O`zbek tili va adabiyotini o`qitish metodikasi fanidan ma’ruza (VI semester 4-kurs) Individuallik



Download 1,12 Mb.
bet8/111
Sana18.04.2022
Hajmi1,12 Mb.
#561052
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   111
Bog'liq
O`zbek tili va adabiyotini o`qitish metodikasi

Qozoqboy Yo‘ldoshev Adabiyot o‘qitish nazariyasi va metodikasi fanining mustaqillik davridagi rivojiga sezilarli ta’sir o‘tkazib va munosib hissa qo‘shib kelayotgan olimlardan biridir. U Adabiyot o’qitish nazariyasi va metodikasi fanining nazariy muammolarini ham, uning amaliy jihatlarini ham jiddiy tarzda tadqiq etib kelmoqda. Uning «Adabiyot o‘qitishning ilmiy-nazariy asoslari»46 kitobi Adabiyot o‘qitish nazariyasi va metodikasi fanining eng so‘nggi yutuqlaridan biri sifatida qayd etilishi mumkin. Olim bu tadqiqotida adabiyot o‘qitishdagi yangicha tamoyillar haqida bahs yuritadi. An’anaviy adabiy ta’limdagi nuqson va kamchiliklar to‘g‘risida mulohazalar bildiradi. Eng muhimi, u yangicha, adabiy-estetik tahlil namunalarini tavsiya ham etadi.
«Alpomish talqinlari» olimning adabiyot o‘qituvchilari uchun metodik qo‘llanmalaridan biridir47. Uning asosiy fazilatlari sifatida asar mazmun-mohiyatiga teran bir nigoh tashlanganligini, doston matni zamirida yashirinib yotgan milliy-ma’naviy qadriyatlarning badiiy talqinlariga alohida e’tibor berilganligini, so‘z san’atining bir turi sifatida folklordagi badiiy jozibaning o‘ziga xos qirralarini ochib berishga urinishni ko‘rsatish mumkin. U adabiyotshunoslar, xususan, folklorshunoslar uchun qanchalik muhim bo‘lsa, metodist olimlar, til va adabiyot o‘qituvchilari, filologiya fakultetlarining talabalari uchun ham shunchalik keraklidir48. Kitob badiiy asarni tahlil va talqin qilishning o‘ziga xos yo‘llarini ko‘rsatib bera oladigan yaxshi namuna sifatida tavsiya etilishi mumkin. Muallif asarning «ko‘p qatlamli» ekanligini ko‘rsatadi, dostonning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq ilmiy qarashlarga yangicha nuqtai nazardan yondoshadi, bunda sohaning yirik olimlariga suyanib ish ko‘radi. Shuning uchun ham «Gap «Alpomish» dostoni ustida borgandan so‘ng, umuman, xalq dostonlari haqida dunyo adabiyotida mavjud bo‘lgan qarashlarga, yohud ijtimoiy qoliplarga emas, balki asarning matniga, undagi qahramonlarga, qo‘llanilgan timsollarga tayanish, o‘shalarga tayanib so‘z aytishgina samara keltiradi»49, kabi xulosalar salmoqli va ilmiy-metodik jihatdan foydalidir. Uning «Adabiy saboqlar.8»50 kitobi umumta’lim maktablarining 8-sinf «Adabiyot» darsligi uchun metodik qo‘llanmadir. U 8-sinf darsligi bilan bir xil tuzilishga ega, ya’ni darslikdagi «Xalq og‘zaki ijodidan», «O‘zbek adabiyoti tarixidan», «Yangi o‘zbek adabiyotidan», «Jahon adabiyotidan» singari ruknlarga bo’linadi. Qo‘llanmada ta’kidlanganiday «sakkizinchi sinf «Adabiyot» dasturida millatning kelajagi bo‘lgan o‘spirin ma’naviyatini tarkib toptirishga xizmat qiladigan asarlarni o‘rganishga e’tibor qaratilgan»51. Unda adabiy materiallarning mantiqiy-xronologik tartibda joylashtiril-ganligi ham ko‘rsatib o‘tiladi.
Olim O.Madaev va boshqalar bilan birgalikda «Adabiyot o‘qitish metodikasi» fanidan dasturiy qo‘llanma yaratib,Adabiyot o‘qitish nazariyasi va metodikasi faniga o‘zining tegishli hissasini qo‘shgan. Bu kitobning hozirgacha ham talabalar va o‘qituvchilar uchun muhim qo‘llanma bo‘lib kelayotganligini ta’kidlash joiz. Olimning metodika sohasidagi uzluksiz va barakali ijodining bu fan ravnaqiga sezilarli ta’sir ko‘rsatib kelayotganligini alohida ta’kidlash kerak.

Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish