Mavzu: O`zbek tili ijtimoiy funksiyalarining kengayishi: jamiyatdagi o`zgarishlar va til rivoji. Reja



Download 17,86 Kb.
Sana23.04.2022
Hajmi17,86 Kb.
#575265
Bog'liq
2 MA`RUZA (1)


MAVZU: O`ZBEK TILI IJTIMOIY FUNKSIYALARINING KENGAYISHI: JAMIYATDAGI O`ZGARISHLAR VA TIL RIVOJI.
REJA
1. O`zbek tili tarixi va unung fan sifatida shakllanishi.
2. Umumxalq tili va uning shakllari
3. O‘zbek adabiy tilining umumturkiy davridagi taraqqiyoti bosqichlari
Mustaqillik munosabati bilan milliy qadriyatlarimizni yangicha anglash, idrok etish jarayoni kuchaygan bir davrda Davlat tili mavqeyiga ega bo’lgan ona tilimizga munosabat tamoman o'zgardi. 0‘zbek tilining mavqiyi oshdi, uni o'rganishga bolgan havas kuchaydi. Ona tilini rivojlangan tillar qatori taraqqiy ettirish, til bilimining barcha sohalarini to‘g‘ri talqin etish, ayniqsa, uning tarixini keng miqyosda mukammal yoritish dolzarb masalaga aylandi. Natijada o‘quv adabiyotlarini yangicha, zamonaviy talab asosida yaratish hozirgi kunning asosiy vazifalaridan biri sanaladi.
Shuningdek, o‘zbek adabiy tilining ilk etaplari sanaladigan «umumturkiy adabiy til» (yoki eski turkiy adabiy til), «eski o‘zbek adabiy tili» yoki «chig‘atoy adabiy tili», «an’anaviy-kitobiy adabiy til» kabi umumxalq adabiy tili ko‘rinishlarining shakllanishi va o‘zaro munosabatlari, ularning o‘zbek adabiy tilining hamda milliy o‘zbek adabiy tilining shakllanishidagi roli singari masalalar ham uzil-kesil hal etilgan emas.
0‘zbek tili tarixi, asosan, o‘zbek xalqiga tegishli yozma manbalar tili faktlari, qisman, umumturkiy til yozma manbalari hamda xalq og‘zaki ijodi til materiallari asosida belgilanadi. Bu manbalarning yaratilish tarixi esa uzoq davrlar bilan o‘lchanadi. Demak, o‘zbek tili tarixi juda qadimiydir.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, o‘zbek tili umumturkiy tilning bir mustaqil bo‘lagi (tarmog‘i) bo’ganligi sababli uning tarixi ham xususiy, ham umumiy xususiyatga ega. Shuning uchun ham o‘zbek tilining shakllanish taraqqiyotini bir necha bosqichlarga (etaplarga) bo’lib o‘rganadilar. Chunki, til taraqqiyoti, rivoji har bir davrning tarixiy shart- sharoitlari bilan belgilanadi. Bu haqda qator olimlar o‘zlarining ilmiy tadqiqotlari, darslik va qo’llanmalarida flkr mulohazalarini bayon etganlar.
Jumladan, umumturkiy til taraqqiyotini va o'sha davr tilini o‘rganishda Mahmud Qoshg‘ariy, Az Zamaxshariy, Abu Hayyon, Jamoliddin Turkiy, Fazlulloxon kabi olimlarning qarashlari va turkiy o‘zbek tilining o‘rganish tarixi, ayniqsa, bevosita o‘zbek tilini o'rganishda esa Alisher Navoiy, Toli Imoniy Hiraviy, Muhammad Yoqub Chingiy, Mirzo Muhammad Mehdixon, Muhammad Rizo Xoksor, Fath Alixon Kojariy singari ajdodlarimizning asarlari muhim yozma manbalardan sanaladi.
0‘zbek tili tarixining haqiqiy fan sifatida shakllanishida A.N.Kononov, Ye.D.Polivanov, K.K.Yudaxin, D.J.Kloson, A.K.Borovkov, N.A.Baskakov, K.Menges, Ya.Ekman, S.Mutallibov, A.Rustamov, G‘.Abdurahmonov, Sh.Shoab- durahmonov, V.V. Reshetov, M.Asqarova, A.G‘ulomov, S.Ibrohimov, E.Fozilov, O.Usmonov, Sh.Shukurov, X.Doniyorov, A.Muxtorov, B.O‘rinboyev, B.Bafoyev, H. Ne’matov kabi qator olimlarnmg hissalari beqiyos. Ayniqsa, o‘zbek tilshunosligining so‘nggi davrlari tarixiy taraqqiyotini o'rganish bo‘yicha A.Hojiyev, A.Ahmedov, S.G‘oyibov, S.Solixo‘jayeva, N.Mahmudov, E.Begmatovlarning xizmatlari kattadir.
Ular «Sovet davrida o‘zbek adabiy tilining taraqqiyoti» nomli uch tomli monografik ishni nashrga tayyorlab chop etishga muyassar bo’ldilar. Bu ilmiy monografik ishni o'zbek tili tarixini o'rganish, tadqiq etish sohasida eng katta ishlardan deb baholash lozim.
2.UMUMXALQ TILI VA UNING SHAKLLARI: UmumxaIq tiIi o‘ziga xos muhim bir belgi - xususiyatiari bilan umumiy birlikka ega bo'lgan xalq tilidir. U til taraqqiyotining qadim davrlarida shakllangan bo‘lib, hozir ham mavjud. Ilmiy adabiyotlarda to‘g‘ri ta'kidlanganidek, umumxalq tili «jamiyat tili taraqqiyotining barcha davrlariga xos» hisoblanadi. Jumladan, u jamiyat taraqqiyotining dastlabki davrlarida urug‘, qabila va elat tillari sifatida shakllangan.
Urug‘, qabila va elatlaming birlashuvidan xalq yuzaga kelgach, ularning tillari ham xalq tiliga aylangan. Ana shunday tarixiy taraqqiyotning barcha davrlarida qo‘llanib, rivojlanib, urug‘, qabila, elat nomlari bilan umumbirlikka ega bo‘lib kelgan til yoki xalq tili umumxalq tili deb yuritiladi. Ana shu urug', qabila, elat tillari xalq tiliga aylangach, ular umumxalq tilining ilk bosqichi yoki quyi shakli sifatida ilmiy adabiyotlarda «lahja-dialekt va shevalar» nomi bilan atala boshlandi.
Demak, «sheva», «lahja», «dialekt» kabi tushunchalar umumxalq tilining ilk, quyi bosqichini ifodalovchi shakllari sanaladi. Ular «yozuv tili»dan oldin ham, «yozuv tili»dan keyin ham umumxalq tilining keyingi ko‘rinishlarini xalq og‘zaki ijodi va jonli so‘zlashuv tilining yozma shakli, ayniqsa, o‘zbek adabiy tili, milliy o‘zbek adabiy tili kabi yuqori formalarining yuzaga kelishiga asosiy manba bo‘ldilar.
Umumxalq tilining quyi shakilari (sheva, dialekt-lahja va so‘zlashuv tili kabilar) ilmiy adabiyotlarda to‘liq va ancha to‘g‘ri talqin etilgan. Ayniqsa, rus dialektshunosligida «sheva», «lahja» atamalari birmuncha aniq tushunchaga egadir. 0‘zbek tilidagi «sheva» atamasi rus tilida «govor», «lahja» tushunchasi «narechiye» ma'nosida, «dialekt» atamasi esa har ikki tilda bir xil qo‘llangan.
«Sheva-lahja va dialekt» tushunchalari umumxalq tilining o‘ziga xos fonetik, leksik va grammatik xususiyatlariga ega bo'lgan mahalliy hududlar doirasidagi quyi shakllarni ifodaiaydi (2/6-bet). Dialekt shevalar yig‘indisi bo’lib, bir necha shevalardan tashkil topadi. «Lahja» tushunchasi adabiyotlarda keng va tor ma’nolarda qoilanilgan: keng ma’noda «dialekt» o‘rnida, tor ma'noda «sheva» o‘mida ishlatiladi. Jumladan, sharqshunos K.K.Yudaxin o‘zining «Vodil qishloq lahjasi haqida bir necha so‘z» (1927-yil) ishida lahja atamasini «sheva» tushunchasi o‘rnida qollagan. Bu tushuncha ko‘pgina ilmiy manbalarda «dialekt» atamasi bilan teng ma'noda qo’llangan (3). Aslida, arabcha «lahja» — o‘zbekcha sheva demakdir (47). Demak, «lahja» so‘zi o‘zbek tilshunosligida umumxalq tili- ning quyi shakllaridan biri sanalib, ko'pincha «dialekt» atamasi ma'nosida qo’llanilgan.
3.0‘ZBEK ADABIY TILiNING UMUMTURKIY DAVRIDAGI TARAQQIYOTI BOSQICHLARI:
a) Ilk (qadimgi) bosqichi. Ilmiy manbalarda ta'kidlanganidek, o'zbek tili turkiy tillardan biri hisoblanadi. Shuning uchun umumxalq o‘zbek tili, jumladan, o‘zbek adabiy tili turkiy tillar o‘tmish tarixi bilan bevosita bog’liq ravishda o‘rganiladi. Turkshunoslik manbalarida turkiy tillarning eramizdan oldin Oltoy davri bo’ganligi ta'kidlanadi. Bu davrda turk, mo‘g‘ul, tungus-manchjur, yapon-koreys tillari tarmoqlari va ularga xos bo’gan qavmlar bir oilani, ya'ni oltoy tillar oilasini tashkil qilganligi aytiladi.
Hatto, bu tillarni fin-ugar, samoyed tillar shoxobchalaridan tashkil topgan o‘rol tillar oilasi bilan aloqador deb qarab, Ural-Oltoy davri haqida ham ma'lumotlar beriladi. Oltoy tili yozma yodgorliklari yo'qligi va qadimgi tarixiy manbalarda ma’lumotlar qayd etilmaganligi sababli bu til va uning qo’llanilish davri aniq emas, «ammo oltoy tillari ma'lum, ya'ni oltoy tilining rivojlanishi jarayonida tashkil topgan turk, mo‘g‘ul, tungus, manchjur tillari ma’lum»
Taxminan turkiy tillar tarixiy taraqqiyotida eramizdan oldingi IV—III asrlarda Xun davrida boshlangan. Ma’lumki, xunlar turkiy elatlarning eng katta qabilalaridan bolgan. Ular o‘sha davrlarda skiflar (sak, massaget, sarmat va boshqalar) qo‘l ostida bolgan yerlarning katta qismini bosib olganlar, ya’ni o‘rta Osiyo, Qozog’iston, Sharqiy Sibir (Yevropa), Shimoliy Mo‘g‘uliston, Manchjuriya va Xitoy (Uyg‘uriston) kabi hududlardagi qabilalarning yerlarida hukmronlik qilganlar.
Bu katta birlashuv milodiy V asrga kelib ikkiga bo’linib ketadi. Natijada turkiy tillar Sharqiy va g'arbiy xun tarmoqiariga bo’lingan edi. Bu davrda turk xoqonliklari hukmronligi boshlanadi. Turkshunoslikda bu davr qadimgi turk tili davri deb ataldi (78/110-113-bet). Qadimgi turk tili davri V—XIII asrgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Boshqa turkiy tillar kabi o‘zbek tilining tarixi oltoy davridan boshlansa, o‘zbek adabiy tilining tarixi yozma yodgorliklari ma'lum bo’lgan ana shu qadimgi turk davridan boshlanadi. Shu kabi bu davrning adabiy tili va yozma yodgorliklari ham hozirgi barcha turkiy xalqlarga mansub deb qaraladi.
b) Adabiy til taraqqiyotining ikkinchi bosqichi. Qadimgi turkiy tilning bevosita taraqqiy etgan ikkinchi bosqichi X asrdan boshlanadi. Ikkinchi bosqichda turkiy tillar, jumladan, o‘zbek adabiy tilining rivojlanishi turkiy qabilalari til birligining ikki tarmog`i asosida davom etadi: g‘arbda o‘g‘uz, qipchoq-qarluq urug' va qabilalar guruhlarining hamda Sharqda uyg'ur-qarluq-chig’il, qisman, qipchoq qabila guruhlarining til birligi asosida umumturkiy adabiy til shakllana boshlagan edi. Umumturkiy adabiy tilning to‘liq shakllanish davri ko'pgina adabiyotlarda X — XIII asrlar bilan belgilanadi.
Darhaqiqat, bu davrlarda barcha turkiy xalqlarning adabiy tillari uchun asos bo‘lgan umumturkiy adabiy til shakllangan edi. Xuddi ana shu umumturkiy adabiy til tarkibida qabila-elat tillarining ichki (tabaqalanish) rivojlanish jarayoni ham boshlangan edi. Demak, turkiy qabila-elatlarning ichki rivojlanishi natijasida turkiy tillarning ajralib chiqishiga olib keladi.
v) Adabiy tilning uchinchi taraqqiyot bosqichi. Shuni ta’kidlash lozimki, eski turkiy til davrida yetishib chiqqan o‘zbek xalqining yetuk ijodkorlari shakllanayotgan eski o‘zbek tilida yozish bilan birga o‘sha vaqtda o‘zbeklar so‘zlashgan tildan ma'lum darajada farq qilgan umumturkiy adabiy tilni ham rivojlantirishga hissa qo'sha olganlar. Bu adabiy tilning aniq bir adabiy yo'nalishiga, me'yorga kelishiga ahamiyat berganlar.
Shuning uchun eski o‘zbek adabiy tihning shakllanishi va taraqqiy etishida eski turkiy adabiy tilning ta'siri va ahamiyati katta bo'ldi. Bu ta’sirni eski o‘zbek adabiy tilining hamma sohalarida aniq ko‘rish mumkin. Bu, avvalo, tilning lug‘ati uchun xos hodisadir. Eski turkiy adabiy til qadimgi turkiy adabiy tilning davomi bo’lib, u uzoq davrlar voqea-hodisalarni, turli-tuman predmet, harakat va ularga xos belgi-xususiyat, mavhum tushunchalarni aniq, ravshan ifoda etuvchi katta so‘z boyligiga ega edi.
Download 17,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish