O’zbek tili adabiyoti uslubiyoti kafedrasi


MAVZU: Oybek va o’zbek bolalar adabiyoti



Download 1,56 Mb.
bet45/73
Sana01.05.2022
Hajmi1,56 Mb.
#601600
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   73
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi q

MAVZU: Oybek va o’zbek bolalar adabiyoti
Reja:
1.Oybek va bolalar adabiyoti.
2.”Qonli barmoqlar” hikoyasida bolalar haq-huquqlarini poymol etilishi.
3.”Alisherning yoshligi” asarida ajdodlarga hurmat tuyg’usining ifodalanishi.
4. Oybek qissalaridagi o’ziga xos badiiy tasvir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Oybek ijodining ma‘naviy – ma‘rifiy ahamiyati. Qarshi – 2005.
2. Jumaboev M. O’zbek bolalar adabiyoti.T.2002. 94 – 104 – betlar.
3. Oybek. Mukammal asarlar to’plami. 19 jildlik. T.: Fan, 1975-1982.
Oybek va bolalar adabiyoti Muso Toshmuhammad o’g’li Oybek yangi o’zbek adabiyoti rivojiga ulkan hissa qo’shgan, o’ziga xos ijod yo’li uslub maktabiga ega bo’lgan ijodkor hisoblanadi. Oybek 1905 yil 10 yanvarda Toshkentda hunarmand-bo ‘zchi oilasida tug’ildi. U adabiyot maydoniga 20-yillarning boshlarida lirik shoir sifatida kirib keldi. Uning birinchi she’ri “Cholg’u tovushi” deb ataladi. (1922 yilda “Armug’on” jurnalida chop etgan. Keyinchalik shoirning “Tuyg’ular” ( 1926), “Ko’ngil naylari” (1929), “Mash’ala” (1929) kabi to’plamlari, “Dilbar-davr qizi”, “O’ch” kabi dostonlari birin-ketin yuzaga kela boshladi. Oybek yaratgan she‘r va hikoyalar, qissa va dostonlar bolalar ma‘naviyatiga ta‘sir etib, ularni tarbiyalashda muhim rol o’ynamoqda. “Shaharcha bolalari”, “Yosh yo’lchi” (1925), ”Gunafsha” (1926), ”Shoirning bolaligi”(1937), “Odobli Tursun”,”Ahmadjon bog’bon”(1971), “Ko’chadan ketarkan”, “Bolalikni eslab” kabi she‘riy kitoblari, “Zafar va Zahro”(1953), “Bobom”(1957) dostonlari, “Alisherning yoshligi”(1975), ”Bolalik” qissalari o’zbek bolalar adabiyotining oltin gultoji hisoblanadi. 1981 yilda adibning “Globus” nomli to’plami bosilib chiqdi. To’plamda adibning shu vaqtgacha e‘lon qilinmagan “Gulnor opa”(1930), “Fanorchi ota”(1930), “Singan umid”(1930), “Tilla topar”(1930)hikoyalari chop etilgan.
Shoir “Vatanni sev” she’rida Ona-Vatan obrazini butun salobati bilan chizib beradi. Vatanni sev, tuprog’ini o’p. Vatan-bizning ko’zimiz nuri,
Har qarichi muqaddas bizga. Baxtimiz shu, quvonchimiz shu
Cho’lidagi hatto quruq cho’p Sevgi, mehnat dilimiz duri,
Jondan aziz yuragimizga Qimmatlarning qimmatidir u.
Oybek kichik maktab yoshidagi maktab bolalari uchun Pokiston bolalari hayotidan “Qonli barmoqlar”(1962) hikoyasini yozdi. Hikoyada Pokistonda tinchlik uchun kurashuvchilardan qanday qasos olinayotganligi, ularning bolalari ko’chalarga chiqarib tashlanayotganligi, tilanchilikka va malaylikka mahkum etilayotganligi hikoya qilinadi. Yozuvchi buni asar qahramoni to’qqiz yoshli Alining sarguzashtlari orqali tasvirlaydi.
Qonli barmoqlar”hikoyasida bolalar haq-huquqlarini poymol etilishi Oybek hikoyada Alilarning yashash sharoitini va qanday kun kechirishini quyidagicha ta‘riflaydi: “Gorishov Loxurning bag’ridagi bir daha. Loxur-qo’shiqlar, gullar diyori. Gorishov esa dahshat! Ali bu xaroba- vayronalar ichida yuguradi. Ko’cha, yo’lka deydigan narsa yo’q, tutash xaroba kulbalar. Shunday xaroba kulbalarning birisidan Ali bilan onasi, otasi qamalgandan so’ng haydalib, ko’chaga tashlangan edi.”Pokiston shaharlarining ko’cha-kuylarida to’da-to’da tilanchi bolalar yurar edi. Ali bir parcha non qidirib, besh-olti kundan buyon rastalarni kezib yurganda gulobchi do’kondor uni chaqirib «jahl aralash dedi,-mana bu yashiklarni bo’shat!” va buning evaziga haq to’lashga va‘da qiladi. Ali “Rostdanmi?”-deb so’radi va do’kondorning “ha”degan tovushini eshitgach, bola uzun xursindi, jilmaydi. Kir, kalta ko’ylagining yenglarini shimarib, ishga tushdi”. Ali yashiklardagi siniq gulob shishalarini tashiydi : “Siniq, cheti uchgan shishalar va berahm quyoshning issig’i uni xunob qilar, kichik barmoqlari tilingan , qo’llari qon. Ammo och, tentirab yurishdan charchagan bola bu xizmatdan vaqti xush” edi. ”Isqirt, juldur, cho’pday oriq bolalar bolaning qonagan qo’llariga tikildilar”. Bolalar Aliga ko’mak bermoqchi bo’lganlarida u “raxmat” deb javob berdi. Ali och-nahor, barmoqlarini shisha siniqlari kesib achitishiga , bir parcha non topishning nihoyatda azob-uqubatlari va mashaqqatlariga qaramay do’kondor gulobchining og’ir ishini bajaradi. Do’kondor “bir qutini ochib, yupqa “chapati”-nonni uloqtiradi. Ali ilib oldi, quvonib dedi :”
-Darrov borib, ayamga beraman, u kasal!

Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish