35
III BOB. ISHNING AMALIYOTGA TATBIQI
3.1. Ta’lim bosqichlari ona tili darsliklarida masalaning berilishi
Ona tili mashg‘ulotlari bosqichli ketma-ketlik, shakl bilan mazmun
aloqadorligi, tilshunoslik bo‘limlarining o‘zaro zich bog‘liqlikdagi asoslarida
ko‘riladi. Shuning uchun 5- sinfning birinchi choragi sintaksis bo‘yicha zarur
tushunchalarni — sodda va qo‘shma gap, gapning markazi, gap bo‘laklari,
undalma va uyushiq bo‘laklar, ko‘chirma gap, ulardagi tinish belgilari kabilarni
o‘zlashtirishga bag‘ishlanadi. Ikkinchi va uchinchi chorakda o‘quvchilarga
morfologiya va fonetikaning muhim tushunchalari: mustaqil va yordamchi so‘z
turkumlari, o‘zak, qo‘shimcha, so‘z yasovchi va shakl yasovchi qo‘shimchalar,
tovush, fonema, unli va undosh fonema, bo‘g‘in, urg‘u haqida dastlabki zaruriy
ma’lumotlar beriladi. Uchinchi chorak oxiri va to‘rtinchi chorakda
leksikologiyaning zarur tushunchalari: so‘zning ma’nosi, o‘z ma’no va ko‘chma
ma’no, ma’nodosh so‘zlar, uyadosh so‘zlar, zid ma’noli so‘zlar, qo‘shimchadosh
so‘zlar, o‘zakdosh so‘zlar haqida ma’lumotga ega bo‘ladilar.
O‘quvchilar “Leksikologiya” bo‘limi orqali tilning lug‘at boyligi bilan
tanishadilar
33
. Mazkur bo‘lim “Leksikologiya haqida suhbat”, “So‘zning atash
ma’nosi”, “Bir ma’noli va ko‘p ma’noli so‘zlar”, “So‘zning o‘z va ko‘chma
ma’nolari”, “Ma’nodosh (sinonim) so‘zlar”, “Ma’nodosh so‘zlarda umumiy va
xususiy ma’nolar”, “Ma’nodosh so‘zlar qatorida bosh so‘z”, “Uyadosh so‘zlar”,
“Shakldosh so‘zlar”, “Paronimlar”, “O‘zbek tilining boyish manbalari”,
“Eskirgan so‘zlar”, “Yangi so‘zlar”, “Iboralar”, “Atamalar. Ilmiy atamalar”,
“Kasbiy atamalar”, “Shevga oid so‘zlar”, “Olinma so‘zlar”, “Lug‘at va
lug‘atshunoslik”, “Lug‘at turlari va ulardan foydalanish” singari mavzularni o‘z
ichiga qamrab oladi.
Mazkur bo‘limda o‘quvchilar duch keladigan dastlabki muammo so‘zning
o‘z va ko‘chma ma’nolaridir. Berilgan so‘z birikmalarini (masalan, oltin haykal-
33
G‘ulomov A., Qodirov M., Ernazarova M. va boshqalar. Ona tili o‘qitish metodikasi. –Toshkent: Fan va
texnologiya, 2012. –B. 155.
36
oltin bosh-oltin boshoq; temir yo‘l-temir odam-temir xotira va hokazo) o‘z va
ko‘chma ma’nosiga ko‘ra guruhlarga ajratsih, ularni o‘zaro qiyoslash asosida
so‘zning o‘z va ko‘chma ma’nolariga ta’rif berish, berilgan so‘zlarni o‘z va
ko‘chma ma’nolarda qo‘llab gaplar tuzish, badiiy matnlarni tahlil qilish,
so‘zlarni ko‘chma ma’noda qo‘llab matn yaratish singari ijodiy-amaliy ishlar
o‘quvchilarning so‘z zaxirasini oshirish va nutqini rivojlantirishda muhim
ahamiyatga ega.
5-sinf “Ona tili” darsligida “So‘zning o‘z va ko‘chma ma’nolari” mavzusi
orqali ko‘chma ma’noli so‘zlar haqida ma’lumot berilgan. Bu mavzuga bir soat
vaqt ajratilgan. Qoidadan oldin topshiriqlar berilgan.
1-topshiriq.
Do'stlaringiz bilan baham: |