O‘zbek tili va adabiyoti


Ta’rixlar ikki xil bo‘ladi: suvariy va ma’naviy



Download 2,2 Mb.
bet53/93
Sana11.07.2022
Hajmi2,2 Mb.
#774606
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   93
Bog'liq
Matnshunoslik majmua to\'liq

Ta’rixlar ikki xil bo‘ladi: suvariy va ma’naviy. Suvariy ta’rixlar zohiriy jihatdan aniq-ravshan ko‘rinib turadi. Bunday holatda abjad hisobi lozim bo‘lmaydi. Masalan, Navoiy o‘zining “ Farhod va Shirin” dostonini tugatgan yilni shunday qayd etgan:
Chu tarixi yilni onglay dedim tuz.
Sekiz yuz seksan erdi dog‘i to‘quz. (FSH. MAT. 477-bet).
Shayx Sa’diy Sheroziy o‘zining Bo‘ston” asarida asar xotimasi ta’rixini shunday ochiq ifodalagan:
Zi shashsad fuzun bud panjohu panj,
Ki, berun shud in nom bar dori ganj.
Ya’ni olti yuzga ellik besh qo‘shilganda, bu nom ganj eshigidan chiqdi. Demak, asar hijriy 655 yilda yakunlangan ekan.
Ma’naviy ta’rixda lafzning ma’nosi mavzuga mantiqan mos bo‘lishi kerak. 
Ma’naviy ta’rixlar to‘rtga bo‘linadi:
1. To‘liq sonli (Komil al-a’dod)
2. Ortiq sonli (Zoid al-a’dod).
3. Kam sonli (Noqis al-a’dod).
4. Ortiq va kam sonli (Zoidu noqis al-a’dod).
To‘liq sonli ma’naviy ta’rixga misol:
Ortiq sonli ma’naviy ta’rixga misol:
Kam sonli ma’naviy ta’rixga misol:
Ortiq va kam sonli ma’naviy ta’rixga misol:
Shuningdek, ta’rixlar sarih (aniq-ravshan) va ta’miya (mavhum, tezda tushunilmaydigan ) kabi ikki qismga bo‘linadi.
Sarih ta’rixlar harf-raqamlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘shish orqali hosil qilinadi. Agar butun bir misra ta’rix moddasi bo‘lsa, u holda bunday ta’rix “tarixi tomm”, ya’ni to‘la tarix deb ataladi. Sarih ta’rixlarga nuqtali harflarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘shish orqali hosil qilinadigan ta’rixlar ham kiradi.
Ta’miya ta’rixlar muammo janrida ko‘roq uchraydi. Bunda ta’rix moddasi so‘z yoki harflarni she’rdagi ishoraga muvofiq chiqarib tashlash (isqot), ko‘paytirish, bo‘lish yoki qo‘shish orqali aniqlanadi. “Jome’ at-tavorix”da Mir Husayn Muammoiyning Jome’ masjidi ta’miriga bag‘ishlangan quyidagi ta’rixi keltirilgan:
Shud mukammal binoi in masjid,
Lan tara fi asasihi nuqso.
Kardam az dil savol ta’rixash,
Guft “sonii Masjid ul-Aqso”192.
(Masjid binosi yanada mukammal bo‘ldi.
Uning asosida hech qanday nuqson qolmadi).
Ko‘ngildan ta’rixini so‘rasam, dediki
“Ikkinchi Masjid ul-aqso”dir.
Bizgacha etib kelgan ta’rixlarning ko‘pi Navoiy vafotiga bag‘ishlab yozilgan she’rlardir. Xondamir “Makorim ul-axloq” asarida Navoiy vafotida deyarli barcha Hirot fozillari ta’rix bag‘ishlaganlarini aytadi. So‘z uzayib ketmasligi uchun misol tariqasida to‘rt ta’rixni keltirib o‘tadi.
1. Faxriddin Muhammad Nizomiy:
On qutbi zamona chun biraft az olam
Ta’rix shud onki, “qutbi aqtob biraft”
(Ul zamona qutbi olamdan o‘tganda, uning ta’rixi “qutblarning qutbi ketdi” bo‘ldi )
2. Kamoliddin Sulton Husayn :
On mag‘firatpanohki raft az fazoi xok
Fi ravzati muqaddasi toba holuhu,
Chun yoft in kamol zi xayrot dar hayot,
Tarixi favt gasht “xayrun kamoluhu”.
(Ul ma’rifatpanoh ruhi tuproqdan ko‘tarilgach, muqaddas jannatda ahvoli yaxshilandi. Hayotda kamolotni yaxshi ishlar orqali qo‘lga kiritgani uchun vafoti ta’rixi “Xayrun kamoluhu” bo‘ldi )
3. Mavlono Sohibdoro:
Afsus zi miri osmonqadr,
K-aftod niholi umrash az bex.
Dar motami o‘ chu diyda xun mirext
“Xunrezii dida” gasht ta’rix.
(Afsuski, osmonchalik qadrga ega Amirning umr niholi ildizidan qo‘parildi. Uning motamida ko‘z qon to‘kkani uchun ta’rixi “Xunrezii diyda” bo‘ldi.)
4. Mavlono Darvesh Ali:
Dar motami on qidvai arbobi vusul,
Abnoyi zamon, shohu gado gashta malul.
Hijrat ba rasul kard on sayyidi qavm,
Tarixi vafoti o‘st “hijrat ba rasul”199.
( Ul haqqa etishganlarning ulug‘i motamida barcha zamondoshlar, shohu gado g‘amgin bo‘ldi. Ul qavmning ulug‘i Rasul yoniga ketdi. Vafotiga ta’rix “Rasul yoniga hijrat “bo‘ldi.)

180 Bertels E.E. Navoi i Djami, str.40 .


[1] Sulton Muhammad b. Darvesh Muhammad Balxiy.Majma’ al-g‘aroib. O‘zFASHI,inv№1262. 307b-var .
192 Niyoz bin Sayid Ali Buxoriy. Jome’ ut-tavorix:Qo‘lyozma.O‘z FA SHI,inv.№ 2893, 55a-var.
199 Makorim ul-axloq/M.Faxriddinov va P.SHamsiev tarj., 131-132- betlar.



Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish