O`zbek tili va adabiyotini o`qitish metodikasi fanidan ma’ruza (VI semester 4-kurs) Individuallik



Download 1,12 Mb.
bet3/111
Sana18.04.2022
Hajmi1,12 Mb.
#561052
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111
Bog'liq
O`zbek tili va adabiyotini o`qitish metodikasi

Ibn Sino 980- yil (hijriy 370- yil)da Buxoro yaqinidagi Afsho‘zbek qishlog‘ida dunyoga kelgan. U qomusiy olim bo‘lib taniladi. Olimning tib ilmida nihoyatda benazir bo‘lganligini yaxshi bilamiz. Ayni paytda olimning asarlarida ta’lim va tarbiya, ayrim fanlarni o‘qish-o‘rganishga oid qimmatli fikr-mulohazalar ham talaygina. U o‘z pedagogik qarashlarida muhitning shaxs tarbiyasiga jiddiy ta’sir ko‘rsata olishini maxsus uqtiradi. Olim ilm olishning uzluksiz jarayon ekanligini, biroq olam sirlarini bilishda inson doimo intilishi, harakat qilishi zarurligini ta’kidlaydi:
Ibn Sinoning qaydlaridan biz o‘sha davrdagi ta’lim-tarbiya tizimi hamda uning mazmun va mohiyati haqida ayrim tasavvurlarga ega bo‘lishimiz mumkin. Uning yozishicha, «Bola olti yoshga yetgach, uni murabbiy va muallim ixtiyoriga topshiriladi. Ta’lim asta-sekinlik bilan berilishi kerak; birdaniga uni kitobga bog‘lab qo‘ymaslik lozim»11. Olim ayrim adabiy namunalarning inson ruhiyatiga kuchli ta’sir qilishini kuzatgan. Jumladan, oshiqlik holati haqida gapirib, shunday deydi: «G‘azal eshitganda ahvoli shodlik va kulguga yoki g‘amginlik va yig‘iga tomon o‘zgaradi, ayniqsa, judolik va hajr tilga olinganda shunday bo‘ladi»12.
Abu Rayhon Beruniy (973–1048) ilmiy merosida ham olam hodisalarni o‘rganishga imkon beradigan ko‘plab fikr-mulohazalar mavjud. U «ko‘z bilan ko‘rgan eshitgandan afzaldir» degan aqidaga rioya qiladi. Bilimni esa «qaytarish va takrorlash natijasidir»13, deb biladi. U bilim olishda va o‘rgatishda usullarning xilma-xilligini, shakllarning rang-barangligini e’tirof qilgan. Chunki deydi olim, «doimo bir xil narsaga qaray berish malolli va sabrsizlikka olib keladi. (O‘quvchi) fandan fanga o‘tib tursa, turli bog‘larda yurganga o‘xshaydi, birini ko‘rib ulgurmay, boshqasi boshlanadi va u kishi «Har bir yangi narsada lazzat bor», deyilganidek, ularni ko‘rishga qiziqadi va ko‘zdan kechirishni istaydi»14. Olim “Avesto”, «Kalila va Dimna», arab adabiyoti, hind adabiyotiga oid ko‘plab misollarni tahlil qiladi, qiyoslaydi, ulardan o‘rnak va namunalar olishga chaqiradi.
Ayrim asarlarni o‘qish uslubi eshituvchilarga ta’sir qilishning muhim omili ekanligi qadimgi turkiylarga yaxshi ma’lum bo‘lgan. Jumladan, "Tishastvustik" sutrasida deklamatsiya bilan o‘qishga ko‘rsatma berilgan. M.Qoshg‘ariyniig "Devonu lug‘ot it-turk"i orqali XI asrgacha bo‘lgan turkiy ta’lim-tarbiya tizimi haqida ayrim ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin. Jumladan, u alohida, birgalashib va ko‘plashib o‘qish haqida ishoralar beradi.
Yusuf Xos Hojib so‘z va uning ma’nolari haqida alohida to‘xtab o‘tadi. U so‘zni, ayniqsa, badiiy so‘zni muqaddas hodisa sifatida sanaydi:
Yashil ko‘kdin indi yag‘iz yerka so‘z,
So‘zi birli yangluq ag‘ir qildi o‘z.
So‘z bo‘z yerga yashil ko‘kdan tushdi,
So‘zi tufayli inson o‘zini ulug‘ qiladi.
Adib tilni uquv va bilimlarning tarjimoni deb biladi. U elchilar haqidagi bobda so‘zning ichki va tashqi, o‘z va ko‘chma ma’nolari haqida gapiradi. Insonning aqlu zakovati mana shu hodisalarni ajrata olishida ham namoyon bo‘lishini ta’kidlaydi.
Uqushlug‘ kerak kaz yalavach, o‘rug,
Biliglig kerak so‘zka, bilga, yo‘rug.
Yana bilsa so‘znung ichi ham tashi,
Etilsa aning o‘tru buzmish ishi.
Elchi juda zakovatli, xotirjam (bo‘lishi) kerak,
Bilimli, so‘zga dono, tadbirli (bo‘lishi) kerak.
Yana so‘zning ichi ham tashini bilsa,
(Toki) uning tufayli buzilgan ishlar tuzalsa.
So‘zning ichi va tashini bilish uchun uni bildiradigan kishi ham kerak bo‘ladi. Demak, o‘sha davrlarda mana shu zarurat mavjud bo‘lgan. Biz bundan so‘z ma’nolarini izohlab, sharhlab o‘rganishning yaxshi yo‘lga quyilganini tasavvur etishimiz mumkin bo‘ladi. Bunday o‘qitishning madrasa ta’limidagi ustivor yo‘nalish ekanligi esa fan tarixidagi yaxshi ma’lum bo‘lgan hodisadir.
Mahmud Koshg‘ariy XI asrning buyuk mutafakkiridir. Uning qomusiy olim sifatida ko‘plab fanlarga oid ma’lumotlarni to‘plagani va o‘zining «Devonu lug‘ot it-turk» asarida aks ettirgani yaxshi ma’lum. Olim bu asarida o‘zini yirik tilshunos va adabiyotshunos sifatida ham ko‘rsatadi. Devondagi adabiy parchalar nihoyatda keng mavzularga bag‘ishlangan. Ularning janrlari ham rang-barang. Olim bu asarlarga tegishli izoh va sharhlar berishning go‘zal namunalarini tavsiya etadi. Kitobda ayrim janrlar, badiiy-tasviriy vositalar, she’riy vaznlar haqida ham ko‘plab ma’lumotlar, izoh va talqinlar mavjud. Ba’zi hollarda ayrim adabiy asarlarning o‘qilishi, ularning ma’no xususiyatlari haqidagi ko‘rsatmalarning mavjudligi adabiy ta’limning o‘sha davrdagi holati haqida dastlabki tasavvurlarni bera oladi. Olim o’z kitobidagi materiallarni joylashtirish haqida, ularni kitobxonlarga yetkazish haqida uzoq muddat bosh qotirgan: «Men bu kitobni maxsus alifbe tartibida hikmatli so‘zlar, saj’lar, maqollar, qo‘shiqlar, rajaz va nasr deb atalgan adabiy parchalar bilan bezadim. Qattiq joylarini yumshatdim, qiyin va qorong‘i joylarini yoritdim. Bu ish ustida so‘zlarni o‘z joyiga qo‘yish, kerakli so‘zlarni osonlik bilan topish uchun bir necha yillar mashaqqat tortdim. Nihoyat, kerakli so‘zlarni o‘z joyida ko‘zlaydigan, qiyinchiliksiz topa oladigan bir holga keltirdim»15.
Alisher Navoiy, Bobur, Munis, Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzoda Niyoziy va boshqa adiblarimiz ijodida ta’lim-tarbiya jarayoni, uning shaxsi va mazmuniga oid qimmatli fikrlar mavjud. O‘tmishda qissaxonlar, roviylar, voizlarning jamiyat hayotida katta o‘rin tutganligi yaxshi ma’lum. Bu o‘lkada shohnomaxonlik, yassaviyxonlik, sa’diyxonlik, hofizxonlik, bedilxonlik, navoiyxonlik, mashrab-xonlik yig‘inlari keng tus olgan. Maktablarda diniy asarlar, ayniqsa, Qur’onni ifodali o‘qish, uning ma’nolarini anglab yetish bilan bir qatorda ayrim asarlarning matni, ma’nosi, har bir so‘zning izohi, badiiy asarni tushuntirishga oid mashqlar ustida jiddiy ishlangan. Badiiy asarlarga sharhlar bitish an’ana tusini olgan.
Maktab va madrasalarda faqat turkiy tilda emas, balki arab va fors tillarida yozilgan badiiy kitoblarni o‘qish ham taomilda bo‘lgan. Ularda juda erta yoshdan Sharqning mashhur klassiklari – Firdavsiy, Sa’diy, Hofiz, Fuzuliy, Navoiy, Bedil asarlari bilan tanishish imkonlari yaratilgan. Islomdagi ilmga nisbatan ijobiy munosabat ham ta’lim-tarbiyaning o‘ziga xos tarzda rivojlanishiga imkoniyat yaratdi. Jumladan, hadisi shariflarda bu haqda shunday mulohazalarni ko‘rishimiz mumkin:
«Sadaqaning afzali mo‘min kishining ilm o‘rganib, so‘ng boshqa mo‘min birodarlariga ham o‘rgatishidir»16.
«Ilm o‘rganish har bir mo‘min uchun farzdir. Ilm tolibi uchun hamma narsa, hatto dengizdagi baliqlar ham gunohini so‘rab istig‘for aytadi»17.
«Bir soatgina ilm o‘rganish bir kechalik ibodatdan yaxshi, bir kunlik dars esa uch oy tutilgan nafl ro‘zadan afzaldir»18.
A.Navoiy faqat so‘z san’atining buyuk namoyandasi, olamshumul ahamiyatga molik bo‘lgan ijodkorgina emas, ta’lim-tarbiya sohasida jiddiy fikrlarni bildirgan, bu sohada nazariy fikrlarni aytish bilan cheklanmasdan, katta hajmdagi amaliy faoliyat bilan shug‘ullangan benazir mutafakkir hamdir. «Mahbub ul-qulub» asarida bilim olib mustaqil mushohada yurita olmaydigan insonni «ustiga kitob ortilgan eshak»ka qiyoslaydi va «nodon» deb ataydi. Shuningdek, ulug‘ shoir asa-rida o‘quvchini chiroyli yozuvni, yozma nutq malakasini egallashga undaydi. U yod olish usulining imkoniyat va afzalliklarini targ‘ib qildi. Jumladan, Farhod haqida gapirib:
Agar bir qatla ko‘rdi har sabaqni,
Yana ochmoq yo‘q erdi ul varaqni.
...O‘qub o‘tmak, uqub o‘tmak shiori,
Qolib yodida sahfa-sahfa bori,-degan misralarni bitadi.
Navoiyning o‘qituvchi haqidagi qarashlari ham ibratlidir. U «Mahbub ul-qulub»da «Mudarrislar zikrida» degan alohida fasl ajratgan. Unda mudarris «o‘zi bilmagan ilmni ayturg‘a murtakib bo‘lmasa», deydi. Shogirdlarning esa ustodlar oldida har doim burchdor ekanligini («Dabiriston ahli zikrida» fasli) ta’kidlaydi: «Shogird agar shayx ul-islom, agar qozidur, agar ustod andin rozidur – tengri rozidur. Bayt:
Haq yo‘lida kim senga bir harf o‘qutmish ranj ila,
Aylamak bo‘lmas ado oning haqqin yuz ganj ila»19.
Adibning she’r va she’riyat, nazm va nasr, ayrim adiblarning ijodkorligi borasidagi fikrlari ham adabiy ta’lim bilan bevosita aloqadordir. Jumladan, Amir Temur haqida shunday yozadi: «Temur Ko‘ragon – agarchi nazm aytmoqqa iltifot qilmaydurlar, ammo nazm va nasrni andoq xub mahal va mavqe’da o‘qubdurlarkim, aningdek bir bayt o‘qug’oni ming yaxshi bayt aytqoncha bor».20
XVI asrdan XIX asrning birinchi yarmigacha o‘tgan davrda, ayniqsa, XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr boshlarida Turkistonda pedagogik, metodik fikr o‘ziga xos tarzda rivojlanib bordi.

Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish