3
Kirish
Mavzuning dolzarbligi.
O‘zbekiston Respublikasi siyosiy mustaqillikni
qo‘lga kiritgach, ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarida tub islohotlar amalga
oshirila boshlandi. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” O‘zbekiston
Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunining qoidalariga muvofiq, milliy
tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi, jahon miqyosidagi yutuqlar asosida
tayyorlangan hamda yuksak umumiy
va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va
ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri
ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal
etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgandir.
So‘nggi yillarda ta’lim tizimiga shiddat bilan kirib kelayotgan
yangi pedagogik
texnologiyalar, innovatsiyalar, yangi-yangi pedagogik-psixologik tushunchalar,
interfaol metodlarni ta’lim beruvchi tomonidan o‘zlashtirilib va qo‘llanib
borilishi ta’lim mazmunini tubdan o‘zgartirib yubordi, desak mubolag‘a
bo‘lmaydi.
O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I. Karimovning
“Barkamol avlod yili” davlat dasturini ishlab
chiqish va amalga oshirish
bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risidagi farmoyishida “…o‘quv
jarayoniga yangi kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarini elektron
darsliklar hamda multimedia vositalarini keng joriy etish hisobiga mamlakat
maktablari, kasb-hunar kollejlari va litseylarida, oily ta’lim
muassasalarida
ta’lim berish sifatini tubdan yaxshilash, ta’lim muassasalarining o‘quv
laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi bilan mustahkamlash, shuningdek,
o‘qituvchilar va murabbiylarning mashaqqatli mehnatini moddiy hamda
ma’naviy rag‘batlantirishning samarali tizimini shakllantirish” ko‘zda tutilgan
1
.
Ta’lim tizimidagi rivojlanish jamiyat taraqqiyotining negizini tashkil etadi.
Buning uchun muntazam tarzda boshlang‘ich ta’lim tizimida qo‘llaniladigan
innovatsion texnologiyalarni o‘zlashtirish, shu orqali o‘quvchilarning
kompetensiyalarni egallash
jarayonlarini jadallashtirish, ularni rivojlanayotgan
1
“Xalq so‘zi” gazetasi. 2009-yil 10-dekabr soni
4
jamiyat talablariga moslashtirish taqozo etiladi. Sifatli ta’lim
olish ehtiyojining
kuchayishi O‘zbekiston fuqarolarining muhim hayotiy qadriyati sifatida tobora
dolzarblashmoqda. Chunki sifatli ta’lim ijtimoiy-siyosiy barqarorlik va
haqqoniylikning asosiy omilidir.
“Farzandlarimizni mustaqil fikrlashga, zamonaviy
bilim va kasb-hunarni
chuqur egallagan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar
insonlar sifatida tarbiyalash biz uchun hamisha dolzarb masala hisoblanadi”,
2
deb o‘z ma’ruzalarida ta’kidlab o‘tgan
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti
Sh.M.Mirziyoyevning ana shu so‘zlari biz, ta’lim sohasi ishtirokchilari
uchun ham dasturulamaldir, ham ustuvor vazifa bo‘lib hisoblanadi.
Bugungi kunda fan sohalarini tizimli o‘rganish va uning afzalliklari
ta’limda yangi-yangi innovatsion yondashuvlar yuzaga kelishida davlatning o‘zi
bosh islohotchi ekanligini qaror va farmonlar mazmunida bugungi kun ilm-fani
va ta’limi oldiga qo‘yilgan vazifalar aniq hamda ravshan belgilab qo‘yilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: