TOPSHIRIQ
Abjad hisobi bo'yicha hijriy yilni aniqlang.
Ey Navoiy, nazm aylab ayla devonimda sabt.
Ushbu misradagi sabt so'zini abjad hisobi yordamida aniqlab, g'azalning yozilgan yilini toping.
11-AMALIY MASHG‘ULOT
TA’RIX MODDASINI HISOBLASH
TA’RIX
Ta’rix-biror bir voqea-hodisa sodir bo‘lgan sanani abjad harflari vositasida ifodalashdir. Atoqli sharqshunos E.E. Bertels unga shunday ta’rif bergan: ”Ta’rix-xronogramma bu – biror-bir hodisa sanasining she’riy ifodasidir. Hirot aslzodalari davralarida bu o‘yinga katta qiziqish bilan qaralardi. Masjid, madrasa, karvonsaroy, hovuzlarning qurilish sanasini belgilash uchun maxsus satrlar to‘qilar va binolarga chiroyli qilib yozib qo‘yilardi180. Arab, fors va turkiy xalqlar mumtoz adabiyotida bu janr juda mashhur bo‘lib, hatto shoirlar o‘rtasida mahorat mezonini ham anglatgan. Ta’rix yozishning bir necha talablari mavjud. Avvalo, zikr etilajak sana aniq bo‘lishi lozim. Amir Alisher Navoiy Hirotda madrasa qurdirganda unga mudarris etib Mir Atoullohni tayinlaydi. Shunda yangi mudarris buning sharafiga shunday ta’rix bitadi:
Chun madrasa soxt Mir bo ilmu adab,
Farmud maro ifodai ahli talab.
Chun dar shashumi mohi rajab ijlos,
Ta’rix talab az “shashumi mohi rajab”[1].
(Mir ilmu adab uchun madrasa qurib, ilm ahli talabini ifodalashni buyurdi. Darslarga o‘tirish rajab oyining oltinchi kuni boshlanganidan uning ta’rixini “rajab oyining oltinchi kuni”dan izla. )
Ushbu ta’rix moddasida ikkita “shin” 600, ikkita “mim”-80, alif-1, hoyi havvaz-5, re-200, jim-3, be-2 raqamlarini ifodalab kelmoqda. Ularni qo‘shsak, hijriy 891 yil chiqadi. Milodiy yilga aylantirsak 1486 yil hosil bo‘ladi. Ko‘rinib turibdiki, muallif sana, yil va oyni ustalik bilan ta’rix moddasida aks ettira olgan. Ikkinchidan, raqamlarni hosil qiluvchi harflar yig‘indisi muayyan ma’noni anglatilishi shart. Ana shu so‘z tarix moddasi deb ataladi. Kichik bir she’r, qit’a yoki baytda tarix moddasining muayyan leksik birlikni ifodalashi bilan bir qatorda uning she’r kontekstiga mos kelishi shoirdan katta mahorat talab qiladi. Masalan, qozi Ixtiyoriddin Mo‘‘min Mirzo vafotiga “xarobi mulk”, ya’ni “mamlakat xarob bo‘ldi” so‘zini ta’rix qilgan. Abjad bo‘yicha ushbu ta’rix moddasidan hijriy 903 yil chiqadi. Uchinchidan, ta’rix moddasi kam sonli bo‘lsin. Masalan, Alisher Navoiy shahzoda Shoh G‘arib Mirzo mast holda vafot etganiga ishora qilib, “maxmur” , ya’ni “mast” so‘zini ta’rix qilgan. Undan abjad hisobi bo‘yicha hijriy 886 yil chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |