2. Tinish belgilariga asoslangan grafemalar nutqning mazmuniy tomonini yozuvda ifodalash uchun qo`llanadigan belgilardir. Bu belgilar quyidagi vazifalarni bajarishga mo`ljallangan:
1) muloqot jarayonini yozuvda to`g`ri aks ettiradi: Bahor! (his-hayajon); Bahor? (so`roq).
2) gaplarni tarkib jihatidan farqlashga xizmat qiladi: Karimjon (ega) bugun ham kelmadimi? Karimjon (undalma), bugun ham kelmadimi?
3) uslubiy qulaylikka xizmat qiladi: “Toshkentdan Nukusga qatnaydigan poyezd keldi” deyish o`rniga “Toshkent - Nukus” poyezdi keldi” deb yozilsa, tire tufayli usluban qulay, ixcham bo`ladi. 4) yozma nutqdagi murakkab fikriy munosabatlarni ifodalashga xizmat qiladi: Agronom? Nima?! - Nosirov shunaqangi qattiq baqirdiki, nazarimda olis-olislardagi tog'lar ham larzaga kelib silkingandek bo'ldi.(X.To`xtaboyev) So`roq va undov belgilarining birga qo`llanishi shu so`z orqali ham so`roq, ham taajjublanish, ham hayajon ifodalanganini aks ettirgan. Shuni aytish joizki, ―Grafika‖ bo`limida tinish belgilari faqat grafemalar sifatida tasnif qilinadi, ularning qo`llanish o`rinlari ―Punktuatsiya bo`limida o`rganiladi.
3. Raqamlarga asoslangan grafemalar miqdor va tartib tushunchalarini yozuvda aks ettirish uchun qo`llanadigan grafemalardir. Hozirgi o`zbek yozuvida ishlatiladigan raqamlar ikki guruhga bo`linadi:
1) arab raqamlari avval Hindistonda yaratilib, keyinchalik buyuk vatandoshimiz Muhammad Xorazmiy xizmatlari tufayli Arabiston, Ispaniya va butun Yevropaga tarqalgan raqamlardir: 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 20, 100, 1000, 100000, 1000000, 1000000000 kabi.
2) rim raqamlari eramizdan besh asr oldin etrusk qabilalari tomonidan yaratilgan va qadimgi rimliklar qo`llagan raqamlardir: I (bir), V (besh), X (o'n), L (ellik), C (yuz), D (besh yuz), M (ming).
Raqamlarga asoslangan grafemalar asosan matematika faniga tegishli bo`lsa ham, tilga oid leksema va morfemalarni ifodalash uchun xizmat qilganligi tufayli ―Grafika‖ bo`limida ham o`rganiladi.
4. Ramziy belgilarga (simvollarga) asoslangan grafemalar ilm-fan (shu jumladan, tilshunoslikda ham) sohasida qo`llanadigan maxsus belgilar tizimi: 1) matematik faniga oid ramziy belgilar - √ (ildiz), - (ayiruv), + (qo„shuv), x (ko„paytiruv), : (bo„luv), x (iks), (katta), < (kichik) va boshqalar; b) astronomiyaga oid ramziy belgilar - ʘ (Quyosh), ♂ (Mars), ♀ (Venera), ђ (Saturn) va boshqalar; d) tilshunoslikka oid ramziy belgilar - < > (o`tish belgisi), // (ajratish belgisi), : - fonemaning cho`ziqlik belgisi; e) moliyaga oid ramziy belgilar – $ (dollar), € (yevro), £(funt sterling).
Kompyuterning yozuv vositasi sifatida qo`llanishi natijasida juda ko`p miqdordagi ramziy belgilar yozuv tizimiga kirib keldi. Bu compyuter bilan ishlaydigan har bir insonga tanishdir, shuning uchun ularning barchasini keltirishga hojat yo`q deb hisoblaymiz.
“O’zbek tili orfografiyasi va punktuatsiyasi” fani tilshunoslik fanlari
sirasida eng murakkab va keng qamrovli ilmiy-nazariy, falsafiy fan sifatida ajralib turadi. Ushbu fanning murakkabligi, keng qamrovli va falsafiy fan ekanligi bevosita o‘rganiladigan o‘ta jiddiy muammolar bilan, fikr yuritiladigan dolzarb masalalar bilan, lisoniy hodisalarning (faktlarning) mohiyati bilan, ularga qaysi nuqtai nazardan yondashish bilan, ularni chuqur tahlil qilish va ulardan ob'ektiv ilmiy xulosalar chikarish bilan belgilanadi.
“O’zbek tili orfografiyasi va punktuatsiyasi” fani, dastavval, talabalarni nazariy jihatdan tayyorlash uchun, ularni shu yunalishda puxta, «xushyor» qilish uchun zarur. Nazariy masalalar bilan mukammal qurollangan talabalargina tom ma'nodagi - tilshunos sifatida shakllanadi. Shuningdek, ular til hodisalari tahlilidan ilmiy xulosalar, g‘oyalar chiqara oladi, hodisalar mohiyatiga alohida e'tibor beradi, nazariya bilan amaliyotni dialektik munosabatda oladi. Til va nutkni, ularning birliklarini chukur urganish jarayonida dialektik falsafaning kator konunlari xamda umumiylik va xususiylik, moxiyat va xodisa, sabab va okibat, imkoniyat va vokelik, shakl va mazmuni kabi kator kategoriyalari nuktai nazaridan, shularga asoslangan xolda, fikr yuritadi, kuzatishlar olib boradi.
.
“O’zbek tili orfografiyasi va punktuatsiyasi” fani talabalarning umumlingvistik tayyorgarligini, nazariy va amaliy bilim darajasini kengaytiradi va chukurlashtiradi, tilshunoslik tarixidan atroflicha xabardor kiladi. Yangi nazariya va faktik materiallar bilan tanishtiradi, mustaqil, ijodiy fikr-muloxaza yuritishga, izchillikka o‘rgatadi, nazariy saviyasini yuksaltiradi, ularni ilmiy - lisoniy tadqiqotning metodologiyasi, metodikasi va metodlari bilan qurollantiradi
Ona tili o‘qitishning tarbiyaviy ahamiyati yuqori madaniyatli insonni kamolga yetkazish, unda vatanparvarlik, baynalminal va do‘stlik, mehnatsevarlik xislatlarini, milliy qadriyatlar tuyg‘usi, hamda amaliy ko‘nikmalarni kamol toptirishdir. Yuksak madaniyatli kishi boshqalardan, avvalo, o‘zining yozma va og‘zaki nutq boyishi bilan ajralib turadi. Ona tili barcha fanlar uchun ko‘pirikdir, ona tili hamma uchun yagona aloqa vositasidir. «Inson boshqa fanlarni o‘qimasa ham bir navi hayot kechirishi mumkin, - degan edi mashhur tilshunoslardan biri,-lekin tilni, ayniqsa, ona tilini bilmaslik aslo mumkin emas. Tilni bilish bu, avvalo, jamit a'zosi bo‘lishga guvohnomadir; bu uning fuqarolik guvohnomasidir».
O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi mamlakatimizda davlat ishlarining, o‘qish-o‘qitish, ta'lim-tarbiya, targ‘ibot-tashviqot ishlarining shu tilda olib borilishi uchun juda katta imkoniyat yaratdi. Tilga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgardi, uning barcha imkoniyatlarini o‘rganish ishlari kyeng ko‘lamda olib borilyapti. Lyekin, shuni ham eslash joizki, tilning ijtimoiy vazifasini bajarilish darajasini byelgilovchi omillardan biri bo‘lmish nutq madaniyati etarli taraqqiy yetmaganligi achinarli bir holdir. Shu bois nutq madaniyati sohasini chuqurroq o‘rganish oldimizga qo‘yilgan muhim masalalardan biri hisoblanadi. Chunki nutqimizda uchrab turadigan nuqson va kamchiliklarni bartaraf qilish, nutq madaniyatini har qachongidan ham yaxshiroq rivojlantirish umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan siyosiy va ijtimoiy masaladir. Bu masala bilan shug‘ullanish ishiga faqat tilshunoslargina emas, balki mamlakatimizda istiqomat qiluvchi barcha soha vaqillari e`tibor byerishlari maqsadga muvofiqdir. Chunki, nutq madaniyati umuminson madaniyatining tarkibiy qismi bqlib, kishilarni yuksak madaniyatli bo‘lishlarini belgilaydi. Bu masalaning bir tomoni bo‘lsa, ikkinchidan, xalqaro hayotda ikki qarama-qarshi ijtimoiy gurux o‘rtasida mafkuraviy kurash nihoyatda kyeskinlashgan bir davrda yashamoqdamiz. Bu narsa ham mafkuraviy kurashning asosiy quroli bo‘lgan tilning har qachongidan ham o‘tkir va keskin bo‘lishini taqazo etadi.
Akadyemik A.Hojiyev o‘zining «Lingvisik terminlarning izohli lug‘ati» kitobida nutq madaniyati terminiga quyidagicha ta'rif byeradi.
1. Filologiya fanining jamiyat taraqqiyotidagi tildan foydalanish jarayonini o‘rganish, kishilar orasidagi aloqa vositasi bo‘lgan tildan foydalanish qoidalarini ilmiy asosda byelgilash bilan shug‘ullanuvchi bo‘limi.
2. Nutqning normativligi, uning ma'lum tarixiy taraqqiyot davrida shu tilda so‘zlashuvchi jamoa tomonidan qo‘yiladigan talablarga mosligi: talaffuz, urg‘u, so‘z qo‘llash, shakl yasalishi, so‘z birikmasi va gap tuzish mye'yorlariga amal qilish.
Nutq madaniyati fani tilning hamma sohalari bo‘yicha adabiy til normalarini tadqiq qilib boradi. Eng maqbul hodisalarning adabiy normasini mustahkamlash uchun tavsiyalar beradi. Biroq bu fan adabiy normalarni yaratmaydi, ba'zi bir hodisalarni norma sifatida majburan kiritmaydi. Balki o‘zbek milliy adabiy tili faoliyati, uning rivojlanishni kuzatib boradi, ob’ektiv qonunlarni kashf etadi, shular asosida ta'lim beradi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |