O’zbek tili ta’lim yo’nalishi 2-kurs 201-guruh talabasi sheraliyeva irodaning hozirgi o’zbek adabiy tili fanidan tayyorlagan


Lug'aviy birliklarda jins- turning ishlatilishi



Download 297,82 Kb.
bet7/10
Sana20.06.2021
Hajmi297,82 Kb.
#72005
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Sheraliyeva Iroda kurs ishi

2.2. Lug'aviy birliklarda jins- turning ishlatilishi

Xalqimiz ona tiliga muntazam muhabbat bilan qaragan, uni e’zozlab ardoqlagan, o’zbek tilining mukammalligi va betakror ohanglaridan faxru iftixor qilgan. O’zbek tilidagi tarang mantiq va go’zallikni har soniya inkishof etishga ishtiyoq sezgan.50

Tilning yana bir eng muhim vazifalaridan biri uning go’zallikni ifodalashi, ya’ni estetik (estetika yun. aisthetikos – hissiy idrokka(bilishga)oid. Biror narsaning go’zalligi, nafosati, latofati)51 vazifasidir. Ming yillik madaniyatimiz tarixida xalqimiz badiiy dahosining mahsuli bo’lmish nafis so’z san’ati durdonalari behisob. Ularning allaqanchasi turkiy tafakkur teranligi va taxayyul bepayonligining muhtasham obidalari o’laroq jahon badiiyati ganjinasining to’rida qo’r to’kib turibdi. Tilimiz inja ifoda imkoniyatlariga benihoya boy va unga ko’ra beqiyos darajada betakrordir. Mumtoz va bugungi adabiy asarlarni o’qirkanmiz, xalq og’zaki ijodi namunalari bilan tanisharkanmiz yoki turli so’z o’yinlarini, o’tkir va nozik askiyalarni tinglarkanmiz, oddiy odam nutqida topib aytilgan so’z yoki iboraning guvohi bo’larkanmiz, tilimizning turfa tovlanishlaridan, nafosatidan astoydil lazzatlanamiz, behad zaqlanamiz.52 Masalan, Zangori ko’kni birdan sipqorib, Yerni kunga tutaman kaftda.

Oyga fazo ilmin sig’dirib,

Nevaramni olaman kaftga.(Zulfiya)

Tilning mohiyati, vazifasi benihoya jo’n talqin etiladi. Go’yoki til – eng muhim aloqa vositasi bo’lgan ijtimoiy hodisa. Tilning aloqa vositasi ekanligi uning juda ko’plab vazifalaridan faqat bittaginasidir. Aslida til , eng avvalo, dunyoni ko’rish, eshitish, bilish, idrok etish vositasidir. Ayni paytda tilning ruhiy, estetik hodisa ham ekanligini unutmasligimiz lozim.

Tilning estetik vazifasi, albatta, nutqning ta’sirchanligi, ifodaliligi, go’zalligini ta’minlashda favqulodda muhim ahamiyatga molikdir. Ammo bu vazifa kommunikativ vazifa bilan birga voqe bo’ladi.53

Tilga estetik munosabat, shunday qilib, nutqning estetik obyekt sifatida go’zalligiga yoki ma’nisizligiga munosabat uyg’otadi. Eshitilayotgan axborotning estetik anglanishi til tizimining estetik vazifasidan dalolatdir.

R.A.Budagovning quyidagi fikrlari diqqatga sazovor: “Aslida tillar, avvalo, ko’p rivojlangan va kam rivojlangan, juda boy va biroz boy, qadim yozuv an’anasiga suyangan va bunday an’anaga mutlaqo ega emas bo’lishi mumikn. Bularning barchasi u yoki bu tilning potentsial estetik imkoniyatlarida turlicha aks etadi. Ikkinchidan tillar, ayniqsa, adabiy tillar o’zicha chiroyli ham, hunuk ham bo’lmasa-da, aloqa(kommunikatsiya) jarayonida, xususan, agar bu tillardan faqat nimani gapiryotganiga emas, balki qanday gapiryotganiga befarq bo’lmagan odamlar foydalanayotgan bo’lsa, qo’shimcha estetik vazifani olish qobiliyatiga ega.54

Tilshunos olim A.Nurmonov “inson tiliday murakkab, serqirra, servazifa hodisa kam uchraydi. Til faqat kishilar o’rtasida aloqa vositasi bo’libgina qolmasdan, ularning olam haqidagi to’plagan bilimlarini kelajak avlodga yetkazuvchi, kishilarda estetik-emotsional his uyg’otuvchi qudratli vositadir. Nutq vositasida kishilarni hayajonga solish, bir gap bilan ularni kuldirish, boshqasi bilan quvontirish, yana boshqasi bilan yig’latish mumkin” ligini ta’kidlaydi.55

Tilshunos olim N. Mahmudov tilning estetik vazifasiga to’xtalarkan ”dunyo filogiya ilmida tilning estetik vazifasiga qanday maqom, mavqe berilishidan, uning birlamchi, ikkilamchi ekanligidan qat’i nazar, bu vazifa bor va u tilning eng zaruriy jihatlaridan biri sifatida yashaydi”56degan fikrni ilgari suradi.

Til estetikasini o’rganishga bo’lgan qiziqish o’tgan asrning boshlarida bir qator chet el filologlari, faylasuflari, yozuvchilarida paydo bo’lgan. Til estetikasi muammosini birinchilardan bo’lib o’rgangan olim sifatida ko’pincha italьyan faylasufi va siyosat arbobi Benedetto Kroche(1886-1952) tilga olinadi va uning 1902 yilda e’lon qilingan “Estetika ifodalash haqidagi fan sifatida va umumiy tilshunoslik sifatida”nomli kitobidagi asosiy fikrga e’tibor qaratiladi. U nazariy jihatdan tilshunoslikni estetika bilan aynan tenglashtiradi, ya’ni go’yoki tilning asosiy vazifasi kishilarning muloqotini ta’minlash emas, balki estetik omil asosidagi o’zlikni ifodalashdan iborat.57

Yozuvchi va shoirlarimizr nutqni obrazli qilishda, o’quvchida estetik zavq uyg’otish maqsadida metaforalardan unumli foydalanadilar. Masalan: Kumush choyshab yopib dala,qir Qor qo’ynida uxlab yotadi.

Ufqlarga qizil xol tashlab


Download 297,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish