1. Quyidagi qaysi so’zlarda nuqtalar o’rnida bo’g’iz undoshi yoziladi?



Download 18,23 Kb.
Sana27.03.2022
Hajmi18,23 Kb.
#512422
Bog'liq
4 aprel test


Ona tili fanidan test


1.Quyidagi qaysi so’zlarda nuqtalar o’rnida bo’g’iz undoshi yoziladi?


1) ja….d; 2) da…lsiz; 3) a…loq;4) mu…okama; 5) …ushyorlik; 6) a…moq.
A) 1,3,4,5 B) 1,4,5,6 C) 1,2,3 D) 1,3,5,6
2. Qaysi qatordagi so’zlar qo’sh undoshli yozilsa ham, talaffuz qilinganda bitta tovush aytiladi?
A) kongress,kilogramm B) million,albatta
C) avval,taajjub D) katta,silliq
3. Quyidagi gapda yasama so’zlar soni nechta?
O’tmishda yashab o’tgan buyuk bobolarning hayoti va faoliyatini bilish asosiy talabimiz sanaladi.
A)3 ta B) 5 ta C) 2 ta D) 4 ta
4. Qaysi qatordagi so’zlar ma’noli qismlarga noto’g’ri ajratilgan?
A) tin-ch-lik,serob-garchilik B) zar-gar-lik, dehqon-chilik
C) mard-larcha, qora-mtir D) loy-gar-chi-lik, tinim-siz
5. Noto’g’ri yozilgan so’z qaysi qatorda berilgan?
A) xushhazm B) mutadil C) obro’li D) taqcharm
6. Yashash,bu – orzular qanotin kermoq, Yashash,bu – muhabbat gullarin termoq…
Ushbu she’riy parchada qo’llangan sodda yasama fe’llar miqdorini aniqlang.
A)3 ta B) 5 ta C) 2 ta D) 7 ta
7. Qaysi gapdagi egalik qo’shimchasi yasama otlarga qo’shilgan?
A) Shu sevinch unga dadillik baxsh etdi.
B) Tilagim shuki,dunyoning tinchligini bersin.
C) Bilimlisi unga barcha narsani tushuntirib berdi.
D) Zargarlik tarozisi ota meros aslida.
8. Qiz atrofga qarab turib birdan o’z uyining tomini ko’rib qoldi.
Berilgan gapda qaysi so’z turkumida oid so’z ishtirok etmagan?
A)ravish B) fe’l C) olmosh D) sifat
9. Dardi dilim ango dedim,dema oni mango dedi, Kim manga oshiq o’lsa,ul lozim erur ango dedi.
Baytda olmosh turkumiga mansub so’zlar necha o’rinda qo’llangan?
A)5 B) 6 C) 7 D) 4
10. Qaysi gapda yordamchi so’z turkumiga kiruvchi birliklar to’rt o’rinda qatnashgan?
A) Inson shunday donoki,bir qo’li bilan hatto samo kemalari va oynayi jahonlar yaratadi.
B) Inson shu qadar donoki,koinotning olis puchmoqlarida yuz yildan so’ng nima ro’y berishini ayta oladi.
C) Inson shu qadar nodonki, bir qo’li bilan yer yuzini kultepaga aylantiruvchi qurol yasaydi.
D) Inson shunday nodonki,ertaga o’zi bilan nima voqea sodir bo’lishini bilmaydi.
11. Qaysi qatorda qo’shma gapning ikkinchi qismida qo’llanadigan sof ergashtiruvchi bog’lovchilar keltirilgan?
A) ya’ni,negaki,chunki B) ammo,lekin,biroq C) ammo,lekin,balki D) agar,balki,chunki
12. Tobe qismidagi barcha morfemalar omonimlik xususiyatiga ega so’z birikmalarini belgilang.
1) shartlarini bajarmoq; 2) kechki uchrashuv; 3) ayta olmoq; 4) tuzsiz ovqat; 5) qo’ymijoz kishi.
A) 1,2,5 B) 1,2,3,4 C) 2,4,5 D) 2,3,4
13. So’zlarning borliqdagi ma’lum narsa,belgi-xususiyat,harakat-holatlarni bildirishi ularning qanday ma’nolari hisoblanadi?
A) so’zning ko’chma ma’nosi B) Grammatik ma’nolari
C) lug’aviy ma’nolari D) Morfologik ma’nolari

14. Berilgan gapda vositasiz to’ldiruvchi qatnashgan qatorni toping.


A) Bekorchidan xudo bezor. B) Kelinlari aytadi alla,qo’shiqchisi kuylaydi yalla.
C) Aldagani bola yaxshi. D) Sanjar sakkizinchi sinfda o’qiydi.
15. Biriktiruv bog’lovchi qatnashgan gap qatorini toping.
A) Biz virusga qarshi kurashamiz,ammo hech qachon orqaga chekinmaymiz.
B) Dam jahlim chiqadi,dam kulgim keladi.
C) O’zbek xalqi mard va jasur xalq.
D) Oy tunda kerak,aql esa kunda kerak.
Download 18,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish