O‘z ma’no Ko‘chma ma’no
Osmon uzoq, yer qattiq. Qattiq ovoz.
Uy supurilgan, toza. Qalbi pok, toza.
Mashq sodda berilgan. O‘z ma’no va ko‘chma ma’noni farqlash oson.
Darslikda iqtidorli o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan mashq ham bor. Bu
mashq biroz qiyinroq. Quyidagi mashq iqtidorli o‘quvchilar uchun.
Quyidagi so‘zlarning o‘z va ko‘chma ma’noda qo‘llanishini ko‘rsatuvchi
gaplar tuzing; ular o‘rtasidagi ma’no tafovutiga e’tibor bering.
Yer, maktab, qosh, ko‘z, etak.
Mashqlardan keyin mavzuni mustahkamlash uchun savollar berilgan. Dars
oxirida o‘quvchilar yangi mavzuni mustahkamlaydilar va uyga berilgan
topshiriqni yozib oladilar. O‘quvchilar ko‘p ma’noli so‘
Akademik litsey darsligida ham “Leksikologiya” bo‘limiga alohida o‘rin
ajratilgan. Bu bo‘lim ikkinchi bosqichda o‘rganiladi. Mazkur bo‘limda “So‘z va
leksema”, “Bir ma’noli va ko‘p ma’noli so‘zlar. Ko‘chma ma’nolar va ularning
turlari” kabi mavzularni o‘rganadilar. Akademik litseyda “Metafora va uning
uslubiyati” mavzusiga 2soat vaqt ajratilgan. Bu mavzu akademik litsey
darsligida maktab darsligidan ko‘ra kengroq yoritib berilgan. Shuningdek, litsey
darsligida ko‘proq metaforaning uslubiyati o‘rganiladi. Darslikda quyidagicha
berilgan:
Ko‘chma ma’nolar va ularning turlari
38
Nutq jarayonida ikki va undan ortiq ma’noda qo‘llaniluvchi so‘zlarga ko‘p
ma’noli so‘zlar yoki polisemiya deyiladi.
Polisemiya yunoncha poli – ko‘p, semia – ma’no so‘zlaridan olingan
bo‘lib, ko‘p ma’noli demakdir. Polisemiya monosemiya (yunoncha mono – bir,
semia – ma’no) ga zidlanadi.
Ko‘p ma’noli so‘zlarda ma’no qanchalik ko‘p bo‘lsa ham, lekin u bir so‘z
hisoblanaveradi. Shuning uchun ham ko‘p ma’noli so‘zlarda ma’nolardan biri
to‘g‘ri ma’no (yoki o‘z ma’no), qolganlari esa ko‘chma ma’no bo‘ladi. Ko‘chma
ma’nolar nutq tarkibida boshqa so‘z-lar bilan bog‘langanda namoyon bo‘ladi,
nutq tarkibidan ajratilganda esa to‘g‘ri ma’nosi asosiy ma’no bo‘lib qoladi.
Masalan, tosh so‘zi nutq qurshovidan ajratib olinsa, «qattiq jism» ma’nosini
anglatadi.
Bir ma’noli so‘zlar tilimizda kam sonni tashkil qiladi va ilmiy, kasb-
hunarga doir atamalarni, shuningdek, yangi paydo bo‘lgan so‘zlarni o‘z ichiga
oladi. Yangi so‘zlar (neologizmlar) ham davrlar o‘tishi bilan qo‘shimcha
ma’nolarni anglatadi.
Ko‘p ma’noli so‘zlarning ma’nosini bilish va undan nutq jarayonida o‘rinli
foydalanish nutqning ta’sirchan, ifodali bo‘lishiga yordam beradi.
Borliqdagi narsa-hodisa, belgi-xususiyat, harakat-holat nomlari ma’lum bir
asosga ko‘ra boshqa narsa-hodisa, belgi-xususiyat, harakat-holat nomi sifatida
ham qo‘llaniladi. Bunday vaqtda bitta nom bir necha narsa-hodisa, belgi-
xususiyat, harakat-holatlarning nomi sifatida xizmat qiladi. Masalan, burun so‘zi
«tirik organizmning yuz qismidan bo‘rtib chiqqan nafas olish organi» ma’nosini
ifodalash bilan birgalikda «yerning suvlikka tomon bo‘rtib chiqqan qismi»
ma’nosini ham ifodalaydi. Predmetlar o‘rtasidagi tashqi o‘xshashlik (yuz
qismdan bo‘rtib chiqqan burun bilan yer qirg‘og‘ining dengiz yoki okeanga
qarab bo‘rtib chiqishi o‘rtasidagi o‘xshashlik) birining nomini ikkinchisi o‘rnida
qo‘llashga asos bo‘lgan.
Ma’no ko‘chishining nima asosda ro‘yobga chiqishiga ko‘ra metafora,
metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik singari turlari mavjud.
39
Do'stlaringiz bilan baham: |