2-mavzu: O‘zbek tilining ijtimoiy funksiyalarining kengayishi Reja



Download 35,95 Kb.
bet1/2
Sana21.07.2022
Hajmi35,95 Kb.
#833277
  1   2
Bog'liq
2-amaliy O`TSQ (2)


2-mavzu: O‘zbek tilining ijtimoiy funksiyalarining kengayishi
Reja:
1.Til ijtimoiy funksiyasining tavsifi va tasnifi
2. Jamiyatning turli sohalarida o‘zbek tili ijtimoiy funksiyalarining
kengayishi.
Tayanch tushunchalar: til, adbiy til, tilning ijtimoiy funksiyalari, jamiyat.
Inson tug‘iliboq padari buzrukvori hamda volidasining mehri, shirin kalomi,
allasi-yu sevgisini ona tilida eshitadi, tuyadi. Ilk so‘zlari, fikr-o‘yi, tevarak-atrof
haqidagi mulohazalarini shu tilda bayon qiladi. Mana shuning uchun bo‘lsa kerak,
har bir insonning o‘z ona tiliga bo‘lgan mehr-muhabbati bo‘lakchadir, u kishining
qalbida, yurak to‘ridadir. Shu boisdan ham har bir inson ona tilini qadrlamog‘i, uni
sofligini saqlashga, rivojiga o‘z hissasini qo‘shmog‘i lozimdir. Chunki
ma’rifatparvar adib Abdulla Avloniy ayganidek, „har bir millatning dunyoda
borlig‘ini ko‘rsatadurgan oyinai hayoti til va adabiyotidir, milliy tilni yo‘qotmak
millat ruhini yo‘qotmakdur». Darhaqiqat, so‘zlarni buzib gapirishlar, o‘rinsiz chet
so‘zlariyu bema’ni so‘kish va qarg‘ish so‘zlari tilimiz taraqqiyotiga uriladigan
boltadir.
Shuni ham unutmasligimiz joizki, insonning ona tiliga bo‘lgan mehrmuhabbatini oshirishda, albatta, kitobxonlik madaniyatining ham o‘rni juda
kattadir. Zotan, turli xildagi badiiy, publitsistik va ilmiy harakterdagi asarlar
mutolaasi jarayonida o‘quvchi ongida ona tiliga bo‘lgan, uning sehru jozibasiga,
tarovatiga bo‘lgan mehri ham bosqichma-bosqich rivojlana boradi, o‘z ona tilida
xatosiz yozish va gapirish ko‘nikmasi shakllanadi.
O‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish jarayoni ham osonlikcha ro‘y
bergani yo‘q. XX asrning 80-yillarida boshlangan urinishlar natijasi o‘laroq, 1988-
yilga kelib qator olimlarimiz tilimiz haq-huquqini tiklash yo‘lidagi dadil fikrlari
bilan matbuotda chiqishlar qildilar. Nihoyat, 1989-yil 21-oktabrda «Davlat tili
to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi. 1995-yil 21-dekabrda qayta tahrir qilingan
mazkur tarixiy qonun mazmun-mohiyati va ijtimoiy ahamiyati jihatidan dolzarbdir.
Har bir fuqaroning davlat tili va u haqidagi muayyan bilimlarga ega bo‘lmog‘i ham
foydadan xoli emasdir.
«Davlat tili to‘g‘risida»gi Qonun boshqa millat va elatlarining tillariga
nisbatan ham hurmat va e’tiborda bo‘lishga, bag‘rikenglik tamoyillariga da’vat
etadi: «O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi respublika hududida
yashovchi millat va elatlarning o‘z ona tilini qo‘llashdan iborat konstitutsiyaviy
huquqlariga monelik qilmaydi» (2-modda). «O‘zbekiston Respublikasida davlat
tilini o‘rganish uchun barcha fuqarolarga shart-sharoit hamda uning hududida
yashovchi millatlar va elatlarning tillariga izzat-hurmat bilan munosabatda bo‘lish
ta’minlanadi…» (4-modda). Ya’ni, ona tili boshqa til bo‘lgan, o‘zga tillarda
so‘zlovchi odamlarga nisbatan muloqotni davlat tilida tashkil etish borasida taklif
kiritish yoki bosim o‘tkazish qonunan ta’qiqlanadi. Inson o‘z ona tiliga qanday
munosabatda bo‘lsa, boshqa tillarga ham shunday munosabatda bo‘lishga
chaqiradi.
Ma’lumki, tilning tirikligi xalqning mavjudligidir. Tilsiz xalq yo‘q. Tili
o‘lgan xalqning o‘zi ham yo‘qolgan hisoblanadi. Shunga ko‘ra til va xalq jon ila
tan. Bular qaror topgan, himoya qilingan tuproq Vatandir. O‘zbekiston o‘zbek
xalqi va tili uchun ana shunday tuproq – Vatan sanaladi. O‘zbek tili O‘zbekistonda
muomalada bo‘lmasa, himoya qilinmasa va ravnaq topmasa, xo‘sh, u qayerda
ishlatiladi, kimlar uni himoya qiladi va o‘zbek tili qanday rivojlanadi? Hozirgi
paytda milliy madaniyatni va tilni himoya qilish hamda rivojlantirishga oid bunday
savolarga javob topish boshqa o‘lkalarda, mamlakatlarda ham jiddiy, global
masalalardan biri bo‘lib qoldi. Agar XX asrgacha davlatlar o‘rtasidagi masalalarni
hal etishning asosiy yo‘llaridan biri harbiy to‘qnashuv bo‘lib, muammo jang
maydonida hal etilgan bo‘lsa, endigi paytda mulohaza, muzokara olib borish va
shu yo‘l bilan har qanday murakkab va ziddiyatli masalalarni hal etish xalqaro
hayotning, davlatlararo, millatlararo munosabatlarning birlamchi vositasi, yo‘li,
usuli bo‘lib qoldi, Bu esa jamiyatning tilga bo‘lgan talabini, ehtiyojini oshirdi, til
birliklarining xilma-xil stillarga xos matnlardagi ijtimoiy xoslanish tamoyillarini
kengaytirdi.
Hozirgi globallashuv sharoitida adabiy til qo‘llanish doirasining kengayishi,
til birliklarining badiiy, publitsistik matnlarda ijtimoiy xoslanish tamoyillarining
chuqurlashuvi kabi masalalar haqida bakalavr talabalarga yetarli tushuncha berish,
ularning turli funksional stillarga xos matnlarni ijtimoiy xoslanish nuqtai nazaridan
mustaqil tahlil qila olish ko‘nikmalarini shakllantirish, davlat tilining amaliy
jihatdan talablarga mos tarzda qo‘llanilishi, ish yuritishda undan samarali
foydalanish malakalarini takomillashtirishdan iboratdir.
Sharq mutafakkirlarining so‘zning ijtimoiy xoslanishi haqidagi qarashlari,
adabiy tilning funksional stillari va ularni o‘rganish muammolari, tilning
funksional stillarini tasniflashda ijtimoiy xoslanish tamoyillarining o‘rni,
publitsistika va uning janrlari haqida, badiiy va publitsistik matnlarda so‘zning
ijtimoiy xoslanishi hamda matnda so‘zning ijtimoiy xoslanishini aniqlash
masalalari kabi mavzularni o‘z ichiga oladi.
Tayanch so‘z va iboralar: so‘z, og‘zaki va yozma axborot.



Download 35,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish