Reja
1.Hamid Olimjon bolalikning betakror kuychisi.
2.Hamid Olimjon va xalq og’zaki ijodi. (“Oygul bilan Baxtiyor”,”Semurg’” dostonlari).
3.”Jangchi Tursun” balladasida vatanparvarlikni ulug’lanishi.
4.Hamid Olimjon ijodiy merosi.
Adabiyotlar:
1. Hamid Olimjon.Asarlar.T.1989.
2. Mirvaliyev S. O’zbek adiblari. T.2000. 63-64-betlar.
3. Shermuxamedov S, Tursunov Sh, O’zbek bolalar adabiyoti.T. 1976.
4. Ahmadboyeva M, Ibrohimova S. O’zbek adabiyoti. T. 1978.
Shodlik yo’lga boshladi meni,
Baxtiyorlik bo’ldi odatim.
Shoir bo’lib shodlik va baxtni
Kuylamoqlik zo’r saodatim.
Hamid Olimjon bolalikning betakror kuychisi.
O’zbek adabiyotida shodlik va baxt kuychisi deb nom olgan buyuk iste‘dod sohibi shoir va olim, dramaturg va jamoat arbobi Hamid Olimjon o’zbek bolalar adabiyotining rivojida ham barakali hissa qo’shdi. U 1909 yil 12 dekabrda Jizzax shahrida tavallud topdi. 4 yoshida otadan yetim qolgan Hamid bobosi Mulla Azim va onasi Komila aya qo’lida tarbiya ko’rdi. Jizzaxdagi Narimonov nomli maktabni tugatib, 1923-1926 yillar Samarqand pedagogika bilim yurtida, so’ng 1926-31 yillar Pedakademiyada o’qidi.
1929 yil shoirning “Ko’klam” nomli ilk she‘riy to’plami bosilib chiqdi. Shundan so’ng “Olov sochlar” (1931), “O’lim yovga”(1932) kabi she‘riy to’plamlari ketma-ket nashr etildi. Shoir bolalar uchun ham bir talay asarlar yaratdi.”Oygul bilan Baxtiyor” (1937), “Semurg’” (1939) ertak dostonlari, ”Bolalik”, ”Samolyot”, ”Ona va o’g’il”, “Jangchi Tursun” kabi asarlari bilan bolalar adabiyotida muhim hissa qo’shdi. 30-yillarning 2-yarmida H.Olimjon “Daryo kechasi”, “Chirchiq bo‘ylarida”, “O‘lka”, “Baxt” singari to‘plamlarini nashr ettirdi. Bu to‘plamiga kirgan “O‘rik gullaganda”, “O’zbekiston”, “Kuychining xayoli” she’rlarida ona diyorga muhabbat his tuyg’ulari yorqin ifodalangan.
Shoir bolalarga asarlarini manzur bo’lishi uchun original uslub izladi.O’sha davrdagi shablon uslubdan, ya‘ni quruq didaktikadan voz kechib o’ziga xos uslub yaratdi.Asarlariga uzoq o’tmish haqidagi ertaklarga, goh o’zining yoshlik yillariga, goh real hayot faktlariga murojaat qilib ulardan mantiqiy xulosa chiqardi. 1928 yilda yozgan “Bolalik” she‘rida jo’shqin yoshlikni, o’zining bolalik chog’larini xotirlaydi:
Bola edik, Tanlar – olov,
Qalb – qaynoq, Ko’zlar – o’tkir,
Dillar – sof, Erkin – erkin o’ynardik....
She‘rning qudrati va katta muvoffaqiyati shundaki, shoirning yoshligi, uning ko’z oldida bolalikning umumlashgan tipik ifodasini topa olgan. She‘r juda o’ynoqi, yosh kitobxonlar qalbini maftun etadi. Shu to’plamdan joy olgan “Lola” nomli she‘ri maktabgacha ta‘lim yoshidagi bolalarga bag’ishlangan. Bugungi kunda minglab Lolaga o’xshagan jajji qizaloqlarni Ona - Vatan quchog’ida o’nib o’sayotganliklarini Lola timsolida ifodalaydi:
Lola bog’chaga chiqib,
Kechga yaqin gul terdi.
Etak-etak to’pladi,
Har kunidan mo’l terdi.
Sochiga gul bog’ladi,
Chekkasiga taqdi gul.
Yelkalaridan tashlab
Gulga ko’mildi butkul.
Bolalarni gul – lolalarga o’xshatamimz.Ularga ehtiyotkorlik va mehribonlik bilan muomalada bo’lamiz. She‘rni “Lola” deb nomlanishi bejiz emas. Bunda o’ziga xos ramziylik bor.Har bir bola o’ziga xos guldir. Shoir ifoda etayotgan ushbu g’oyani hayotiy epizod – lolaning gulzorda gul – lolalarga o’ralgani manzarasini chizadi.
Dunyoda Ona Vatandan aziz va muqaddasroq tuyg’uni o’zi yo’q. Vatanning kuch – qudratini madh etgan shoir shu aziz vatanning farzandi ekanligidan faxrlanadi:
Shodligim ko’kka sig’mas,
Bitmas baxtim bor manim,
Meni baxtiyor qilgan
Shu yengilmas vatanim.
Shoir har bir she‘rida voqelikni aniq, sodda obrazlarda tasvirlaydi :
Osmonlarni to’ldirib
Samoliyot o’tib ketdi.
Uning kuchli ovozi
Olamni tutib ketdi.
Ey vatanim qurgan qush
To’xta meni olib ket.
Tuxta bir xat berayin,
Qanotingga solib ket.
Osmonlarda mening ham
Bitta lochin akam bor.
Xatimni ber o’qisin,
O’qisin takror – takror.
She‘rni o’qigan bola ko’z oldida osmonni larzaga keltiragan samolyotning aks sadosini his etadi. She‘r bolalarbop, tez va osonlik bilan yod olinadi.
H.Olimjon bolalar uchun yozgan asarlarida tasviriy vositalar, o’xshatishlar, sifatlash va istioralarni mohirlik bilan qo’llaydiki, asar mukammal bo’lishi bilan bir qatorda yosh kitobxonni so’z boyligini, nutqini boyitadi. Ertaklar olamidan sehrlangan shoir buvisidan minnatdor ekanligini xotirlaydi :
Bolalik kunlarimda Buvimning har qissasi
Uyqusiz tunlarimda. Har bir qilgan hissasi,
Do'stlaringiz bilan baham: |