O’zbek tili ta’lim yo’nalishi 2-kurs 201-guruh talabasi sheraliyeva irodaning hozirgi o’zbek adabiy tili fanidan tayyorlagan



Download 297,82 Kb.
bet3/10
Sana20.06.2021
Hajmi297,82 Kb.
#72005
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Sheraliyeva Iroda kurs ishi

1.2. Gipo-giperonimik tushunchasi

Insoniyatning kamolot darajasi uning so’zi orqali, millatning madaniyat darajasi tili bilan belgilanadi. Suning uchun til millatning qalbi hisoblanadi. Millat qalbi uning tili orqali namoyon bo’ladi.26 Har bir millatni millat qilib turgan muhim belgilardan biri til belgisidir. Til doimo o’zgarib, rivojlanib boradi. Til avlodlardan avlodlarga o’tar ekan, takomillashib boyib boradi, sayqal topadi.

O’zbek tilining bir necha sathlardan tashkil topgan bir butunlik ekanligi, o’zbek tili sistemasida leksik sathning o’rni va leksik birliklarini o’rganuvchi tilshunoslikning alohida bo’limi mavjudligi, bu bo’limning boshqa bo’limlar bilan munosabati kabi masalalar, umuman, leksikologiya o’zbek tilshunosligining tarkibiy qismi va bir yo’nalishi sifatida XX asr o’rtalaridan boshlab shakllandi.27 Tilshunos olim A.Nurmonov o’zbek tili leksikasining shakllanishida Faxri Kamolning “Hozirgi zamon o’zbek tili kursidan materiallar” rukni ostida chop etilgan “O’zbek tili leksikasi” va Ya.D.Pinxasovning “Hozirgi o’zbek tili leksikasi” risolalari hamda “Hozirgi zamon o’zbek tili kursidan materiallar “ rukni bilan e’lon qilingan barcha risolalarni o’zida jamlagan “Hozirgi zamon o’zbek tili” asari katta ahamiyatga ega bo’lganligi va bu asarlarda o’zbek tilshunosligi tarixida ilk marta leksikologiya o’zbek tilshunosligining alohida bo’limi ekanligi, uning o’rganish obyekti, maqsad va vazifalari, tilshunoslikning boshqa bo’limlar bilan munosabati belgilanganini hamda so’z bilan tushuncha o’rtasidagi uzviy munosabat va ularning farqi yoritilganligini, o’zbek tili leksikologiyasi bo’yicha erishilgan yutuqlar sintezi sifatida “O’zbek tili leksikologiyasi” kitobi (1991) maydonga kelganligini aytib o’tadi.3 Lekin o’zbek tilining bir necha sathlardan tashkil topgan bir butunlik ekanligi, o’zbek tili tizimida leksik sathning o’rni va leksik birliklarni o’rganuvchi tilshunoslikning alohida bo’limi mavjudligi, bu bo’limning boshqa bo’limlar bilan munosabati kabi masalalar, umuman, leksikologiya o’zbek tilshunosligining tarkibiy qismi va bir yo’nalishi sifatida XX asrning o’rtalaridan boshlab shakllandi.28 O’zbek tili leksikasining shakllanishida Faxri Kamol, M.Mirtojiev, I.Qo’chqortoev A.Hojiev, B.Isabekov, R. Shukurov singari tilshunos olimlarning asarlari o’zbek tili leksikologiyasining yanada takomillashuvi uchun xizmat qildi.

O’tgan asrning 70-80-yillaridan o’zbek leksikologiyasiga sistemaviystruktur tilshunoslikning tadqiq usullari kirib kela boshladi va o’zbek tili leksikologiyasi tavsifiy, amaliy bosqichdan nazariy bosqichga ko’tarildi. Tilshunoslik fanining tilning leksikasini o’rganuvchi bo’limi leksikologiya (grekcha lexos - “so’z” va logos - “ta’limot”) deyiladi. O’zbek tili leksikologiyasi shu tilning so’z boyligi – lug’at sostavi haqida bahs etadi. Lug’at boyligi so’zlardan va shu so’zlar asosida tuzilgan iboralardan tashkil topadi. So’z lug’at boyligi sifatida leksik birlik deb, ibora esa frazeologik birlik deb ataladi. Bular umumlashtirilib lug’aviy birlik deb yuritildi.29 Ibora ham so’z kabi, murakkab til hodisalaridan biridir. Ibora asosida so’zlar yotadi. Ibora lug’aviy ma’no anglatish uchun xizmat qiladi. Shuning uchun ham u lug’aviy birlik hisoblanadi va shu jihatdan so’z bilan bir qatorga qo’yiladi. Masalan, qo’y og’zidan cho’p olmagan- yuvosh; Yog’ tushsa yalaguday – toza, ozoda.

Lug’aviy birlik (leksik birlik, leksema) – tilning lug’at tarkibiga xos birlik; til qurilishining lug’aviy ma’no anglatuvchi unsuri.3 Tildagi barcha so’zlarning yig’indisi uning lug’at tarkibi yoki leksikasi (grekcha lexis-“so’z”) deb ataladi. Tilshunoslikda so’zga eng muhim va asosiy birlik deb qaraladi. Chunki tildagi xususiyat va hodisalarni o’rganish so’zni ilmiy tadqiq etish bilan boshlanadi.

Leksema va so’z orasidagi munosabat til va nutq bo’linishining in’ikosi bo’lib, leksema til birligi, so’z esa nutq birligi sifatida kuzatiladi. Har bir leksema – tilning, so’z – nutqning umumiy xususiyatlarini mujassamlashtiradi. Shunday ekan, avvalo, so’zning o’zi nima ? degan savolga javob bermog’imiz lozim.

So’z Ollohning insonga bergan buyuk ne’matidir. Insonning yaratganga bo’lgan tavallosi ham so’z orqali amalga oshiriladi. Demak, so’z inson va parvardigori olam o’rtasidagi qudratli robita, odam va Ollohni bir-biriga bog’lovchi, odam va olamni o’zaro sozlovchi ilohiy bir nurdir.30

Hazrat Alisher Navoiy ta’biri bilan aytganda, so’z durru javohirdir. Durru javohir jilosi qanchalar inson qalbida olamga oshuftalik, shavqu zavq hislarini oshkor etsa, so’z ham insonda xuddi ana shu hislarni uyg’otadi.2

So’z va uning ma’nolari haqida o’zbek tilshunosligi tarixida juda uzoq davrlardan beri fikr yuritilib kelinadi. Ilohiy kitoblarda aytilishicha, SO’Z dunyodagi barcha narsalarning asosidir. Rivoyat qiladilarki, Tangri o’zining qudrati va go’zalligiga ko’zgu bo’ladigan yaratiq barpo etishni istaydi-yu, kunlarning birida: “Yaral!” (arabchasi “Kun!”) degan so’zni aytadi. Yaratgan amrining ifodasi bo’lmish ana shu birgina SO’Zning kuchi bilan o’n sakkiz ming olam va undagi jamiki narsalar dunyoga keldi. Demak, so’z olam va undagi narsalardan oldin paydo bo’lgan ekan. So’zning cheksiz qudratini shundan ham bilsa bo’ladi.31 Bu haqida hazrat Navoiy aytganlar:

So’z kelib avvalu jahon so’ngra,

Ne jahonki, kavn ila makon so’ngra.

Chunki mavjud bo’lsa nuktai “kun”,

Bo’ldi mavjud toza, yo’qsa kukun.32

So’z tilda turli funksiyalarni bajaradi. Tilshunoslik tarixida so’zga berilgan juda ko’p ta’riflar ana shu vazifalarga asoslangan. So’z tushunchaning biror tildagi nomidir. So’z obyektiv borliqdagi predmet yo hodisalar haqidagi tushunchaning tovush vositasi bilan ifodalanishidir; bu tushuncha predmet yo hodisaning ongda aks etishidir.33 Predmet yoki hodisa sezgi a’zolari yordami bilan kishi miyasida aks etadi va gapda nutq tovushlari orqali ifodalanadi. Kishi miyasida aks etgan moddiy borliq, predmet yoki uning xossasi yoki voqea tushuncha deb ataladi.

Tushunchaning tildagi ifodasi so’zdir.34 Ma’lum ma’no bilan bog’langan va morfologik shakllangan tovush yoki tovushlar birikmasi so’z sanaladi.35 So’z borliqdagi hodisa va narsalarning ma’nosini ifoda etuvchi, grammatik jihatdan shakllangan va jamiyat a’zolari tomonidan bir xil tushuniladigan, tovush formasida ifodalangan mustaqil va markaziy til birligidir.36 Yuqoridagi ta’riflardan ko’rinadiki, so’z biri ikkinchisisiz mavjud bo’la olmaydigan ikkita psixofizik tomon – akustik struktura (tovush qobig’i), ya’ni nomema hamda ma’lum bir tushuncha asosida vujudga kelgan mazmuniy struktura, ya’ni sememaning birligidan iborat.

Masalan: Bosh – akustik strukturasi 3 ta tovushdan iborat, mazmuniy tuzlishi esa murakkab bo’lib, quyidagi semalardan tarkib topadi.

1.Denotativ ma’no – tananing bo’yindan yuqorigi, oldingi (Odamda, hayvonlarda) qismi: kalla . Bosh kosasi (anat) Bosh miya. Bosh kiyimlar magazini. Do’st boshqa boqar, Dushman – oyoqqa. Maqol. O’zbek oyim boshi bilan keliniga rizolik bildirib, “barakalla”! deb qo’ydi. A.Qodiriy. “O’tkan kunlar”.


Download 297,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish