O‘zbek tili va adabiyoti



Download 2,2 Mb.
bet16/93
Sana11.07.2022
Hajmi2,2 Mb.
#774606
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   93
Bog'liq
Matnshunoslik majmua to\'liq

Ma’naviy ta’rixda lafzning ma’nosi mavzuga mantiqan mos bo‘lishi kerak. 
Ma’naviy ta’rixlar to‘rtga bo‘linadi:
1. To‘liq sonli (Komil al-a’dod)
2. Ortiq sonli (Zoid al-a’dod).
3. Kam sonli (Noqis al-a’dod).
4. Ortiq va kam sonli (Zoidu noqis al-a’dod).
To‘liq sonli ma’naviy ta’rixga misol:
Ortiq sonli ma’naviy ta’rixga misol:
Kam sonli ma’naviy ta’rixga misol:
Ortiq va kam sonli ma’naviy ta’rixga misol:
Shuningdek, ta’rixlar sarih (aniq-ravshan) va ta’miya (mavhum, tezda tushunilmaydigan ) kabi ikki qismga bo‘linadi.
Sarih ta’rixlar harf-raqamlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘shish orqali hosil qilinadi. Agar butun bir misra ta’rix moddasi bo‘lsa, u holda bunday ta’rix “tarixi tomm”, ya’ni to‘la tarix deb ataladi. Sarih ta’rixlarga nuqtali harflarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘shish orqali hosil qilinadigan ta’rixlar ham kiradi.
Ta’miya ta’rixlar muammo janrida ko‘roq uchraydi. Bunda ta’rix moddasi so‘z yoki harflarni she’rdagi ishoraga muvofiq chiqarib tashlash (isqot), ko‘paytirish, bo‘lish yoki qo‘shish orqali aniqlanadi.
“Jome’ at-tavorix”da Mir Husayn Muammoiyning Jome’ masjidi ta’miriga bag‘ishlangan quyidagi ta’rixi keltirilgan:
Shud mukammal binoi in masjid,
Lan tara fi asasihi nuqso.
Kardam az dil savol ta’rixash,
Guft “sonii Masjid ul-Aqso”192.
(Masjid binosi yanada mukammal bo‘ldi.
Uning asosida hech qanday nuqson qolmadi).
Ko‘ngildan ta’rixini so‘rasam, dediki
“Ikkinchi Masjid ul-aqso”dir.
Bizgacha yetib kelgan ta’rixlarning ko‘pi Navoiy vafotiga bag‘ishlab yozilgan she’rlardir. Xondamir “Makorim ul-axloq” asarida Navoiy vafotida deyarli barcha Hirot fozillari ta’rix bag‘ishlaganlarini aytadi. So‘z uzayib ketmasligi uchun misol tariqasida to‘rt ta’rixni keltirib o‘tadi.
1. Faxriddin Muhammad Nizomiy:
On qutbi zamona chun biraft az olam
Ta’rix shud onki, “qutbi aqtob biraft”
(Ul zamona qutbi olamdan o‘tganda, uning ta’rixi “qutblarning qutbi ketdi” bo‘ldi )
2. Kamoliddin Sulton Husayn :
On mag‘firatpanohki raft az fazoi xok
Fi ravzati muqaddasi toba holuhu,
Chun yoft in kamol zi xayrot dar hayot,
Tarixi favt gasht “xayrun kamoluhu”.
(Ul ma’rifatpanoh ruhi tuproqdan ko‘tarilgach, muqaddas jannatda ahvoli yaxshilandi. Hayotda kamolotni yaxshi ishlar orqali qo‘lga kiritgani uchun vafoti ta’rixi “Xayrun kamoluhu” bo‘ldi )
3. Mavlono Sohibdoro:
Afsus zi miri osmonqadr,
K-aftod niholi umrash az bex.
Dar motami o‘ chu diyda xun mirext
“Xunrezii dida” gasht ta’rix.
(Afsuski, osmonchalik qadrga ega Amirning umr niholi ildizidan qo‘parildi. Uning motamida ko‘z qon to‘kkani uchun ta’rixi “Xunrezii diyda” bo‘ldi.)
4. Mavlono Darvesh Ali:
Dar motami on qidvai arbobi vusul,
Abnoyi zamon, shohu gado gashta malul.
Hijrat ba rasul kard on sayyidi qavm,
Tarixi vafoti o‘st “hijrat ba rasul”199.
( Ul haqqa etishganlarning ulug‘i motamida barcha zamondoshlar, shohu gado g‘amgin bo‘ldi. Ul qavmning ulug‘i Rasul yoniga ketdi. Vafotiga ta’rix “Rasul yoniga hijrat “bo‘ldi.)
MUHRLAR. Muhrlar manbashunoslikda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, abjad va ta’rix san’ati bilan bevosita bog‘liq. Muhrlardan davr ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, san’ati va adabiyoti tarixi bilan bog‘liq ma’lumotlarni anglash mumkin. Fan tarixida muhrlarni o‘rganish geraldika (gerblar tarixi) va numizmatika (tangalar tarixi) kabi fan sohalari qatorida jiddiy tadqiqot ob’ekti sanaladi. Dunyo davlatchiligi tarixida muhrlar bilan bog‘liq voqealar ko‘proq hukmdorlar haqidagi hikoya va qissalarda keltirilgan. Rivoyatlarga ko‘ra, Bobil hukmdorlari uzuk ko‘ziga muhr qo‘yib,qo‘llariga taqar ekanlar. Qadim yahudiylar podshohi Sulaymon payg‘ambar barmog‘idagi uzugiga “ bu dunyo o‘tki nchidir” deb o‘yib yozilgan ekan. Bir kuni nimadandir xafa (........) shoh uzugini irg‘itib yuboribdi. Uzuk g‘ildirab aylanib kelib uning yonida to‘xtab qolitbdi. SHohning ko‘zi uninng ich tomonidagi yozuvga ko‘zi tushibdi. O‘qisa “bu ham o‘tib ketadi” deb yozilgan ekan. Uzukda ifodalangan falsafiy hikmat shohning bir umr hayotiy shioriga aylanibdi. Amir Temurning uzugiga “rosti-rusti”, ya’ni “taraqqiyot-to‘g‘rilikda”deb yozilgan bo‘lib, uning shiori taraqqiyotning garovi bo‘lgan adolatni qaror toptirish ekanligini anglatadi. Misr amaldorlari uzukka muhr o‘yib ko‘pincha bosh barmoqlariga taqqanlar va imzo o‘rnida foydalanganlar.Xitoyda muhrga o‘zlari uchun tumor va muqaddas sanalgan hayvonlar suratini solib kamarlariga taqib yurganlar. Muhammad Payg‘ambar qabilalarni islom diniga da’vat qilib yuborgan nomalarida kumushdan yasalgan uzuk ko‘ziga o‘ydirilgan muhrdan foydalanar ekanlar. Unda “Muhammad Rasululloh”, ya’ni ”Muhammad Allohning payg‘ambari” deb yozilgan ekan. Muhrdagi yozuvlarni o‘qish muayyan tajriba talab qiladi. Ba’zi muhrlarni yuqoridan pastga, ba’zilarini pastdan yuqoriga qarab o‘qish lozim. Ayrim paytlarda muhr bezagi g‘oyasi, uzuk ko‘zi o‘lchovi, hajmidan kelib chiqib,o‘rtada yozilgan so‘zdan yuqori va quyiga qarab o‘qish lozim bo‘ladi.Har bir harfni o‘z o‘rniga qo‘yib chiqish ham murakkab vazifadir.
Muhrlar tarixiy manba sifatida ham fanga muayyan ma’lumot berishi mumkin. Masalan, Samarqandning Bog‘ishamol qishlog‘ida olib borilgan arxeologik qazishmalar jarayonida topilgan bir uzukda ajoyib naqshlar orasida kufiy xat bilan “Ali” so‘zi to‘rt marta yozilgan ekan. Agar shu harflar abjad bilan raqamlarga aylantirilsa,440 raqami hosil bo‘ladi. Bu hijriy 440 yilni anglatadi (milodiyga aylantirsak, 1048 yilga teng bo‘ladi). Ba’zi muhrlarda muhr egasi va otasining ismi uchraydi. Bu o‘ziga xos shaxsni bildiruvchi hujjat vazifasini ham o‘tagan. Ayrim muhrlarda shaxs ismi va unga xos bo‘lgan ayrim unvonlar, fazilatlar she’riy usulda ham keltirilgan.
Muhr egalarining o‘z davri,jamiyatda tutgan mavqei,obro‘-e’tiborlari haqida muayyan ma’lumotlarni aynan shunday muhrlar orqali tiklash mumkin. Alisher Navoiy Amir kabir lavozimiga tayinlanganda olim va fozillar ta’rixlar yozganliklari haqida tarixchi Xondamir batafsil ma’lumot bergan. Navoiyning o‘zi bu haqda shunday keltiradi: “Bu faqirga podshoh muhr taklif qilganda Mavlono Burhoniddin ta’rix aytib erdikim, bag‘oyat xo‘b voqea bo‘lub erdi. Ammo chun faqirning ta’rifiga nafsilamrda g‘ayri voqedir (ya’ni mubolag‘adir), lozim kelur erdi, bitilmadi (ya’ni keltirmadim)[2]. Buyuk mutafakkir eslatgan ushbu ta’rix Xondamir tomonidan to‘liq berilgan va bevosita muhr bilan bog‘liq bo‘lgani uchun quyida keltirib o‘tamiz:
Miri falak janobi Alisher k-az sharaf,
Ojiz buvad z-darki kamoloti o‘ xirad.
Devon neshast oxiri sha’bon ba dodu adl,
Az lutfi shohi odil va l-haq chunin sazad.
Chun muhr zad ba davlati sultoni ro‘zgor,
Ta’rix shud haminki “Alisher muhr zad”[3] (Falak amiri janob Alisherning shunchalik sharafliligidan, aql uning kamoloti ko‘lamini idrok etishdan ojiz qoldi. Sha’bon oyining oxirlarida adolatparvarlik uchun devonga o‘tirdi. Odil va haqparvar shohning lutfi shuni loyiq topdi. Zamona sultoni davlatiga muhr bosganligi sababidan “Alisher muhr urdi” bunga ta’rix bo‘ldi.)
Bu qit’ada “Alisher muhr zad” jumlasi ta’rix moddasidir. Ularni raqamlarga aylantiramiz:












yig‘indi

ayn-70

lom-30

yo-10

shin-300

yo-10

re-200

mim-40

he (havvaz)-5

re-200

ze-7

dol-4

876

Demak, hijriy 876 yilda Alisher Navoiy amiri kabir bo‘lgan ekan. Endi hijriyni milodiyga aylantirsak, 1471 yil hosil bo‘ladi. SHa’bon oyi oxirida ro‘y bergani haqidagi eslatmaga asosan, yil taqvimiga nazar tashlasak, 1472 yilning ....... oyiga to‘g‘ri keladi.

Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish