Harakatli oyinlar, estafeta oyinlari maktab sport seksiyasida yetakchi orin olishi kerak.
Harakatli oyinlar basketbol, voleybol, futbol, qol topi va boshqa seksiyalarda koproq qollanadi. Shuningdek, gimnastika, yengil atletika va suzish seksiyalarida ham harakatli oyinlardan foydalaniladi.
Seksiyalarda har xil oyinlardan muntazam ravishda orinli foydalanish oquvchilarning jismoniy barkamolligiga, ulardagi malakalarning takomillashuviga katta yordam beradi. Oquvchilarda zaruriy jismoniy sifatlarni rivojlantirish uchun jismoniy tarbiya darslarida ilgari organilgan oyinlarni yangi qoidalar asosida yangi variantlarda otish lozim.
Seksiyalar ishida harakatli oyinlardan keng foydalanishda bolalarning yosh xususiyatlarini, shuningdek, mahalliy va mavsumiy sharoitlarni aniq hisobga olish kerak. Uncha tayyorgarlik kormagan kichik maktab yoshidagi qouvchilarga juda kop va xilma-xil oyinlar orgatiladi.
Yaxshiroq tayyorgarlik korgan gruppalarda oyinlar kamroq otkaziladi. Ozbekistonda bahor, yoz va kuz paytlarida Ayniqsa, basketbol, voleybol, qol topi, tennis va yengil atletika seksiyalari ishlab turishi, bunday vaqtlarda «Chillak», «Qoziq», «Kamalak», «Oq tosh» singari milliy va rus xalq oyinlaridan foydalanish lozim.
Har xil harakatli va sport yosinidagi oyinlardan, shuningdek, yengil atletika mashqlaridan foydalanishda qouvchilarda musobaqalarga qiziqish uygotish goyat foydalidir.
Oquvchilar kopincha oyinga berilib ketib, uni ozgartiradilar, eski qoidalarni yigishtirib qoyib, yangilarini oylab chiqaradilar, maqsadga erishish yolini qiyinlashtiradilar va shu tariqa yangi oyinni vujudga keltiradilar. Ana shuning uchun oyinlarni takrorlashdan (ayniqsa bolalarning istagi bilan bogliq hollarda) sira erinmaslik kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |