Hijriydan milodiyni topish usuli. Buning uchun hijriy yilni 33ga bo‘lish kerak. Hosil bo‘lgan sonni hijriy yildan chiqarib, qolgan songa 621 ni qo‘shish lozim. Buning formulasi quyidagicha:
H - (H:33)+621=M
876:33=26
876-26=850
850+621=1471.
Milodiyni hijriyga aylantirish usuli:
(M-621):33+ (M-621)
Yilni aniq belgilashda hijriy yil oylarini bilish juda muhim. Ma’lumki hijriy yil oylari bahorda boshlangani uchun milodiy yilga aylantirganda chalkashliklar chiqarishi mumkin. Masalan, yuqoridagi ta’rix moddasiga ko‘ra 1471 yil chiqib turgan bo‘lsa-da, qit’ada aytilgan sha’bon oyi milodiy yilning qaysi pallasiga to‘g‘ri kelishini aniqlash kerak. Buning uchun hijriy oylari tartibini bilish kerak bo‘ladi.
Hijriy yil oylari tartibi
Hijriy yil hisobiga ko‘ra bir oy taxminan 29,5 sutkaga teng. Lekin qulay bo‘lishi uchun bir oy 30 kun deb, ikkinchi oy 29 kun deb qabul qilingan.Shu tartibda islomda 6 oy 30 kundan, keyingi oy 29 kundan qilib taqsimlangan. Bu quyidagilardir:
Muharram
Safar
Rabi ul-avval
Rabi us-soni
Jumod ul-avval
Jumod ul-oxir
Rajab
Sha’bon
Ramazon
Shavvol
Zulqa’da
Zulhijja
Sharq badiiyatida harflarga chuqur ma’no bag‘ishlash, ular vositasida badiiy tasvirni kuchaytirish poetik san’atlardan hisoblanadi. She’riyatda arab alifbosining har bir harfi shaklidan inson qiyofasi, xulq-atvorini tasvirlash shoir mahoratidan darak berib, she’r badiiyatining bezagi deb qaralgan. Chunonchi, alif – to‘g‘rilik belgisi, yosh qomat va dol, aksincha, qarilik, bukilgan qadni ifodalaydi. SHoirlar yangi-yangi badiiy tasvir vositalari va xilma-xil shakllarni yaratish, ulardan o‘rinli foydalanishda bir-birlari bilan musobaqalashganlar. Sharq mumtoz adabiyotida juda keng tarqalgan tasvir vositalari bo‘lmish iyhom, tarse’,tajohuli orifona, mubolag‘a, lozimi malzum, tardi aks kabi o‘nlab badiiy san’at bilan bir qatorda harf shakllaridan unumli foydalanganlar. Iloji boricha she’r jozibadorligini kuchaytirishga, tasavvur va tafakkur uyg‘unligini ta’minlashga harakat qilganlar. Harflar vositasida tasavvur uyg‘otishning bir necha usullari bor. Ular tashbeh, muvashshah, chiston, muammo, hurufi dalolat va ta’rix deb ataladi. Hatto hurufiylar degan diniy sekta ham bo‘lib, harflarning ilohiyligiga dalillar keltirish orqali ularni muqaddaslashtirishga urinish holatlari tarixdan ma’lum. Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonida Farhodga ism qo‘yish bobida shunday keltiriladi:
Anga farzona Farhod ism qo‘ydi
Hurufi ma’xazin besh qism qo‘ydi.
Firoqu rashku hajr ila ohu dard.
Borin ustodi ishq etgach murakkab,
Tarakkabdin bu ism o‘ldi murattab.
Malolat mahdida zor etti oni,
Bu qayd ichra giriftor etti oni.
Alisher Navoiy Farhod ismining harflaridan uning qismati chizgilarini belgilaydi. Harflarga mazmun bag‘ishlash sharq poetikasida hurufi dalolat deb ataladi.
ABJAD
Arab alifbosi 28 harfdan iborat. Alifbodagi birinchi kelayotgan 9 ta harf birlik sonlarni ifodalaydi. Shu tartibda o‘nliklar, yuzliklar va mingliklar keltiriladi. Bu hisob “jumal hisobi” deb ham ataladi.
(alif )
|
( be )
|
(jim )
|
( dol)
|
(he )
|
(vov )
|
( ze)
|
(he )
|
(to )
|
(yo )
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
(Kof )
|
(Lom )
|
( Mim)
|
( Nun)
|
( Sin)
|
(Ayn )
|
( Fe)
|
( Sod)
|
(qof )
|
(re )
|
20
|
30
|
40
|
50
|
60
|
70
|
80
|
90
|
100
|
200
|
(shin )
|
(te )
|
(se )
|
(xe )
|
(zol )
|
( zot)
|
(zo )
|
(g‘ayn )
|
300
|
400
|
500
|
600
|
700
|
800
|
900
|
1000
|
Raqamlarni oson xotirada saqlab qolish uchun quyidagi tartibda sun’iy so‘zlardan iborat 8 guruh o‘ylab topilgan:
ABJAD
|
HAVVAZ
|
HUTTI
|
KALAMAN
|
SA’FAS
|
QARASHAT
|
SAXXAZ
|
ZAZAG‘
|
alif – 1
be – 2
jim -3
dol -4
|
he (hoyi havvaz)- 5
vov – 6
ze -7
|
he (hoyi hutti) -8
to
(itg‘i) - 9
yo -10
|
Kof -20
Lom -30
Mim -40
Nun -50
|
Sin -60
Ayn -70
Fe -80
Sod -90
|
qof-100
re-200
shin-300
te-400
|
se-500
xe-600
zol-700
|
zot-800
zo (izg‘i)-900
g‘ayn-1000
|
Turkiy va forsiy til alifbolarida arab tiliga qo‘shilgan 3ta harf- “p,” “ch”, “g “arab tilidagi “b”, “j” va “k” harflari asosida yasalgani uchun shu arab harflari anglatgan raqamlarni ifodalaydilar.
Masalan, Alisher Navoiyning
Harfi ishq o‘ldi azaldin safhai jonimda sabt,
Har ne andin o‘zga barcha lavhi isyonimda sabt,
Matla’li g‘azali maqtasi shunday keltiriladi:
Ishq tiyg‘i yorasidin o‘lganim tarixini ,
Ey Navoiy, nazm aylab, ayla devonimda sabt.
Matlada g‘azalning yozilgan vaqti “sabt” so‘zida yashirin. “Sabt” so‘zi arabcha “se”-500, “be”-2, “te”-400 raqamlarni ifodalovchi harflardan tashkil topgan. Ularning yig‘indisi 902ni tashkil etadi. Demak, g‘azal hijriy 902 yilda, milodiy hisobida 1497 yilda yaratilgani ma’lum bo‘ladi. Ilmiy mazmundagi qo‘lyozma manbalarda abjad harflari matnlarni turli bo‘limlarga bo‘lishda, astronomiya, matematika singari aniq fanlarga oid tadqiqotlarda tartib raqamlarini ifodalashda ham qo‘llaniladi. Bunday hollarda harflar ustiga chiziq tortib qo‘yiladi. Masalan, .... (lab)-32, .... (lav)-36, ....... (g‘azanah)-1958.
Muammo so'zining lug'aviy ma'nosi arab tilidagi "a'mo", ya'ni "ko'r" so'zidan olingan bo'lib, "bekitilgan" yoki "yashiringan" degan ma'noni anglatadi. Muammo sharq adabiyotida muayyan kichik janrdagi she'rda yashiringan nomni topish bilan bog'liq. Muammo tarixi haqida ma'lumot beruvchi muhim manba Sharafiddin Ali Yazdiyning "Hulali mutarraz dar fanni muammo va lug'az"(Muammo va lug'zlar haqida ziynatli yoping'ich) asaridir. Abdurahmon Jomiy "Risolai muammoi kabir", "Risolai muammoi manzum" asarlari, Alisher Navoiy "Mufradot" asari mavjud. Navoiyning turkiy tildagi 52 ta muammosi "Navodir ush shabob" devoniga kiritilgan. Fors tilida yozgan 373 muammosi bizgacha yetib kelgan. Navoiynig "Mufradot" asarida muammo yechishning 15 qoidasi va 48 xil usuli ochib berilgandir. Muammoni yechishda arab va fors tillarini bilish juda muhim. Sababi, muammoda berilgan so'zning yechimi ko'p hollarda mazkur tillardagi sinonimlarni ishlatish orqali aniqlanadi.
TA’RIX. Ta’rix-biror bir voqea-hodisa sodir bo‘lgan sanani abjad harflari vositasida ifodalashdir. Atoqli sharqshunos E.E. Bertels unga shunday ta’rif bergan: ”Ta’rix-xronogramma bu – biror-bir hodisa sanasining she’riy ifodasidir. Hirot aslzodalari davralarida bu o‘yinga katta qiziqish bilan qaralardi. Masjid, madrasa, karvonsaroy, hovuzlarning qurilish sanasini belgilash uchun maxsus satrlar to‘qilar va binolarga chiroyli qilib yozib qo‘yilardi180. Arab, fors va turkiy xalqlar mumtoz adabiyotida bu janr juda mashhur bo‘lib, hatto shoirlar o‘rtasida mahorat mezonini ham anglatgan. Ta’rix yozishning bir necha talablari mavjud. Avvalo, zikr etilajak sana aniq bo‘lishi lozim. Amir Alisher Navoiy Hirotda madrasa qurdirganda unga mudarris etib Mir Atoullohni tayinlaydi. Shunda yangi mudarris buning sharafiga shunday ta’rix bitadi:
Chun madrasa soxt Mir bo ilmu adab,
Farmud maro ifodai ahli talab.
Chun dar shashumi mohi rajab ijlos,
Ta’rix talab az “shashumi mohi rajab”[1].
(Mir ilmu adab uchun madrasa qurib, ilm ahli talabini ifodalashni buyurdi. Darslarga o‘tirish rajab oyining oltinchi kuni boshlanganidan uning ta’rixini “rajab oyining oltinchi kuni”dan izla. )
Ushbu ta’rix moddasida ikkita “shin” 600, ikkita “mim”-80, alif-1, hoyi havvaz-5, re-200, jim-3, be-2 raqamlarini ifodalab kelmoqda. Ularni qo‘shsak, hijriy 891 yil chiqadi. Milodiy yilga aylantirsak 1486 yil hosil bo‘ladi. Ko‘rinib turibdiki, muallif sana, yil va oyni ustalik bilan ta’rix moddasida aks ettira olgan. Ikkinchidan, raqamlarni hosil qiluvchi harflar yig‘indisi muayyan ma’noni anglatilishi shart. Ana shu so‘z tarix moddasi deb ataladi. Kichik bir she’r, qit’a yoki baytda tarix moddasining muayyan leksik birlikni ifodalashi bilan bir qatorda uning she’r kontekstiga mos kelishi shoirdan katta mahorat talab qiladi. Masalan, qozi Ixtiyoriddin Mo‘‘min Mirzo vafotiga “xarobi mulk”, ya’ni “mamlakat xarob bo‘ldi” so‘zini ta’rix qilgan. Abjad bo‘yicha ushbu ta’rix moddasidan hijriy 903 yil chiqadi. Uchinchidan, ta’rix moddasi kam sonli bo‘lsin. Masalan, Alisher Navoiy shahzoda Shoh G‘arib Mirzo mast holda vafot etganiga ishora qilib, “maxmur” , ya’ni “mast” so‘zini ta’rix qilgan. Undan abjad hisobi bo‘yicha hijriy 886 yil chiqadi.
Ta’rixlar ikki xil bo‘ladi: suvariy va ma’naviy. Suvariy ta’rixlar zohiriy jihatdan aniq-ravshan ko‘rinib turadi. Bunday holatda abjad hisobi lozim bo‘lmaydi. Masalan, Navoiy o‘zining “ Farhod va Shirin” dostonini tugatgan yilni shunday qayd etgan:
Chu tarixi yilni onglay dedim tuz.
Sekiz yuz seksan erdi dog‘i to‘quz. (FSH. MAT. 477-bet).
Shayx Sa’diy Sheroziy o‘zining Bo‘ston” asarida asar xotimasi ta’rixini shunday ochiq ifodalagan:
Zi shashsad fuzun bud panjohu panj,
Ki, berun shud in nom bar dori ganj.
Ya’ni olti yuzga ellik besh qo‘shilganda, bu nom ganj eshigidan chiqdi. Demak, asar hijriy 655 yilda yakunlangan ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |